Ehtiyojlar roʻyxati
¹
|
Shaxs uchun
|
|
Jamiyat uchun
|
1.
| Asosiy ehtiyojlar
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga
dam olish va sogʻliqga
|
1.
|
Asosiy ehtiyojlar:
mehnatga
xavfsizlikka
qoʻshimcha mahsulotga
boshqarishga
|
2.
| Sotsial ehtiyojlar
ijodiy mehnatga
oila va muhabbatga
bilim va axborotga
toat ibodatga, jasoratga
zurriyotni davom ettirishga
tartib va barqarorlikka
boʻsh vaqt va dam olishga
oʻzlikni anglashga
|
2.
| Sotsial ehtiyojlar
barqarorlikka
ishonchga
mustaqil taraqqiyotga
|
3.
| Ragʻbat va talablar |
3.
| Ragʻbat va talablar
zamonaviy ishlab chiqarishga
ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga
rahm shavqatga
|
Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga:
”X”(iks) va “U”(igrek) nazariyasi
kutish nazariyasi
boisiy(gigienik) tozalanish nazariyasi
adolatlilik (haqqoniylik) nazariyasi
ehtiyojlar ustunligi nazariyasi.
Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi negizida kishilar ehtiyojlari va qiziqishlari orqali ularning mehnatlarini motivlashtirish gʻoyasi yotadi. Buni quyidagi sxemadan koʻrish mumkin.
1-rahbar boʻysinuvchilarga ehtiyoj va qiziqishlarni chetlab ta’sir koʻrsatadi (bu erda qarorlarning bajarilishi hech kimni qiziqtirmaydi).
2-boʻysinuvchilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta’sir oʻtkaziladi (bu erda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini koʻzlaydi)
3-boshqarish oʻzaro ta’sir ostida amalga oshiriladi. Bu erda qarorning bajarilishiga har ikkala tomon manfaatdor.
4-ta’sir qilish faqat boʻysinuvchilarning ehtiyoji va qiziqishiga asoslanadi.
1,2 va 4 yondoshuvlar rahbar bilan boʻysinuvchilar oʻrtasida qarshi harakatga olib keladi. Natijada rahbar va jamoa, rahbar va ayrim boʻysinuvchilar ehtiyojlari oʻrtasida no muvofiqlikning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Shu sababli rahbar motivlashtirishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar yordamida amalga oshirishi lozim.
Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi ham rahbarlardan boshqarishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar vositasida, ya’ni 3-yondoshuv orqali amalga oshirishni talab qiladi. Chunki boshqa (1,2 va 4) yondoshuvlar qarshi harakat boʻlib, xodimlar va jamoa bilan rahbariyat oʻrtasida ixtiloflarga olib kelishi mumkin.
Yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirish usullari
Sotsial ehtiyojlar
|
xodimlarga shunday ish beringki, ular bir biri bilan aloqada boʻlish imkoni boʻlsin
ish joylarida birdamlik ruhi, mushtaraklik tuygʻusini yarating
boʻysinuvchilar bilan davriy kengashlarni oʻtkazib turing.
no formal guruhlarni “tinchitish”ga harkat qilmang, agar u korxona mavqeiga putur etkazmasa
xodimlarga korxona doirasidan tashqariga ham sotsial faollik qilishga imkon bering
|
Xurmatga boʻlgan ehtiyoj
|
boʻysinuvchilarga mazmunliroq ishni taklif qiling
xodimlarning erishgan yutuqlari bilan aks aloqani ta’minlang
xodimlar yutuqlarini yuqori baholang va ragʻbatlantiring
xodimlarni maqsadni aniqlashga va qaror qabul qilishga taklif qiling
boʻysinuvchilarga vakolat va huquq bering.
boʻysinuvchilarni amal pila poyalari sari koʻtaring.
|
Oʻzligini isbotlashga boʻlgan ehtiyojlar
|
boʻysinuvchilarning oʻz imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishi uchun ularning oʻqishiga sharoit yaratib bering
boʻysinuvchilarga murkaaab va muhim ish bering, toki ular butun vujudini berib ishlasin.
boʻysinuvchilarning tashabbusini rivojlantiring va ragʻbatlantiring.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |