Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana boshlagan?
A) XIX asrda;
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini ifodalaydi?
A) iqtisodiy jarayon va hodisalarning obʻyektiv xususiyatlariga va tadqiqot maqsadi va xarakteriga ko‘ra abstrakt tarzda umumlashtirib ifodalangan reallikning konstruksiyasi, maketi, andozasi;
Quyida ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq miqdor bilan o‘lchash mumkin?
A) to‘la bandlik; kafolat;
Pozitiv iqtisodiy nazariya:
Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga asoslansa, u holda bunday tahlil usuli:
A) qiyosiy tahlil;
Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil:
A) mikroiqtisodiy;
Qur’oni Karimda aks etgan asosiy iqtisodiy g‘oya nimadan iborat?
A) musulmonlar qardoshligi g‘oyasi ilgari surilgan, mulk muqaddasligi qayd qilingan, savdoga katta o‘rin berilgan va jamiyat tengsizligi azaldan deb tan olingan;
Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
A) merkantilizm;
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
A) monetarizm;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat?
A) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganishdan;
Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?
A) ehtiyojlarning yuksalish qonuni;
Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi?
A) induksiya;
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?
A) kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;
Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?
A) nisbatan cheklangan yoki kamyob;
“Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi?
A) ijtimoiy fanlar;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani nimani o‘rgatadi?
A) kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;
Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratgan?
A) klassik siyosiy iqtisodchilar;
Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?
A) obʻyektiv;
Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga bo‘linishini kim asoslagan?
A) F. Kene;
Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi?
A) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;
Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha?
A) ayriboshlash sohasi;
Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha?
A) ishlab chiqarish sohasi;
F. Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u qaysi tarmoq yoki sohada yaratiladi?
A) qishloq xo‘jaligida;
Bozor munosabatlarigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy qarashlarda qanday soha yoki munosabatlar ideallashtirilgan?
A) natural-xo‘jalik sohalari;
“Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim?
A) A. Monkreten;
Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai nimaning oqibati?
A) eksportning importdan ortib ketishi;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
A) cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkinligi;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli real iqtisodiy voqeylikni aks ettiradi?
A) pozitiv;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?
A) matematik;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari iqtisodiy hodisa va jarayonlarni kishilik jamiyati taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida, ularning uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi?
A) tarixiy va mantiqiy;
Iqtisodiy tahlilda nima uchun: “Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda” degan farazdan foydalaniladi?
A) iqtisodiy hodisa yoki jarayonga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ko‘plab omillardan bitta asosiysini ajratib olib, ularning mohiyatini va o‘zgarishidagi asosiy tamoyillarni ochib berish uchun;
Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi nimani anglatadi?
A) takror ishlab chiqarishni;
Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqichla-riga kirmaydi?
A) iqtisodiy faoliyat;
Ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda borishi hamda kishilar yashash va turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi?
A) infratuzilma;
“Siyosiy iqtisod” tushunchasi shakllangan grekcha “politikos”, “oykos”, “nomos” so‘zlari qanday ma’noni anglatadi?
A) ijtimoiy, uy xo‘jaligi, qonun;
Jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, “asosan, tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi” degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga tegishli?
A) merkantilizmga;
Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani holda “Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya kimga tegishli?
A) U. Petti;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining quyidagi vazifalaridan qaysi biri barcha iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi?
A) ilmiy bilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |