1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk obyektlari va subyektlari
Mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish hamda ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish – bu mol-mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan boyliklarni o’zlashtirishning iqtisodiy shaklini ifodalaydi.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Bundan daromad olish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadi ko’zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |