Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu



Download 74,46 Kb.
bet6/11
Sana10.04.2021
Hajmi74,46 Kb.
#63017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi tayyor TMI 2 kurs MMC 66 guruh talabasi Ashirov Baxtjon (2)

Mulk obyektlari – bu mulkka aylangan barcha boylik turlaridir.

Bular:


  • ishlab chiqarish vositalari;

  • inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar;

  • intellektual boylilar;

  • insonning mehnat qilish qobiliyati bo’lgan ishchi kuchi.

Mulk subyekti – bu mulkiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni mulk obyekti va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirishda qatnashuvchilardir. Ular:

  • davlat (turli darajadagi hukumat va boshqaruv organlari);

  • korxonalar, xo’jalik birlashma (uyushma)lari, jamoat va boshqa tashkilotlar;

  • fuqarolar va oilalar;

  • chet elliklar (xorijiy fuqaro, tashkilot va davlatlar).

Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mehnat orqali avloddan-avlodga o’tgan boyliklar va tabiat in’om etgan boyliklar mulk bo’lib kelgan. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, ularning ijtimoiy maqomi yuzaga keladi. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Mulkchilikning qay darajada rivojlanganligi mamlakat iqtisodiy ravnaqini ko’rsatib beradi.

Mulkchilik munosabatlari – jamiyatdagi boyliklarni o’zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlar. Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik o’rtasidagi munosabat, ikkinchidan, boylik yuzasidan kishilar o’rtasidagi munosabat. Mulkchilik o’zlashtirish borasidagi munosabat bo’lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqazo etadi. Mana shu uch jihat mulkchilikning ajralmas unsurlaridir. Egalik qilish – mulkdorlik huquqining mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo’lgan boylik qisman o’zlashtiriladi. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o’zga qo’lida bo’ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o’zlashtiradi. Foydalanish, ishlatish mulk bo’lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo’llab, xo’jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o’z mulkini o’zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo’lda bo’ladi, ya’ni mulkdor mehnatidan topgan foydani o’zi o’zlashtiradi.

Tasarruf etish – mulk bo’lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya’ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko’paytirish yoki uni yo’qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshira oladi.

Monoiqtisodiyot poliiqtisodiyotning tarixiy o’tmishdoshidir. Uning doirasida har xil tizimlar amal qilgan. Kapitalistik monopolizmda jamiyatning bir toifasi mulk egasi, ikkinchi toifasi mulksiz bo’lganidan ular o’rtasida ekspluatatsiya munosabati paydo bo’ladi.

Ishlab chiqarishdan bevosita maqsad boylik orttirish bo’lganidan monoiqtisodiy tizimni insonparvar deb bo’lmaydi. Bu yerda insonning talab ehtiyoji, boylik orttirishdek maqsadga bo’ysunadi. Xususiy mulkchilikka tayangan kapitalistik monoiqtisodiyot o’zining o’tmishdoshlari bo’lgan tizimlarga nisbatan afzal tomonlarga ega edi. Eng muhim afzalligi kapitalizmning mehnat unumdorligini o’stira olish qobiliyatidir. Ammo uning bu imkoniyati cheksiz emas, bu imkoniyat tugallana borishi bilan monoiqtisodiyot inqirozga yuz tutib, boshqa tizim poliiqtisodiyot zaruratga aylanadi. Shunday rivojlanish monoiqtisodiyotning sotsialistik turiga ham xos. Totalitar rejali iqtisodiy tizimning asosiy belgilari iqtisodiyotni har taraflama davlatlashtirishdan kelib chiqadi. Davlat mulki eng afzal, eng oliy mulk, rejali xo’jalik eng ustun xo’jalik, faqat sotsialistik tizim xalqqa farovonlik bera oladi, degan ta’limot hukmron bo’ladi. Davlat mulkining zo’ravonligi natijasida, jamoa mulkiga yuzaki ruxsat berilsada, u amalda davlatlashtiriladi.

Hozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu tabiatan aralash iqtisodiyotdir. U turli xildagi iqtisodiy munosabatlarning qorishmasidan iborat, lekin uning asosi bozor munosabati, bu mazmunan poliiqtisodiy tizim hisoblanadi.

Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi, qo’l mehnatiga o’rin qolmaydi, g’oyat unumli mashinalar ishlatiladi, natijada, yuksak darajadagi mehnat unumi va shunga ko’ra moddiy to’kinlik ta’minlanadi. Aralash iqtisodiyotda mulkiy monopoliyaga o’rin qolmaydi, aksincha bu yerda xilma-xil mulkchilik qaror topadi. Aralash iqtisodiyot ko’p ukladli, ko’p sektorli iqtisodiyotdan iborat. Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va davlat mulki.

Aralash iqtisodiyotga daromadlar ishlab chiqarishning o’zida taqsimlanib, yuqori ish haqi berilishi xosdir. Aralash iqtisodiyot insoniy bo’lganidan ishlab chiqarishning xalq iste’molini bevosita qondiruvchi sohalari ustivor rivoj topadi.

Aralash iqtisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida aholi mol-mulki hissasining ortib borishidir. Aralash iqtisodiyotda ekspluatatsiya dastlab cheklansa, keyinchalik tugatiladi. Aholining asosiy qatlamlari mulk egasi bo’lganidan va to’q yashaganidan ularda revolyutsiya yo’li bilan o’zgalar mulkini tortib olishga moyillik bo’lmaydi. Aralash iqtisodiyotda ham iqtisodiy o’sish jamg’arishni davlat va tadbirkorlar bilan birga oddiy fuqarolar ham qatnashadi. Milliy daromadning tobora katta qismi aholiga tekkanidan, aholi jamg’armada faol ishtirok etish imkoniga ega bo’ladi.


Download 74,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish