O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“MENEJMENT VA MARKETING” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Marketingni tashkil qilishning Buyuk Britaniya tajribasi
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi R.Yaxshilikov
Qabul qildi: Azimov.Y
Jizzax 2022
REJA
1.Buyuk Britaniya iqtisodiyoti.
2. Sanoat.
3. Energetika.
4. Qishloq xi’jaligi.
5.Turizm.
6. Pul-kredit siyosati.
Buyuk Britaniyaning rasmiy nomi: Buyuk Britaniya orollarida joylashgan Qo‘shma qirolligi. Britaniya, Shimoliy Irlandiya yoki Olester provinsiyasi uning tarkibiy qismlardir.
Shimoliy Irlandiya 1921 yilda Buyuk Britaniyaga zo‘rovonlik bilan qo‘shib olingan. Angliya-Irlandiya shartnomasiga asosan hozirgacha u Angliyaning mustamlakasi bo‘lib kelmoqda.
Mamlakat territoriyasi 244 ming kv. km. Ikkinchi jahon urushi arafasida Britaniya imperiyasi hududi 34,6 mln. kv.km. Shu jumladan mustamlakaniki-18,8 mln. kv.km. ni tashkil etgan holda, aholisi -70 mln. kishidan ortiq.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Britaniyaning mustamlakachilik siyosati tez yemirila boshladi. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya nazorati ostida 25 ga yaqin qaram mustamlakalar bo‘lib, ular 1 mln. kv. km. hududni egallagan orollardan iborat. Ularning aholisi 10,3 mln. kishini tashkil etadi. Mamlakat Yevropada dunyo okeaniga olib boradigan, Amerika, Afrika va dunyoning boshqa qismlariga boradigan dengiz yo‘lidagi Britaniya orllarida joylashgan. Qulay geografik joylashuv mamlakat hukmron doiralariga jahon bozorini egallash, iqtisodiy-siyosiy bosqinchiliklarni amalga oshirishga yordam berdi.
Buyuk Britaniya aholisi – 58 mln. kishi bo‘lib, ulardan 85% inglizlar, 15% shotlandlar, irlandlar, uelsliklardir. Mamlakat umumiy aholisi soni bir qator yillar davomida sezilarli o‘zgarishsiz saqlanib turibdi. Tug‘ilish va o‘lim deyarli bir xil (1000 kishiga 11-12 kishi). Aholining bu tabiiy harakati mamlakatda mehnat resurslarining qisqarishiga tahdid tug‘dirmoqda. Yirik burjuaziya, moliya kapitali magnatlari (korchalonlari) katta yoshdagi umumiy aholining taxminan 1% ini tashkil qiladi. Lekin ular Buyuk Britaniya milliy boyligining 60% ga egalik qilishadi. Yollanib ishlovchi shaxslar mamlakat mustaqil aholisining 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi.
Buyuk Britaniya hududida qimmatli tabiiy foydali qazilma boyliklar unchalik ko‘p emas. Endilikda temir qazib olish aytarli nolgacha pasaydi. Boshqa iqtisodiy muhim ruda qazilmalariga ko‘rg‘oshin kiradi, u iqtisodiyot talabining yarimigina qondiradi. Rux, mis, ohaktosh, gilmoya, qum, gips, resurslari yetarlicha.
Boshqa tomondan, Buyuk Britaniya katta energiya zahiralariga ega: neft, tabiiy gaz va ko‘mir, YEI mamlakatlaridagidan ko‘p. Ilgari muhim hayot manbai bo‘lgan energiya-ko‘mir o‘z ahamiyatini yo‘qotayapti. Ko‘mir qazib olish salkam uch marta kamaydi. Elektrstansiyalar hamon avvalgidek ko‘p ko‘mir yoqayapti. Ammo boshqa alternativ yonilg‘ilarga nisbatan qiymati pasayib ketayapti.
Shimoliy dengizda neft konlarining ochilishi neftni qayta ishlash sanoatini tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratdi.
1975 yildan har yili qazib olinayotgan neft miqdori to‘xtovsiz o‘sib borayapti. Bu Buyuk Britaniyani nafaqat yirik neft iste’molchisiga, balki uni eksport qiluvchiga aylantirdi. Buyuk Britaniya bir kunda o‘rtacha darajada 2,6 mln. barreley neft qazib oladi. Jahon neft qazib oluvchilari orasida oltinchi o‘rinni egallaydi. Buyuk Britaniyada neft zahiralari raqami 770 mln. tonnaga yetadi. Tabiiy gaz zahiralari 22,7 trln. kub fut atrofida baholanmokda. Mamlakat asosiy tabiiy boyligi-toshko‘mir, temir rudasi, neft, gaz, magniy, qalayi, kaolin, oshtuzi va boshqalar.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma qirolligi konstitutsion monarxiya davlatlaridir. Qonunchilik hokimiyati monarx (kirolicha) va parlamentga tegishli. Parlament qo‘yi palata va lordlar palatasidan iborat. Davlat rasmiy boshlig‘i-qirolicha (1952 yildan – Yelizoveta II). Hokimiyat amalda xukmron partiyalar shakllantirgan vazirlar mahkamasi qo‘lida jamlangan.
Buyuk Britaniya – Millatlar hamdo‘stligi markazi – siyosiy – iqtisodiy birlashma. Unga Buyuk Britaniyadan tashqari, Kanada, Astraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Pokiston, Shri Lanka va boshqa mamlakatlar kiradi. Hozirgi kunda Buyuk Britaniyaga qaram hududlar Avstraliya va Yangi Zellandiyadir.
Buyuk Britaniya NATO harbiy-siyosiy blokida faol eshtirok etadi. 1973 yildan Yevropa ittifoqi a’zosi.
Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi bilan yuksak taraqqiy etgan industrial mamlakat. U jahon xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi. Mamlakat sanoati IYAM ning 50 % ga yaqinini, eksportning 90 % ini beradi. Jahon umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha (7%) dunyoda AQSH, Yaponiya, Germaniya va Fransiyadan keyin 5-o‘rinni egallaydi. Jahon umumiy eksporti hajmi bo‘yicha u dunyoda 4-o‘rinda (6%), xorijiy investitsiyalar hajmi bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. Harakatdagi yirik savdo flotiga ega.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotning asosini xususiy sektor tashkil etadi. IYAM ishlab chiqarishning 80%, bandlikning 75 % uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi YEIda 10,8 % bo‘lgan holda, 6,2 % ni tashkil etadi. Bandlikning 73 % xizmat sohasiga to‘g‘ri keladi. Unda moliyaviy xizmatlar ustun turadi. 20 % - sanoatda va taxminan 7% qurilishda band.
Iqtisodiyotning asosiy sohalari. Buyuk Britaniyaning yetakchi milliy sektori xizmat sohasi (IYAMda 61,4 %) hisoblanadi. Keyingi vaqtda uning roli sezilarli o‘sdi.
Britaniya xo‘jaligida ahamiyati jihatidan bundan keyin sanoat (IYAMda 22,3 %), so‘ngra trasport (9,7 %) va qurilish (5,2 %) sohasi turadi. IYAMning 1,4 % qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
Sanoati. Buyuk Britaniya sanoati Shimoliy Angliya va Angliyaning markaziy grafligida joylangan. Buyuk Britaniya – bu rux, qo‘rg‘oshin, ohak yetkazib beradigan yirik eksport davlati. Bundan tashqari kumush, mis, temir rudasi va boshqa xom ashyolar katta zahirasiga ega. Yiliga 2000 tonna qo‘rg‘oshin va qalayi ishlab chiqaradi.
Neft-gaz sohasi. Neft-gaz yirik zahiralari 1960 yilda Shimoliy dengiz kontinental shelfida aniqlangan. Shu boylik tufayli Buyuk Britaniya uglevodorodlarni eksport qiluvchi muhim mamlakatga aylandi. Neft zahiralari 5 mlrd. barreleyga yetadi. 25 ga yaqin dengiz neft, gaz quduqlari foydalanilayapti, ularning asosiy qismi Shimoliy dengizda joylashgan. Neft sohasi asosan xususiy mulk hisoblanadi. Ular orasida VR (40 % qazib oladi) va Enterprise (yirik mustaqil neft kompaniyasi) mustahkam o‘rin egallaydi.
Qazib olinayotgan neftning katta qismi eksport qilinadi; bir paytning o‘zida qayta ishlash uchun biroz sifatsizroq va yaqin sharq nefti tashib kelinadi. Buyuk Britaniya neftni qayta ishlash sanoatiga jahon neft haydash quvvatining 2,4 % ulushi to‘g‘ri keladi.
Britaniya energetikasida tabiiy gaz tobora ko‘proq ahamiyat kasb etayapti. Uning zahiralarini aniqlash va qazib olish hajmi doimiy ravishda o‘sib borayapti. Hukumat siyosati milliy energetika tarkibida asta-sekin ko‘mirni tabiiy gaz bilan almashtirishga qaratilmoqda. Har yili qazib olinayotgan gaz 100 mlrd. kubometrni tashkil qiladi.
Asosiy gaz zahiralari Janubiy gaz havzasi, Shimoliy va Irland dengizlarida jamlangan. 2001 yilda «Vesterlend» gazoprovodi ishga tushirildi. Bu quvur orqali Norvegiya gazi Buyuk Britaniyaga yetkazib berilayapti.
Ko‘mir sohasi. Ko‘mir zihirasi 2 mlrd. tonna baholanadi. Kelajakda boshqa energiya manbalaridan foydalanish ko‘payishi natijasida ko‘mir sohasi qisqarib boradi.
Energetika. Buyuk Britaniya elektr stansiyalari quvvati 70 mln. kv. ga yetadi. 80% issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi, 18 % ni atom, 2% ni gidroelektrostansiyalar ishlab beradi.
Qishloq xo‘jaligi. Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligi yalpi ichki mahsulotning 2% ini yaratadi va ishga qobiliyatli aholining atiga 2% igina ish bilan ta’minlaydi. Shunga qaramasdan, mahsulotga bo‘lgan ichki talabning uchdan ikki qismini qoplaydi. Angliya qishloq xo‘jaligi yuqori samarali va shuning uchun ham katta hajmda oziq-ovqat mahsulotlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda qulay imkoniyatlarga ega.
Baliq xo‘jaligi. Bu sohada ko‘rsatkichlar pasayishi kuzatilayapti. Har yili baliq ovlash o‘rtacha 750 ming tonnani tashkil etadi. Bir necha yillar davomida Shimoliy va Irland dengizlarida, Saagerrak ko‘rfazi va Shotlandiyadan g‘arbdagi suvlarda treska zahiralari qisqarayotgani kuzatilayapti.
O‘rmon xo‘jaligi. Buyuk Britaniya o‘rmonlari maydoni 24 ming kv. km. (10% yerni) egallaydi. O‘rmon fondining yarimi o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha Komissiya tasarrufiga kiritilgan. Mamlakatda har yili 7,5 mln. kubometr o‘rmon kesiladi. Yog‘ochga bo‘lgan ichki talabning 90 % import yog‘och taxta hisobiga qondirildi.
Xizmat sohasi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga xos harakterli fenomen xizmat sohalarining o‘sayotganidir. U aholi real daromadlari oshayotganligida, shuningdek xizmat va tovarlar o‘rtasidagi harajatlar nisbatida, namoyon bo‘ladi. Ayniqsa moliya sektori va ko‘ngilochar sektor hamda turizm vakillari yutishayapti. Ilgari bozorda unchalik sezilarli ulushi bo‘lmagan sektorlar, yoki umuman amalda bo‘lmagan sektorlar ko‘proq ahamiyat kasb eta boshladilar. Ular kompyuter ishlab chiqarish va dastur ta’minoti, reklama, bozorni tadqiq qilish, ko‘rgazmalar o‘tkazish, konferensiya va taqdimot marosimlaridir.
Turizm. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti sohalarida muhim o‘rin egallaydi. Bu soha IYAM ning 4,5 %ni ishlab chiqaradi. Turizmdan daromad olish bo‘yicha mamlakat dunyoda AQSH, Ispaniya, Fransiya va Italiyadan keyin beshinchi o‘rinda turadi.
Moliyalari. London fond birjasi Yevropada yirik hisoblanadi. 90-yillar o‘rtalaridan boshlab britan markaziy banklari yuqori daromadli moliya muassasalariga aylandi. Buyuk Britaniya bank tizimi yuqori darajada to‘plangani va markazlashgani bilan ajralib turadi.
Angliya banki pul-kredit siyosatini amalga oshiradi. Barcha tijorat banklari Angliya banki nazorati ostida, bu bank Angliya va Uelsda banknotlar chiqarish huquqiga ega (Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya o‘z hududlarida pul chiqarish uchun cheklanmagan huquqlarga ega). Angliya banki aholi bilan ishlaydigan banklarni, (xuddi jamg‘arma bank kabi), investitsion, ipotech va boshqa britan yoki chet el banklarini litsenziyalaydi. U xorijiy valyuta bozoriga faol aralashadi va funt barqarorligini saqlashga harakat qiladi. Funt-sterling dunyoning asosiy valyutalaridan biri, London esa jahonning muhim savdo markazlaridan hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada bir necha tashkil etilgan moliyaviy bozorlar ishlab turibdi. Qimmatbaho qog‘ozlar bozori xalqaro fond birjasidan tashkil topgan ro‘yxatdan o‘tgan qimmatbaho qog‘ozlar va aksiyalar bilan ishlaydi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari-mustaqillik, jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashgan, taraqqiyot darajasi bir tekisda.
90-yillar o‘rtalaridan boshlab Britaniya iqtisodiyoti iqtisodiy ko‘tarilish fazasiga kirdi. IYAM o‘sish sur’atlari o‘rtacha 2,8 % ni tashkil etdi. Xizmat sohasi dinamik rivojlanishda -2,6 %. Ish faoliyatida sustkashlik moliya va qayta ishlash sanoati sohalariga xos edi.
90-yillar oxiriga kelib, iqtisodiy taraqqiyotda iste’mol harajatlari (uy-joy, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar sotib olish, ta’lim va madaniyat sohalarida) rag‘batlantiruvchi rol o‘ynaydi. Keyingi yillarda chakana savdo va umumiy ovqatlanish, xizmatlar, moliyaviy, sug‘artaviy, telekommunikatsion, axborot texnologiyasi va rivojlangan kompyuter sohalari o‘sishdan o‘zib taraqqiy etib bormoqda.
Buyuk Britaniya xukumati oldida ikkita vazifa turibdi: inflyatsiyaning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiyotda resessiyadan (iqtisodiy o‘sishning sustlashuvi) qochish. Bu vazifalarni amalga oshirish quyidagi elementlarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy siyosat doirasida olib borilayapti.
1. Protsent stavkalarini o‘zgartirish. Valyuta siyosati bo‘yicha Angliya banki 1998 yilgacha protsent stavkalarini 7,5 % gacha oshirdi, biroq keyingi yillarda protsent stavkalari pasaya borib 5,5 % ni tashkil etayapti.
2. Davlat harajatlari o‘sishini cheklash hisobiga byudjet takchilligini qisqartirish. 1998 yilda Moliyaviy akt e’lon qilindi. Unga muvofiq «Moliyaviy barqarorlik kodi» amalga kiritildi. «Kod» hukumatga qarzlar kapital qo‘yilmalar uchun talab qilinganidan ko‘p bo‘lmasligi va joriy harajatlarni moliyalashtirish uchun foydalanmasligi ustidan nazorat qilish majburiyatini yukladi.
3. Davlat mablag‘laridan samarali foydalanish. Vazirliklar va mahkamalar harajatlarni belgilangan darajasidan oshirmasliklari lozim. Bu hukumat tomonidan uch yil muddatga belgilab qo‘yilgan. Kelajakda ko‘zda tutilgan harajatlar ta’lim, kasb o‘quvi va jamoat trasportiga mo‘ljallangan.
4. Byudjetning daromadlar qismi uchun alohida 10% soliq stavkasi ko‘zda tutilgan bo‘lib, daromadning birinchi 1,5 ming funt sterlingidan olinadi. Daromad solig‘ini bazaviy o‘zgarishsiz qoldirildi (23%), minimal ish haki hajmi soatiga 3,6 funt sterling va aholining eng kam haq to‘lanadigan qismi uchun soliq kreditlari joriy etilgan.
5. Xususiy investitsiyalarni soliq bilan rag‘batlantirish. Korporatsiyalarga soliq stavkasi 31 % dan 30 %ga kamaytirildi, uncha katta bo‘lmagan firmalarga (yillik oboroti 300 ming f.st.) 21 dan 20 % ga kamaytirishdi. Hukumat asosiy e’tiborni o‘z kompaniyalari aksiyalarini sotib olgan ishchi va xizmatchilarni rag‘batlantirishga qaratilmoqda.
6. Milliy tovarlarning raqobatbardoshligini va mehnat unumdorligini oshirish. Savdo va sanoat vazirligi innovatsion fondini, fan taraqqiyotiga ajratiladigan malblag‘ hajmini ko‘paytirish. Axborot texnologiyasini rivojlantirish sohasida ishlab chiqilgan milliy strategiya, universitetlarda amalga oshirilgan ilmiy-texnik, tajriba-tadqiqotlar, NIOKR ni kommersiyalashga mo‘ljallangan maxsus fond tuzilgan.
7. Xususiy raqobatga to‘sqinlik qilishga, belgilangan bitimlar tizimini taqiqlashga qarshi raqobatbardoshlik haqida qonun qabul qilingan. Xususiy savdo bo‘yicha boshqarma kompaniyalardan raqobatga qarshi faoliyat shubxa uyg‘otganda, har qanday axborotni talab qilib olishga, korxona rahbariga jarima solish yoki ularni ikki yil muddatga qamash huquqiga ega. Qonunni buzgan firmaga uning tovar oborotini 10% gacha jarima solish belgilab qo‘yilgan.
8. Yevropa valyuta ittifoqiga kirishga tayyorgarlik. Hisoblarni registratsiya qilish, kompyuter dasturlariga o‘zgartirish kiritishga davlat byudjetidan maxsus mablag‘ ajratiladi.
Yevroni joriy etishga tayyorgarlik uchun 120 mln. funt sterlingdan ziyod sarflandi. Mazkur jarayon uch yilga yaqin vaqtni oldi.
Mamlakatning depressiv-turg‘un holatidagi rayonlari. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti ayrim sanoat regionlari o‘rtasida keskin farq bilan harakterlanadi. Buyuk Britaniyada norasmiy ma’lumotlarda, na ilmiy ishlarda aniq qaysi rayonlar depressiv rayonlar ekanligi haqida qat’iy bir xulosa aytilmaydi. Rasman «taraqqiy etayotgan rayonlar» ajratib ko‘rsatiladi. Ya’ni davlat rag‘batlantirayotgan xo‘jalik ob’ektlari joylashgan territoriyalar. Odatda ularga Shimoliy rayon, Shotlandiya, Uels, Shimoliy-G‘arbiy rayon kiritiladi.
(Depressiv)-turg‘un rayonlar qoloqligiga quyidagi sabablar ko‘rsatiladi:
yangi va yangilik yetarli rivojlanmagan sharoitda «eskirayotgan sohalar» ga ixtisoslashish;
an’anaviy sanoat sohalari va sust rivojlangan infratuzilmasi va xizmat sohalariga qaramlik;
katta bozorlar va qarorlar qabul qilinadigan markazdan uzoqligi;
shu holat va depressivlik oqibatida «yomon investitsion muhit».
Depressiv - turg‘un rayonlarning sohaviy tarkibi. Shotlandiya - ko‘mir qazib olish, qora metallurgiya, kemasozlik, og‘ir mashinasozlik, to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan. Shimoliy dengizda neftga boy ochiq konlar ko‘p. Bular regionda ximiya va neftni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish imkonini beradi. 90-yillar oxiridan boshlab Shotlandiyada TMK-transmilliy korporatsiya nazorat qiluvchi elektron sanoati rivojlana boshladi.
Uels – ko‘mir qazib olish va qora metallurgiya rayonga TMK katta qiziqish bilan qarayapti 20% chet el qo‘yilmalari Uelsga yo‘naltirilayapti.
Shimoliy rayon-ko‘mir qazib olish salmog‘i yuqori, qora metallurgiya, og‘ir mashinasozlik, kemasozlik, ximiya sanoati taraqqiy qilgan. Sanoatining katta qismi sharqiy rayonda jamlangan. Shimoliy rayonda NIOKRning zaif bazasi saqlanib turibdi, rivojlangan xizmat sohasi, malakali ishchi kuchlari yo‘q.
Shimoliy-g‘arbiy rayon to‘qimachilik sanoati, ko‘mir qazib olish, qora metallurgiya, kemasozlik, mashinasozlik rivojlangani bilan harakterlanadi. Xo‘jalikning katta qismi ikki aglomeratsiyada-Liverpul va Manchesterda jamlangan.
90- yillardan boshlab depressiv rayonlarda yangi sohalar rivojlana boshladi: elektronika va radioelektronika, avtomobilsozlik, aviatsiya priborsozligi va boshqalar. Ammo biroq ko‘rsatilgan rayonlarda ommaviy ishlab chiqarish joylashgan bo‘lsada, boshqaruv va ilmiy bo‘linmalar mamlakatning janubida jamlangan.
Shunday qilib, Buyuk Britaniyada mintaqaviy (regional) ijtimoiy-iqtisodiy disproporsiya mavjud. Bu esa ularni yumshatish uchun davlat siyosatining zururligini taqozo etadi: yangi shaharlar, sanoat va ilmiy parklar, inqiroz (krizis) rayonlariga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etilishi zarur.
Yordam kerak bo‘lgan ma’lum hududlarda qo‘yidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi: ishsizlik darajasi, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, yangi ish o‘rinlari yaratish istiqbollari.
Hududiy siyosatning asosiy maqsadlari. – eski sohalarni tez almashtiruvchi sohalarga moslashtirish. Ularda butun depressiya rayonlari iqtisodiyoti joylashgan. 80-yillar boshigacha, «rivojlantirish rayonlari» ga boshqa hududlardan yirik kompaniyalarni jalb etishga zo‘r berilgandi. Eng avval Janubiy Sharqiy, shuningdek TMK lar jalb qilindi. Bunga qo‘shimcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy imtiyozlar yo‘li bilan, ham infratuzilmani taraqqiy ettirish yo‘li bilan erishildi.
90 - yillarda kichik biznesni rivojlantirishga urg‘u berildi. Ammo kichik firmalar axborotlar va zarur kapitalga, malakali ishchi kuchlarga, salmokli buyurtmachilar va boshqalarni talab qiladigan alohida «ishchi muhit» ga muhtoj. Shu sabab, ya’ni aholi va yirik sanoatlar joylashgan markazlardan olisdalik kichik biznesni rivojlantirishiga imkon bermadi.
Buyuk Britaniyada aholi zich hududlardan depressiv rayonlarga ularning migratsiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan. G‘arbiy Midlenddan va Janubi-Sharkdan (nisbatan rivojlangan rayonlar) «rivojlanayotgan rayonlar»ga kompaniyalarni o‘tkazish ma’qullandi. Ayni paytda Janubiy-Sharqiy rayonlarda yangi qurilishlar cheklandi.
Hozirgi paytda regional dasturni qo‘llab-quvvatlash uchun «tadbirkorlik zonasi» yaratilayapti. Bu uncha katta bo‘lmagan yer uchastkasida sanoat va tijorat korxonalari qurish va imtiyozli shartlar bilan barpo etilayapti. Yer va mulk solig‘idan 10 yilga ozod qilinadi, malakali kadrlar bepul tayyorlanadi.
Xukumat moliyaviy yordamini tanlab ko‘rsatayapti: yangi loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi, qudratli ishlab chiqarish, sifatli tovar va xizmatlar va nihoyat fantalab loyihalar ma’qullanayapti.
Davlat fantalab korxonalarga loyihani amalga oshirishda minimal zarur mablag‘lar ajratayapti. Yordam 30 yil muddatga qarz sifatida beriladi. Yangi korxona barpo etishda yer sotib olishni qoplash uchun 1 ming funt-sterlingacha qarz olish mumkin.
Buyuk Britaniyaga mintaqaviy (regional) siyosatni amalga oshirish uchun YEI mamlakatlariga a’zoligi yordam berayapti. YEI «rivojlanayotgan rayonlar»da kompaniyalarga ko‘mak berayapti, yordam loyiha qiymatining 20-30 % atrofida rayon «kategoriyasi» ga qarab belgilanadi.
Mamlakatda regional siyosat YEI ning turli fond va muassasalaridan to‘ldirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning Yevropa fondida mintaqaviy taraqqiyot kvotasi (1975 yilda tuzilgan) 21,4 dan 28,5% gacha uning summasi kattaligida.
Buyuk Britaniya fondi tashkil etilganidan buyon 3 mlrd. f. sterlingdan ziyodroq mablag‘ oldi, uning 800 mln. f-st ga yaqini Shotlandiyaga, 450-Uels va Shimoliy rayonga, 400 mln. f-st. Shimoliy-G‘arbiy rayonga kelib tushdi. Mablag‘lar asosan fonddan grafliklar va okruglarga turli xil infratuzilma ob’ektlari barpo etish uchun sarflandi. Ayni paytda e’tibor mintaqaviy rivojlantirish dasturiga qaratilmoqda: bu holda harajatlar fonddan davlat harajatlarini 55 % gacha qoplaydi.
Yevropa ijtimoiy fondi o‘zining mablag‘larining katta qismini «rivojlanayotgan rayonlar» ga yo‘naltirmoqda. U harajatlarni 50 % gacha to‘layapti. Natijada ishini yo‘qotganlarni o‘qitish, xo‘jalik va sanoatni qayta qurish, ularni ishga joylashtirishga yordam berayapti.
Yevropa investitsion banki «rivojlanayotgan rayonlar» ehtiyojlari uchun imtiyozli ssudalar bilan ta’minlayapti. Bu ham 50 % gacha harajatlarni qoplashga yordam berayapti. Buyuk Britaniya inqiroz rayonlariga yordam Yevropa hamjamiyati orqali ko‘mir va po‘lat, imtiyozli qarzlar, konchilar va metallurglarni o‘qitish, uy-joy qurilishiga mablag‘ sifatida kelib tushayapti.
Buyuk Britaniya yirik beshta savdo mamlakatlaridan bir sifatida AQSH, Germaniya, Yaponiya va Fransiyadan keyin joy olgan. U sanoat mollari, neft, ximiyaviy moddalar, avtomobillar, avia kosmos uchun mahsulotlar, metallar, tayyor gazmol va mashinalar eksporti bo‘yicha Yevropada yetakchi o‘rinni egallaydi.
Buyuk Britaniya eksportining asosiy yo‘nalishlari -AQSH (15 %), Germaniya (11,6 %). Fransiya (9,6 %), Niderlandiya (7,3 %) va Irlandiya (6,9%) mamlakatlariga qaratilgan.
Buyuk Britaniya - bu yirik qishloq xo‘jaligi tovarlari, xom ashyo, tayyor va oraliq mahsulotlari, shuningdek (YEI mamlakatlari va Yaponiyadan) importchisi hisoblanadi. Mamlakat importining asosiy manbalari - AQSH (14 %), Germaniya (11,7 %), Fransiya (7,7 %), Niderlandiya (6,1 %) va Belgiya (4,8 %) davlatlari hisoblanadi.
Buyuk Britaniya uchun import qiymatining eksportdan ortiq turishi harakterlidir. Britaniya tovarlarining tashqi bozorda sotilishini qiyinlashishida funt sterling kursi dinamikasi bilan bog‘liq: boshqa valyutalar bilan taqqoslaganda uning amaldagi kursi eng yuqori darajada turadi. Buyuk Britaniya eksportiga noqulay ta’sir qiladi va raqobatni o‘tkirlashtiradi.
Buyuk Britaniya – Yevropalik bo‘lmagan investorlar - AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan uchun bosh investitsiya ob’ektidir. Chet el investitsiyalari umumiy summasi 150 mlrd. dollardan oshadi. Xorijiy investorlarga Buyuk Britaniyada 15 % dan ko‘proq ishchi o‘rinlari tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |