O’zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
>gi qonunda batafsil bayon etilgan.
O’zbekistonda tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini yuritish, qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beruvchi “O’zbekiston Respublikasidagi korxonalar to’g’risida” gi qonun mavjud. Qonun foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ularning huquqlari va ma’suliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, xalq deputatlari Kengashlari, davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Xulosa .
Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanar ekan, mehnat orqali avloddan-avlodga o’tgan boyliklar va tabiat in’om etgan boyliklar mulk bo’lib kelgan. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, ularning ijtimoiy maqomi yuzaga kelgan. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Mulkchilikning qay darajada rivojlanganligi mamlakat iqtisodiy ravnaqini ko’rsatib beradi.
Demak, mulkchilik munosabatlari, jamiyatdagi boyliklarni o’zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik o’rtasidagi munosabat, ikkinchidan, boylik yuzasidan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Mulkchilik o’zlashtirish borasidagi munosabat bo’lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqazo etadi. Mana shu uch jihat mulkchilikning ajralmas unsurlaridir. Egalik qilish – mulkdorlik huquqining mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo’lgan boylik qisman o’zlashtiriladi. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o’zga qo’lida bo’ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o’zlashtiradi. Foydalanish, ishlatish mulk bo’lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo’llab, xo’jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o’z mulkini o’zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo’lda bo’ladi, ya’ni mulkdor mehnatidan topgan foydani o’zi o’zlashtiradi.
Tasarruf etish – mulk bo’lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya’ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko’paytirish yoki uni yo’qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshira oladi.
Monoiqtisodiyot poliiqtisodiyotning tarixiy o’tmishdoshidir. Uning doirasida har xil tizimlar amal qilgan. Kapitalistik monopolizmda jamiyatning bir toifasi mulk egasi, ikkinchi toifasi mulksiz bo’lganidan ular o’rtasida ekspluatatsiya munosabati paydo bo’ladi.
Ishlab chiqarishdan bevosita maqsad boylik orttirish bo’lganidan monoiqtisodiy tizimni insonparvar deb bo’lmaydi. Bu yerda insonning talab ehtiyoji, boylik orttirishdek maqsadga bo’ysunadi. Xususiy mulkchilikka tayangan kapitalistik monoiqtisodiyot o’zining o’tmishdoshlari bo’lgan tizimlarga nisbatan afzal tomonlarga ega edi. Eng muhim afzalligi kapitalizmning mehnat unumdorligini o’stira olish qobiliyatidir. Ammo uning bu imkoniyati cheksiz emas, bu imkoniyat tugallana borishi bilan monoiqtisodiyot inqirozga yuz tutib, boshqa tizim poliiqtisodiyot zaruratga aylanadi. Shunday rivojlanish monoiqtisodiyotning sotsialistik turiga ham xos. Totalitar rejali iqtisodiy tizimning asosiy belgilari iqtisodiyotni har taraflama davlatlashtirishdan kelib chiqadi. Davlat mulki eng afzal, eng oliy mulk, rejali xo’jalik eng ustun xo’jalik, faqat sotsialistik tizim xalqqa farovonlik bera oladi, degan ta’limot hukmron bo’ladi. Davlat mulkining zo’ravonligi natijasida, jamoa mulkiga yuzaki ruxsat berilsada, u amalda davlatlashtiriladi.
Hozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu tabiatan aralash iqtisodiyotdir. U turli xildagi iqtisodiy munosabatlarning qorishmasidan iborat, lekin uning asosi bozor munosabati, bu mazmunan poliiqtisodiy tizim hisoblanadi.
Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi, qo’l mehnatiga o’rin qolmaydi, g’oyat unumli mashinalar ishlatiladi, natijada, yuksak darajadagi mehnat unumi va shunga ko’ra moddiy to’kinlik ta’minlanadi. Aralash iqtisodiyotda mulkiy monopoliyaga o’rin qolmaydi, aksincha bu yerda xilma-xil mulkchilik qaror topadi. Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va davlat mulki.
Aralash iqtisodiyotga daromadlar ishlab chiqarishning o’zida taqsimlanib, yuqori ish haqi berilishi xosdir. Aralash iqtisodiyot insoniy bo’lganidan ishlab chiqarishning xalq iste’molini bevosita qondiruvchi sohalari ustivor rivoj topadi.
Aralash iqtisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida aholi mol-mulki hissasining ortib borishidir. Aralash iqtisodiyotda ekspluatatsiya dastlab cheklansa, keyinchalik tugatiladi. Aholining asosiy qatlamlari mulk egasi bo’lganidan va to’q yashaganidan ularda revolyutsiya yo’li bilan o’zgalar mulkini tortib olishga moyillik bo’lmaydi. Aralash iqtisodiyotda ham iqtisodiy o’sish jamg’arishni davlat va tadbirkorlar bilan birga oddiy fuqarolar ham qatnashadi. Milliy daromadning tobora katta qismi aholiga tekkanidan, aholi jamg’armada faol ishtirok etish imkoniga ega bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 20123.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida. – T.: <>, 2003.
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2009. – 734 b.
Jo’rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. O’quv qo’llanma. –T.: <> nashr, 2017. 638 b.
Shodmonov Sh.Sh., Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2017. – 728 b.
www.uza.uz – O‘zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti.
www.ceep.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti.
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: Ўзбекистон, 1995.
Каримов И.А. «Эришган марраларимизни мустаҳкамлаб, ислоҳатлар йўлидан изчил бориш - асосий вазифамиз». Т.12.-Т.: Ўзбекистон, 2004.
Каримов И.А. “Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик ижтимоий ва сиёсий барқарорлик кафолати”.−Т.:Адолат,2011.
Do'stlaringiz bilan baham: