Mahsulotning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lari juda ko‘p va bozorga kirish hamda undan chiqib ketishda to‘siqlar mavjud bo‘lmagan raqobat shaklini toping:
A) sof raqobat;
Ishlab chiqaruvchilar raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun tovarlariga narxlarini vaqti-vaqti bilan va uzoq muddat pasaytirib turganda, narxli raqobatlashishning qanday turini qo‘llagan bo‘ladi?
A) narxlar “jangi”;
AQSHning qaysi antimonopol qonunchiligida ishlab chiqarish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb hisoblangan?
A) Sherman qonuni (1890 y.);
Narx diskriminatsiyasi bu ...
A) bir mahsulotni turli xaridorlarga har xil narxda sotish;
O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish qanday amalga oshirildi?
A) uch bosqichda (1992–1993, 1993–1994, 1994–1995-yillarda);
Narx oshib borishi bilan talabning asta-sekin pasayib borishi nima bilan izohlanadi?
A) iste’molchi pul daromadining cheklanganligi bilan;
ANSWER: A
Narxning qaysi vazifasi talab va taklifning mos kelishi orqali amalga oshadi?
A) muvozanatlikni ta’minlash;
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtiril-gan narxlar qanday nom bilan ataladi?
A) dotatsion narx;
Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi?
A) narx diapozoni;
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda narxlarni erkinlashtirishning qaysi yo‘lidan foydalanildi?
A) narxlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
“Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi” degan qarash qaysi oqimga tegishli?
A) klassik (A. Smit, D. Rikardo, J.S. Mill);
Narx – keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbati asosida shakllanishi to‘g‘risidagi qarash kimga tegishli?
A) A. Marshall;
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishiga xos bo‘lmagan xususiyatni ko‘rsating:
A) narx yalpi talab va yalpi taklif ta’siri ostida shakllanadi;
Iqtisodiy resurslarga narx darajasini belgilab beruvchi omillardan qaysi biri ayni vaqtda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham o‘stirib borish imkonini beradi?
A) resurslarning unumdorligi;
O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirishning qaysi bosqichida ancha keng turdagi investitsion tovarlar, ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlarning erkin narx (ta’rif)lariga o‘tildi?
A) 1-bosqich (1992 yil boshidan);
Tadbirkorlikka iqtisodiy adabiyotlarda uch jihatdan qaraladi:
A) xo‘jalik yuritish uslubi, mulk egasi, daromad topishning o‘ziga xos tipi sifatida;
Jahon iqtisodiy adabiyotida tadbirkorlikning uchta funksiyasi ajratib ko‘rsatiladi:
A) resurs bilan ta’minlash, tashkilotchilik, omillarni birlashtirish;
Quyidagi sanab o‘tilganlardan qaysi biri yakka tartibdagi mehnat faoliyatiga asoslangan individual tadbirkorlikka to‘g‘ri kelmaydi?
A)mulkidan daromad topish maqsadida foydalanilishi;
Quyidagi sanab o‘tilganlardan qaysi biri xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlik faoliyatiga mos emas?
A) kapital omiliga jamoa egalik qiladi;
Asosiy va aylanma kapitalning farqlanuvchi jihatlariga quyidagilardan qaysi birini qo‘shib bo‘lmaydi?
A) doiraviy aylanishda qatnashishiga ko‘ra;
Quyidagilardan qaysi biri biznesning korporatsiya shakli kamchiligiga kirmaydi?
A) kapitalni jalb qilishning keng imkoniyatlari;
Tadbirkorlik faoliyatining qaysi vazifasi bozor iqtisodiyoti sharoitida unga foyda olish kafolatlanmaganligini bildiradi?
A) tahlikaga borish;
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart–sharoitlaridan qaysi biri raqobatchilik muhitini tashkil qiladi?
A) ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar yetarlicha bo‘lishi;
Ishlab chiqarish shaxsiy mulkka asoslanib, o‘zi yoki oila a’zolari mehnati orqali amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati qanday nomlanadi?
A) shaxsiy tadbirkorlik;
Tadbirkorlikning qaysi shaklida jamoa va shaxsiy manfaat-lar uyg‘unligi ta’minlanadi?
A) jamoa tadbirkorligi;
Korxonalarning faoliyat turi va amalga oshiriladigan operatsiyalari xarakteri bo‘yicha turkumlangan shaklini aniqlang:
A) sanoat korxonasi;
Kapitalning qaysi shakli harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratiladi?
A) pul;
Iqtisodiy va tabiiy resurslar bevosita mehnatning ta’sirida bo‘lish vaqti qanday nomlanadi?
A) ish davri;
Asosiy kapital eskirishining qaysi turi unga amortizatsiya hisoblash orqali qiymatini ko‘chirish uchun asos hisoblanadi?
A) foydalanish natijasida jismoniy eskirish;
Asosiy kapital eskirib borishi bilan uning qiymati ishlab chiqilayotgan mahsulot (xizmat)ga o‘tkazilishi va mehnat vositalari-ni qayta tiklash maqsadida jamg‘arilib borilishi jarayoni nimani anglatadi?
A) amortizatsiyani;
Firmaning doimiy xarajatlari bu –
A) firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadigan xarajatlar;
Firmaning o‘zgaruvchi xarajatlari bu –
A) mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq xarajatlar;
Me’yoriy xarajatlar bu –
A) qo‘shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qo‘shimcha xarajatlar;
Firmaning qisqa muddatli davrdagi umumiy (yalpi) xarajatlari (T- bu –
A) doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi;
Qisqa muddatli davrda firma maksimal darajada foyda olish uchun mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatadi, agarda:
A) umumiy tushum umumiy o‘zgaruvchi xarajatlardan kam bo‘lsa;
Agar firma resurslar sotib olgan xarajatlarini 10% ga oshirsa, bunda ishlab chiqarish hajmi 15% ga ortsa, u holda:
A) o‘rtacha umumiy xarajatlar ortadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |