Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


-sxema. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari



Download 6 Mb.
bet54/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

4.1-sxema. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari.
Boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob’ektning holati hamda boshqariluvchi ob’ekt bo¨liq boʻlgan tashqi muhit holati haqida axborotlar olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq) ishlab chiqadi. Shundan keyin axborot boshqariluvchi ob’ektga ta’sir oʻtkazadigan boshqaruvchi tuzimning ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi.
Shunday qilib, boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi toʻbrisidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu:

  • ish oʻrinlariga x?mashyoning kelib tushishi;

  • stanok, uskunalarning ishlashi;

  • ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi;

  • tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati;

  • mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar.

Tashqi axborotlar, ya’ni:

  • yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar;

  • mahsulot iste’molchilari talablari;

  • boshqa korxonalarning il¨or tajribalari;

  • raqobatdoshlarning xatti-xarakatlari;

  • bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat;

  • inflyatsiya va ishsizlik darajasi;

  • byudjetga toʻlovlar va hokazolarga oid ma’lumotlar shu turkumdagi axborotlar sirasiga kiradi. Bular tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar hisoblanadi.

Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi.
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga qoʻyidagi talablar qoʻyiladi:

  • ishonchlilik;

  • tushunarli, bir ma’nolilik;

  • tezkorlik;

  • tuliqlik;

  • tejamlilik.

Hozirgi davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik koʻrsatishi, operativ ish olib borishi, vaziyat oʻzgarishni oʻz vaqtida payqab olish, resurslar bilan manevr qila olishi, har bir ko?kret sharoitda maqbul qaror qabul qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib turishi lozim. Ortiqcha, befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat va vaqt sarflashga olib keladi.
Axborot tushunarli boʻlishi kerak. Chalkash, bir-biri bilan taqqoslab boʻlmaydigan koʻrsatkichlar toʻ¨ri rahbarlik qilishga va oʻz vaqtida qaror qabul qiliga putur etkazadi.
Ahborotning oʻz vaqtida kelishi va oʻz vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, ya’ni tezkorligi ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, bino-barin, ishlab chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli maqsadlar uchun oson oʻzgarish, undan boshqaruvning barcha boʻ¨inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanish, qoʻshimcha ishlov bermasdan foydlanishi ham katta ahamiyatga ega.
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kech berilgan axborotlar oʻz qimmatini yoʻqotadi.
Ishlab chiarish vaziyatiga toʻ¨ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun boshqaruv organi axborot bilan toʻliq ta’lim etilishi, axborot hajmi maqsadga muvofiq boʻlishi kerak. Axborot etishmasligi yoki haddan tashqari koʻpayib ketishi tezkor va toʻ¨ri boshqarishga xalal beradi va nihoya, boshqarish apparati xodimlari qanchalik yuqori malakali boʻlsa, axborot qimmati ham shunchalik yuqori va tartibga solingan boʻladi. Boshqarish organlari ma’lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta’minlangan boʻlsa, rahborlarga ortiqcha, befoyda ma’lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa oʻz navbatida axborot oqimidagi tejamkorlikni ta’minlaydi.
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat toʻ¨ri aloqagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud boʻlishidir. Teskari aloqa har qanday darajadagi tizimlar harakatini roslab turish uchun universal mexanizm hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga (boʻysinuvchidan boshliqqa) kelib tushadigan axborotni, ya’ni berilgan farmoyish va buyruqning natijalari toʻgʻrisidagiaxborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, koʻp tomonlama va xilma-xil aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi. Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin shu farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotganligi toʻ¨risida teskari aloqa yoʻli boʻyicha oʻz vaqtida axborot bilan ta’minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.
Ishlab chiqarishni va davlat boshqarishning barcha darajalarida mustahkam teskari aloqa mavjudligi xarakterlidir. Oddiy bir misol. Mamlakatimizning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi boʻyicha ishlab chiqiladigan barcha qonunlar albatta umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza va istaklari hisobga olinib, qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritiladi.
Teskari aloqa yordamida axborotni joʻnatuvchi bilan uni qabul qiluvchi oʻrtasida aloqa oʻrnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan oʻzaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya’ni har ikkala tomon oʻz vazifalarini oʻzaro almashgandek boʻlinadi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish