Tashkilotning asosiy tuzilmalarini tuzishdagi chora-tadbirlar:
• idoralarni va aniq ish joylarini taqsimlashda keng qamrovli vazifalarni amalga oshirish;
• aniq ish oʻrinlariga ta’lluqli boʻlgan vazifa va majburiyatlarni belgilash;
• turli tashkiliy vazifalarni muvofiqlashtirish;
• ish joylarining klasterlarini tuzish;
• alohida shaxslar, guruhlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish.
• vakolatlarning rasmiy chiziqlarini oʻrnatish.
• tashkiliy resurslarning alohida belgilarini koʻrsatib berish va ochib berish.
Bu juda muhim jarayon ekanligi va bu jarayon orqali boshqaruvchilar tashkilotning tashkiliy tuzilmasini loyihalashtiradilar.
Tashkiliy tuzilma bu tashkilotdagi ish joylarining rasmiy joylashuviga aytiladi. Bu tuzilma vizual koʻrinishda tashkiliy tuzilmada aks ettirilishi va koʻp maqsadlarga xizmat qilishi mumkin. Boshqaruvchilar tuzilmani yaratganlarida yoki uni oʻzgartirganlarida ular oʻz oldilariga oltita omilning echimini olgan tashkiliy tuzilmani barpo etish jarayoni bilan shugʻulanadilar: taqsimot, boʻlimlarga ajratish, jamoa tarkibi, boshqarish diapazoni, markazlashtirish va markazlashmagan tizimga oʻtish hamda rasmiylashtirish.
AdeOgayodagi “Wilson” sport tovarlari zavodida 10 ta ish oʻrinlarida ishchilar ishlab (oʻrtacha ular 20 yil davomida ishlab kelmoqdalar) ular milliy futbol ligasi uchun futbol buyumlarini ishlab chiqaradilar, aksariyat kollej va oʻrta maktablardagi futbol oʻyinlari uchun buyumlarni ishlab chiqaradilar. Zavodning har kunlik maqsadlarini amalga oshirish uchun ishchilari quyish, tikish, bichish, shnurlash va boshqa ishlarga taqsimlanadilar.
Bu mehnat faoliyatini alohida vazifalarga boʻlib olish boʻyicha taqsimlab olishga misol boʻla oladi. Ayrim xodimlar, ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida, butun faoliyatini emas, balki bir yunalish boʻyicha ixtisosla-shadilar. Shuningdek, bu boshqarish moduli tarixiga kiritilgan mehnat taqsimoti tushunchasi sifatida bizga ma’lum.
Ixtisoslashtirilgan tarzda ishlash ishchilarning malaka va kunikmalari-dan samarali foydalanish imkonini beradi. Aksariyat korxonalarda ayrim vazifalar yuqori darajadagi koʻnikmalarni talab qiladi; boshqa vazifalar nisbatan pastroq darajadagi malakaga ega boʻlgan ishchilar ham qilishlari mumkin. Agarda yuqori malakali va juda murakkab vazifalarni amalga oshirishda barcha ishchilar ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida ishtirok etganlarida, ishchilar oʻzlarining malakalarini toʻla ishga sola olmaydilar. Undan tashqari ishchilarning malaka darajasini ajratish, aks ettirish uchun malakasi past boʻlgan ishchilarga karaganda, malakali ishchilarning ish haqi nisbatan yuqori toʻlanadi, barcha ishchilarning ish haqi yuqori malakali ishchilarga toʻlanganday toʻlanishini amalga oshirish oson kechadi.
Resurlardan samarasiz foydalanish masalalari. Bu tamoyil orqali siz, nima sababdan jarayondan keyin mijozni tikayotgan kardiolog xirurglarni uchratish mumkin emasligini tushunasiz. Uning oʻrniga shifokorlar oʻzlarining ish olib borish xonalarida xirurg operatsiyani tugatgandan soʻng mijozni tikishni oʻrganadilar.
Ixtisoslashtirishning ilk tarafdorlari ixtisoslashtirish jarayoni ishlab chiqarish unumdorligini ancha oshirishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Yigirmanchi asrning boshida umumlashtirish oqilona kechgan edi. Ixtisoslashtirish keng qoʻllanilmaganligi sababli uning tadbiq etilishi doim ishlab chiqarishning yuqori unumdorligi bilan asoslangan, lekin 10-2 ilovada aks ettirilganidek yaxshi natijalar uzoqlashishi mumkin. Bu qaysidir holatda ixtisoslashish sabab insonning ishlashga boʻlgan ishtiyoqi soʻnishi, zerikkanligi, charchaganligi, stress holati, past unumdorlik, past sifat, kechikishlar sonining oshishi va kadrlar almashinuvi oqimi iqtisodiy samaradorlikka erishishga toʻsqinlik qilishi mumkin.
TASHKILOTda:
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi va tashkilotning maqsadlariga erishish.
Ishchi joylarining tashkilot tashkiliy tuzilmasi doirasidagi rasmiy joylashuvi.
Tashkilotni tashkiliy loyixalashtirish tizimini aks ettirish.
Tashkilotda mehnatning ixtisoslashuvini oʻzgartirish yoki yaratish.
Ayrim ish vazifalarining mehnat jarayonidagi taqsimlanishi kabilar muhim sanaladi.
Mehnatning ixtisoslashuvi natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy samaradorlik va tejamli ishlab chiqarish.
Ixtisoslashuvning iqtisodiyotga ta’siri.
Iqtisodiyotning ixtisoslashuvga ta’siri
BUGUNGI FIKRLAR / QARASHLAR. Aksariyat boshqaruvchilar ixtisosla-shuv jarayoniga muhim omil sifatida qarab kelmoqdalar, chunki u ishchi-xodimlarga samaraliroq ishlashga yordam beradi. Masalan, “McDonald`s” kompaniyasi yuqori darajadagi mehnat taqsimotini tashkil etgan, chunki ular mahsulotlarni belgilangan vaqtda va samarali ishlab chiqarib mijozga etkazishi lozim. Shuning uchun ham buni «tez» ovqat deyishadi. Bittasi buyurtma qabul qiladi, ikkinchi oshpaz gamburger tayyorlaydi, uchinchisi mijozga yetkazadi, boshqasi esa ichimliklarga buyurtma qabul kiladi. Boshqalari buyurtmalar paketini qabul qilishadi va hokazo.
Bu darajagi samaradolikni oshirishga qaratilgan ixtisoslashuv ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Haqiqatda, aksariyat Makdonalds xodimlariga buyurtmani qabul kilib olish, yozib olish uchun qancha vaqt kerakligini koʻrishingiz hamda yaxshi e’tibor bersangiz xodimlar uchun oʻz vazifalarini bajarish uchun qancha vaqt sarflanganligi haqida yozib qoʻyilganining guvohi boʻlasiz.
Lekin ayrim holatlarda ixtisoslashuvning qoʻllanilishi ishlab chiqarish unumdorligining oshishiga olib kelmasligi ham mumkin. Shuning uchun ham “Avery Dennison”, “Ford”, “Avstraliya”, “Hallmark va American Express” kabi kompaniyalar me’yor darajada ixtisoslashuvni tadbiq etadilar va buning oʻrniga ishlchilariga keng soha vazifa va ishlarni topshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |