Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Mehnat munosabatlari va mehnat shartnomalari


Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uning tartibga solinish xususiyatlari



Download 120,15 Kb.
bet5/8
Sana12.01.2021
Hajmi120,15 Kb.
#55382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sharipov Javohir BBI-50. Kurs ishi (Автосохраненный)

Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uning tartibga solinish xususiyatlari

Ishga yollash bo‘yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rta­sidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari avvalo, ish haqi stavkasi, normadan or­tiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va ta­naf­fuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajrat­ma­lar hamda narxlarningo‘zgarishini hisobga olib iste’­mol­chilik savati qiymatini tartibga solish kabi paketlarni o‘z ichiga oladi.

Кo‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining ri­voj­lanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolat­lashga, ishlovchi­larning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi.

Кo‘pchilik bozorlarda ishchilar o‘zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadi». Кasaba uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yollovchilar bilan muzo­karalar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Кasaba uyush­malari bu maqsadga turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.

1. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish. Кasaba uyushmalar nuqtayi nazaridan ish haqini oshirishningengqulay usuli mehnatga bo‘lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham ortadi. Кasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘pay­tirishi mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga hara­kat qiladi: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsati­ladigan xizmatga talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish.

2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Кasaba uyushma­lari ishchi kuchi taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishi mumkin. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehna­tini qis­qartirish; d) pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; e) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.

Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni o‘z a’zolarini ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi. Кasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli o‘qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib keladi.

3. Кasbni malakali litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.

4. Кasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo‘lgan tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga eri­shish mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bi­lan bog‘liqqo‘shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash nati­jasida olinadigan mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi.

Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. Davlatningqonunchilik faoliyati mehnat munosa­batlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydi.

Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo‘lgan davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Davlatning mehnat munosabatlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘llari sifatida yana quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

ish haqining eng kam darajasi (minimal ish haqi)ni aniqlash va o‘zgartirish;

ishga yollashning umumiy shart-sharoitlarini belgilash;

bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini amalga oshirish;

davlat ta’lim tizimi orqali ishchilarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilish.

Davlatning ish kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘ziga qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha umummilliy dasturlarni ishlab chiqish vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qi­tish va qayta tayyorlashningdavlat tizimi, bozorningo‘zga­ruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi.

Ishchi kuchi bozorining barcha qarab chiqilgan xususiyatlari, uningyetarli darajada takomillashmagani, ya’ni unda raqo­batdan tashqari omillar – davlat, kasaba uyushmalari va yirik korporatsiyalar ishtirok etishini ko‘rsatadi.





Download 120,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish