Keys -3.Office Equipment Company
1992-yili Office Equipment Company (OEC) San-Salvadorda direktor –taqsimotchi oʻrniga boshqa direktor qidirishga majbur boʻldi, chunki direktor-taqsimotchi (AQSh fuqarosi) toʻsatdan bir oydan keyin bu mamlakatni tark etishini e’lon qildi. OEC siyosati direktor-taqsimotchi lavozimini tashqaridan kelgan kimsa egallashiga yoʻl qoʻymasdi. Boshqa lavozimlarga kelsak, ular hamma uchun (ochiq) mumkin edi. OEC oʻzining xorijdagi korxonalarining yuqori lavozimlariga AQSh dan, qabul qiluvchi mamlakat va uchinchi mamlakatlardan kelgan menejerlarni tayinlardi. Xorijiy va mahalliy korxonalar orasida menejerlar tez-tez rotatsiyaga (bir lavozimdan ikkinchi lavozimga oʻtkazish) uchrardi. Korporatsiyaning yuqori lavozimiga tayinlanishda xalqaro tajriba asosiy omil boʻlib hisoblanardi.
Regional boshqarmada tashkil etilgan maxsus qoʻmita, direktor-taqsimotchi lavozimiga beshta nomzodni muhokama uchun tanladi. Office Equipment Company. OEC kichik idora jihozlarining kata assortimentini (diktafon, nusxa oluvchi mashina, pochta tarozulari, ish yuritish papkalari) sakkizta turli mamlakatlarda ishlab chiqarar edi. Bu jihozlar dunyo boʻylab sotilardi. Salvadorda OEC ning ishlab chiqarish quvvati yoʻq edi, lekin 70-yillar boshidan kafolatli xizmat uchun sotuvga ehtiyot qismlar ishlab chiqarar edi. Avval boshida OEC Salvadorda mustaqil import qiluvchilar orqali oʻz jihozlarini sotib koʻrdi, lekin savdo hajmini sezilarli darajada kengaytirish uchun tez orada unga oʻzining shaxsiy xodimlar shtatining zarurligiga ishonch hosil qildi. Siyosiy barqarorlikning yoʻqligiga qaramay soʻnggi yillarda mamlakatda fuqarolar urushining boshlanishi arafasida OEC ning Salvadorda (100 kishilik xodim shtati) savdo faoliyatining (foydaliligi) daromadi oʻsdi.
Boshqaruvchini almashtirish vaqtida OEC Salvadorda fabrika qurayotgan edi. Fabrika shaxsiy kompyuterlarga printerning ehtiyot qismlarini olib kelishni va shu mamlakatda ularni yigʻishni amalga oshirishni moʻljallagan edi. Hukumat mahsulotning 10%ini shu erda sotishga, 90% mahsulotni eksportga chiqarish sharti bilan ruxsat berdi. Jihozlarni yigʻish uchun 10 kishi kerak edi. Salvador koʻplab arzon ishchi kuchini taklif qildi. OEC oʻz jihozlarining eksporti va yigʻilishi tufayli Salvadorga sotish uchun olib kelgan boshqa idora jihozlariga cheklovlarning bekor qilinishiga erishishni umid qildi. Fabrika qurilishi amerikalik mutaxassislar komandasi rahbarligi ostida oʻtdi. Boʻlgʻusi korxonani boshqarish uchun amerikalik ishlab chiqarish direktori tayinlandi. Direktor-ekspatriant ishlab chiqarish, sifat nazorati va barcha savollar boʻyicha amerikalik xoʻjayinlarga bevosita boʻysunar edi. Ammo boshqa savollar boʻyicha (buxgalterlik hisobi, moliya va mehnat munosabatlari) u Salvadordagi direktor-taqsimotchiga boʻysunardi.
Salvadordagi savdo va xizmat koʻrsatish tashkiloti, Florida shtati Koral Geyblzda joylashgan Lotin Amerikasi mamlakatlari boʻyicha regional boshqarmaga boʻysunardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |