Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua



Download 6 Mb.
bet197/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Variantlarni tanlash. Qoʻyilgan savolga javob variantini toping. Hamkasblaringiz bilan nega bunday tanlaganingizni muhokama qiling.
TOPSHIRIQ.-3.TEST TUZISH
1. Boshqaruv jarayonining bosqichlarini ayting.
a) Rahbar va boshqaruv apparatining maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlari
b) Maqsadni aniqlash, tizim ahvolini aniqlash, boshqariluvchi tizimiga haqiqiy ta’sirni koʻrsatish
c) Rahbarning axborotaviy tahliliy ishi
d) Rahbarning tashkiliy ishi
2. Boshqaruv funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
a) Boshqaruvning ma’lum vazifalarini yyechishga yoʻnaltirilgan bir xil turdagi ishlar yigʻindisi
b) Bu boshqaruv apparati ishlarining mehnat jarayoni
c) Bu ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solish
d) Bu ishlab chiqarishni tashkil etish
3. Boshqaruv jarayoni bosqichlarini aniqlang.
a) Axborotaviy ish, maqsadga muvofiqlik
b) Maqsad, hodisa, muammo echimini aniqlash
c) Axborot ishlari, harakat variantlarini tanlash
d) Tashkiliy va amaliy ish
4. Boshqarish davrlarini aniqlang.
a) Maqsadni, holatni, muammoni aniqlash
b) Tahliliy, axborotaviy va tashkiliy ishlar
c) Oldindan maqsadni anglash
d) Vaziyat, muammo, yechim
. Asosiy va aniq funksiyalarni koʻrsating.
a) Biznes-reja, marketing, motivatsiya
b) Mehnatni, mahsulot sifatini, xodimlarni boshqarish
cTartibga solish, ragʻbatlantirish, hisob va nazorat
d) Asosiy ishlab chiqarishni, yordamchi ishlab chiqarishni, xodimlarni boshqarish


4.2.“MENEJMENT” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMGA DOIR KEYSLAR


KEYS-1.KENNI ROJERS ROSTERS XITOY BOZORIDA
1999 yilning boshida Franshiz Investment Korporeyshn of Azia (FIKA) tashkiloti Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi bilan franchayzing shartnomasini imzoladi va uning kontseptsiyasini Xitoyning ikki yirik shaharlari – Pekin va Shanxayda yoyish huquqiga ega boʻldi. Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida FIKA tashkiloti prezidenti Toni Vang qiziqish bildirgan mahalliy kompaniyalardan uchtasi bilan muzakaralar olib borishni boshladi.
Kelishuvning tarixi quyidagicha. 1964 yilda Kentukki Fraed Chiken (KFCh) firmasining advokati boʻlmish 29 yoshli Djon Broun 60 yoshli Dek Massey bilan birgalikda KFCh firmasini 74 yoshli Garland Sandersdan 2 mln. Dollar evaziga sotib olishadi. Keyingi besh yil mobaynida sheriklar kompaniyaning mavjud restoranlari qatoriga yana minglab yangilarini qoʻshishdi va oʻrtacha sotuv hajmini yiliga 96%ga koʻtarishga erishdilar.
Kompaniya bu oʻsishga quyidagilar evaziga erishdi:

  1. Bozorga kirishning nisbatan kamxarajat yoʻli boʻlgan franchayzing shartnomalarini mahalliy restoranlar bilan imzolashni yoʻlga qoʻydi.

  2. Kompaniya rahbari Broun eng perspektiv loyihalarni tanlash qobiliyatiga ega edi.

1971 yilda KFCh Geblen Ink. kompaniyasiga 27 mln. dollar evaziga sotildi. Natijada ikkala sherik juda boyib ketishdi.
70-yillarda Broun Kentukki shtatining gubernatori etib saylandi va birdaniga uchta basketbol klubiga (shular qatorida Boston Seltiks) ega boʻldi. 80-yillarning oxirlarida AQShda ekologik toza va sogʻlom taomlarga talabning keskin oshishi natijasida koʻpgina restoran egalari sohlom taom menyularini taklif qiladigan yangi tipdagi restoranlarga pullarini tika boshladilar. Ushbu yangi talabni hisobga olgan holda, Broun asosiy taomi olovda tayyorlangan tovuq boʻlgan yangi kontseptsiyadagi restoranlar zanjirini ochishni rejalashtirdi. Maqsadini amalga oshirish uchun u oʻzining eski qadrdoni, oʻsha paytlarda Amerikada mashhur boʻlgan hofiz, 3 ta Gremmi, 4 ta platina albom, ta multiplatina albom va bir qator oltin albomlar sohibi Kenni Rodjersni taklif etadi.
Shunday qilib, Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi 1991 yil 17 yanvarda Kentukki shtatining Luisvill shahrida birinchi restoranini, avgustda esa Florida shtati Koral Geybls shahrida ikkinchi restoranini ochdi. Restoranning asosiy menyusi ziravorlar va tsitrusda marinadlanib, kuchli olovda qovurilgan tovuq goʻshti hamda bir necha xil garnirlardan (masalan, qaylali kartofel pyuresi, pishirilgan loviya, pasta-salat) tashkil topdi. Kompaniya juda tez suratlarda oʻsa boshladi, xodimlar soni kishidan 100 kishiga etdi. 199 yilning oxiriga kelib u oʻz qarorgohini Florida shtatining Fort-Lauderdeyl shahriga koʻchirib, 310 ta restoranga egalik qila boshladi. KRRning AQShning 3 ta shtatida, Kanadada oʻndan ortiq, Gretsiya, Kipr, Isroil, Malayziya, Koreya, Filippin, Yaponiya, Singapur va Iordaniyada bittadan restoranlari faoliyat olib borardi. 2002 yilgacha kompaniya oʻz restoranlari sonini AQShda 1200 tagacha, boshqa davlatlarda 240 tagacha etkazishni rejalashtirdi.
1999 yil holatiga kompaniya hali oʻz aktsiyalarini investorlar orasida uncha keng taqsimlamagan edi. Firma mulki uning egalari tomonidan quyidagicha taqsimlangan edi: 28% Brounga, 14,% Kenni Rojersga, 3% malayziyalik investorlar guruhiga va qolgan 22,% Broun va Rojersning bir qator tanishlariga tegishli edi. Brounnnig oʻzi kompaniyaning direktorlar kengashi raisi etib saylangan edi. Rojers direktorlar kengashi a’zosi boʻlib, bevosita firma faoliyatida ishtirok etmasdi, lekin kompaniya imijini ommalashtirishda faol ishtirok etardi. Kompaniyaning boshqaruvchilar tarkibini shakllantirishda Broun ilgari oʻzi bilan KFChda ishlagan odamlarni va Vendays, Burger King, Pitstsa Xat, Arbayz, Makdonalds kabi tezkor xizmat koʻrsatish restoranlari zanjirlarida ishlaydigan tajribali mutaxassilarni taklif qildi.
AQShda KRR restoranlari bir vaqtning oʻzida 180 tagacha mijozga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega edi. Restoranlar asosan kantri-vestern uslubida, Rojersning ijodiga mos holda bezalardi. Ularda Rojers videolarini va reklama roliklarini namoyish etadigan monitorla oʻrnatilgan edi.
Oʻtin yoqiladigan mangallar restooranning koʻzga tashlanadigan sohalariga joylashtirilardi. Garnirlarning xilma-xil turini taklif etadigan bufet-ustun ham oʻrnatilardi. KRR restoranlarida hamma taomlar joyida tayyorlanardi. Tovuq goʻshti tuni bilan marinadlanardi va kuchli olovda tayyorlanardi. Ba’zi garnirlar kompaniya qarorgohi yaqinidagi oʻquv markazida tayyorlanadigan yarimfabrikatlardan qilinardi. Mehnat xarajatlari sotuvlarning 26-27% ini, xom-ashyo xarajatlari esa 30% ni tashkil etardi.
Kompaniyaning umumiy daromadi 1993 yilda 68,7 mln., 1994 yilda 10 mln., 1999 yilda 321 mln. dollarni tashkil etdi. 199 yilda oldinda buyurtma boʻyicha sotuvlar umumiy sotuvlar hajmining 4-0% tashkil etdi va kompaniya bu koʻrsatichni 60% ga etkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Restoranning maxsus darchasi orqali yoʻllarda sotuvlar hajmi haftasiga 1800 ta tovuqni, tushumlar esa yiliga 1 mln. dollarni tashkil etdi.
1999 yiildan e’tiboran KRR kompaniyasining rivojlanishiga franchayzing shartnomalarining imzolanishi katta turtki boʻldi. 310 restorandan 8% i bilan franchayzing shartnomalari tuzildi. Kompaniyaning barcha xorijiy restoranlari aynan shu sxema asosida ishlardi. Shartnomalarni imzolashda restoran biznesini sevadigan va biladigan restoranlarga imtiyoz berilardi. Kompaniya franchayzing shartnomalari va kontraktlarni oʻrtacha 20 yil muddatga imzolardi. Franchayzing shartnomalari alohida restoranlar bilan imzolansa, kontrakt shartnomalari -10 talik restoranlar guruhlari bilan tuzilardi.
KRR bilan franchayzing shartnomasini imzolashdagi birlamchi toʻlov 29, ming dollarni, joriy toʻlovlar esa yiliga sotuv hajmidan 4,% ni tashkil etardi. Bundan tashqari, Kompaniyalar uchun reklama materiallarini ishlab chiqish fondiga 0,7%, Milliy reklama fondiga 2% va Mahalliy reklama fondlariga kamida 3% dan toʻlovlar amalga oshirilardi. Boshlangʻich toʻlov shartnoma imzolangunga qadar, qolganlari esa oy sayin toʻlab borilardi. Rivojlanish kontraktlari boʻyicha toʻlovlar ham yuqoridagilar kabi amalga oshirilardi. Boshlangʻich toʻlovdan tashqari, mijoz guruhga qabul qilinadigan har bir qoʻshimcha restoran uchun 10 ming dollar miqdorida toʻlovni amalga oshirardi. Bu toʻlov restoran qurilishi boshlanishi bilan toʻlanardi.
Kompaniya tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, AQShdagi har bir yangi restoran qurilishi 60 dan 672 ming dollargacha, mavjud restoranni rekonstruktsiya qilish esa 40 dan 4 dollargacha boʻlgan mablagʻni talab qilar ekan. Bu xarajatlarning tarkibiga ijara haqi, me’moriy va muhandislik ta’minoti xarajatlari, sugʻurta, litsenziyalash, asbob-uskunalar, jihozlar, ma’muriy xarajatlar, birlamchi xom-ashyolarga xarajatlar va boshqalar kiradi.
KRR kompaniyasi franchayzilar va restoranlar uchun xodimlarni tayyorlashga muhim ahamiyat qaratdi. Uchta tayyorlov kurslaridan iborat tsikl KRR qarorgohi qoshidagi tayyorlov va rivojlantirish markazida amalga oshirilardi. Hamma xarajatlar, jumladan transport, istiqomat qilish bilan va hokazolar franchayzi zimmasiga yuklatilardi. Birinchi kurs uch kun davom etadi va yangi franchayzilar va sheriklar uchun moʻljallangan. Qolgan ikki kurs birinchisidan farqli oʻlaroq majburiy hisoblanmaydi. Har bir franchayzi sertifikatsiyadan oʻtishi shart va kamida 2 ta menejeri boʻlishi kerak. Barcha menejerlar uchun bitta kurs 4 haftalie intensiv dastur asosida tashkil etiladi va restoran ochilishigacha 4-6 hafta oldin oʻtkaziladi (birinchi daraja). KRR kompaniyasi mutaxassislar tayyorlashning oʻziga xos uslubidan foydalanar, unga koʻra har bir menejer oʻzining ustozi bilan birga yashab, ulardan kunlik operatsiyalarning barcha aspektlarini oʻrganishardi.
Ikkinchi daraja menejerlarni bosh direktor lavozimiga tavsiya etishganida talab etiladi. Bu 6-kunlik dastur faqatgina operatsion amallarni oʻrganish bilan chegaralanibgina qolmay, menejmentning nozik qirralariga, masalan personal va mijozlar bilan munosabatlar, ayniqsa muammoli vaziyatlardagi holatlarga e’tiborni qaratadi.
AQShda yangi restoranning ochilishi bilan 60-6 ish oʻrni yaratiladi va bu ish oʻrinlarining taxminan 60% i faoliyatning ilk oylarida band etiladi. KRRning tayyorlov va rivojlantirish markazi uskunalarni ishlatish va taom tayyorlash bilan bogʻliq operatsiyalarni namoyish etadigan 12 qismdan iborat videodasturni ishlab chiqdi. Bu videomaterial mahalliy xodimlar bilan bir qatorda xorijdagi xodimlarni ham tayyorlashda ishlatiladi. Har bir mamlakat uchun alohida menyularni tuzish jarayoni restoranlar faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. Masalan, pishirilgan loviya bilan bekonga boʻlgan talab musulmon mamlakatlarida juda past. Bunday holatlarda franchayzilar mamlakatda sertalab va shu bilan birga kompaniya standartlariga javob beradigan taomlarni taklif qilishlari zarur. Bir xil taomni tayyorlashda har bir mintaqaning mijozlarining didi va talablarini e’tiborga olish juda zarur. Masalan, Tinch okeani mintaqasida taom tayyorlashda iloji boricha kamroq shakar mahsulotlarini ishlatish tavsiya etiladi. Biroq, har bir menyu kompaniya qarorgohi bilan kelishilgan holda tuzilishi lozim.
Menyuni ishlab chiqishda KRR oʻzining aksar mahsulotlari va uskunalariga umumiy standartlarni joriy qildi. Oʻz-oʻzidan ma’lumki, kompaniya dunyoning har bir mamlakatida tovuq goʻshti, non mahsulotlari, ziravorlar, marinadlar, qadoqlarni etkazib beruvchilarni belgilab oladi. Aksariyat hollarda mahalliy tovuq goʻshti

yetkazib beruvchilarni topish qiyin emas. Ammo ba’zi maxsus mahsulotlar, marinadlar va qadoqlar kompaniyaning amerikadagi etkazib beruvchisidan sotib olinadi.


KRR qarorgohi va franchayzilar oʻrtasidagi aloqaning uzluksizligini ta’minlash uchun har bir franchayzi oʻz restoranlarida kompyuter tizimini oʻrnatishi alab qilinadi. Bunday tizim KRRga har bir restorandan sotuvlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida olishga va franchayzini moliyaviy hisobot tayyorlash va restoranni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur boʻlgan axborot bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kompaniya dunyoning har bir mamlakatida zahiralarni boshqarish, daromad-yoʻqotishlar koʻrsatkichi nazoratining standart shakllariga ega.
Keysning boshida aytilganidek, KRRning Xitoy bozoriga kirishida KFChning sobiq xodimi, Uzoq Sharq mintaqasida katta ish tajribasiga ega boʻlgan Toni Vang bosh figuraga aylangan edi. Toni Vang 1944 yilda Xitoyning Sichuan provintsiyasida tugʻilib, Tayvanda ulgʻaydi va 60-yillarning oxirlarida AQShga koʻchib oʻtdi. AQShda u avvaliga Kentukki shtati Luisvil shahridagi KFCh kompaniyasida menejer boʻlib ishladi. Bir qator lavozimda koʻtarilishlardan soʻng u 1986 yilda kompaniyaning Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidentiga aylandi. Uning ofisi Singapurda joylashgan boʻlishiga qaramasdan, Vang asosiy e’tiborini Xitoyga qaratdi (1,2 mlrd. aholi va ovqatlanish industriyasining sust rivojlanganligi tufayli). 1987 yilda u Pekin shahrida birinchi gʻarb andozasidagi tez ovqatlanish restoranini ochishda bevosita ishtirok etdi. Bu restoran KFChning dunyodagi eng yirik restoraniga aylandi va Tyananmqn maydonida Mao maqbarasining roʻparasida joylashdi.
Qushma korxona tuzishda sheriklarni tanlashda Vang restoran rivoji uchun joylashish joyi maqbul boʻlganlariga xayrixohlik bildirardi. U restoranni ochishda va uning keyingi faoliyati rivojida oʻziga tegishli rol oʻynaydigan uchta xitoylik sherikni tanladi: Pekindagi hayvonlarni urchitish byurosi (qoʻshma korxonaning 10% ulushiga ega) restoranni mahalliy tovuqlar bilan ta’minlashni oʻz boʻyniga oldi; Pekin turist byurosi (ulushi 14%) joyni tanlashda, hukumatdan turli ruxsatlarni olishda, ijara va personalni tanlashda yordam berardi; Xitoy banki (ulushi 2%) daromadni konvertatsiyalashda yordam berardi. Tovuq narxining yuqori boʻlishiga qaramasdan (AQShga nisbatan ikki barobar qimmat), loyiha oʻzini oqladi. Vang Xitoyda restoran ochilishini quyidagicha baholadi: “Biz kommunistik davlatlardagi ilk gʻarbiy tez xizmat koʻrsatuvchi restoran edik. Bu judayam hayajonli gʻoya edi. Ertalablari restoran ochilishi oldidan uning eshiklari tagida katta navbat toʻplanardi va biz bu navbatni tartibga solish uchun politsiyani chaqirishimiz odatiy holga aylangandi”.
1989 yilning sentyabr oyida Toni Vang KFCh kompaniyasidan SP Fuds Servises Ko (bu firma Osiyoning eng yirik qishloq xoʻjalik kompaniyasi hisoblanmish Charoen Pokfand Grupp tarkibiga kirardi) kompaniyasiga prezident boʻlib oʻtdi. Yana ikki yildan soʻng Vang AQShga qaytdi va V.R.Greys end Ko ga tegishli Greys Fud Servises kompaniyasiga prezident boʻldi. Bir yil oʻtib Vang aylanmasi 1,2 mlrd. dollar boʻlgan Fudmeyker Interneshnl kompaniyasiga prezident etib tayinlandi. Oʻzining 8 yillik faoliyati davomida Vang 800 ta yangi restoran ochdi, ularning aksariyati Tinch Okeani mintaqasida edi.
1993 yilning yanvarida Sietl shahrida joylashgan Vang boshqaruvidagi Djak in de Boks zanjiriga tegishli restoranlardan birida ifloslangan gamburgerlarning topilishi ortidan kompaniya katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bosh aybdor kaliforniyalik etkazib beruvchi boʻlishiga qaramasdan, Fudmeyker serxarajat sudlashish jarayonini boshlashga majbur boʻldi. Yuzaga kelgan gʻala-gʻovur sotuvlar hajmi va moliyaviy tushumlarning keskin kamayishiga olib keldi. Shu tufayli kompaniya xalqaro bozordagi kengayishni orqaga surib turishga qaror qildi.
Toni Vang xalqaro miqyosda kengayishinig katta imkoniyatlarini sezgan holda oʻzining shaxsiy mablagʻlarini jalb qila boshlaydi. Unin shaxsiy Kuik Servis Restoran (KSR) kompaniyasi Fudmeyker bilan shartnoma tuzadi va Yaqin Sharq, Osiyo, jumladan Xitoy va Yaponiyada Djak in de Boks kontseptsiyasini rivojlantirish va franchayzing shartnomalarini tuzish huquqini oladi. Bu kelishuv 1994 yilning 1 yanvaridan e’tiboran keyingi 10 yil davomida KSR kompaniyasiga yuqorida keltirilgan mintaqalarda biznesni rivojlantirish uchun mustaqil tarzda franchayzilarni tanlash, ular bilan qoʻshma korxonalar tuzish, franchayzilardan olingan tushumlarni Fudmeyker kompaniyasi bilan boʻlib olish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu vaziyatni Vang qoʻyidagicha sharhladi: “Bu oʻzaro foydali kelishuv. Ular nou-xauga ega boʻlgani bilan, pullari boʻlmasa, nima ham qila oladilar? Ularning yirik kontseptsiyasi bor, lekin uni xalqaro miqyosda qoʻllay olishmaydi”.
Ovqatlanish industriyasiga qaytganidan soʻng Vang boshqa investitsion loyihalarda ham ishtirok etadi. Masalan, 80-yillarning oxirlaridan boshlab u eng yirik amerika sugʻurta kompaniyalaridan biri Ameriken Interneshnl Grup Ink. (AIG) rahbariyati bilan aktiv muzokaralar olib bordi. 1990 yilda AIG franchayzing bozorida faoliyat yuritishi koʻzda tutilgan FIKA kompaniyasini ta’sis etadi va unga prezident sifatida Vangni taklif etadi. Biroq Vang bu gʻoyani hali erta deb hisoblaydi.
Vang bu taklifni 4 yil oʻtganidan keyingina qabul qildi va 1991 yil yanvaridan e’tiboran FIKA prezidenti va mulkdoriga aylanib, qarorgohni Gonkongga koʻchirdi. Kompaniya aktsiyalari qoʻyidagicha taqsimlandi: 60% - AIG, 40% - KSR.
FIKA kompaniyasi quyidagi vakolatlarga ega boʻldi:

  1. Osiyoda franchayzing kelishuvlarini imzolash va kontseptsiyalarni rivojlantirish;

  2. Mintaqada franchayzilar uchun konsultatsiyalar berish;

  3. Franchayzilarni xom-ashyo bilan ta’milab berish.

FIKA kompaniyasi oʻsha paytning oʻzida Filippin va Tayland bozorlarini egallash uchun Tsirkl-K kompaniyasi bilan, Xitoy bozorini egallash uchun esa Karvel Ays Krim kompaniyasi bilan franchayzing shartnomasini imzoladi. Keyinchalik ularning hamkorligi Tinch Okeani mintaqasining boshqa bozorlariga ham tarqaldi. 1994 yilda FIKA KRRning Xitoy bozoridagi faoliyatini ushbu bozordagi oʻz ekspansiyasini kengaytirish maqsadida oʻrganishni boshladi. 199 yilda FIKA KRRdan Pekin va Shanxay shaharlarida tez xizmat koʻrsatish restoranlarini ochish huquqini oladi.
Franshiza huquqi uchun toʻlovlardan tashqari Vang birinchi restoranni qurish uchun mablagʻ topishi lozim edi. Restoran joyi tasdiqlanganidan soʻng (kerakli xodimlar va menejerlarni topish osonligi tufayli bu shahar Pekin boʻlib chiqdi) Vang mahalliy sherikni izlay boshladi. Xitoy uzoq vaqt mobaynida ochiq eshiklar siyosatini olib borayotganligiga qaramasdan, investitsiyalar sohasiga bu narsa tegishli emas edi: ovqatlantirish kompaniyasi 100% xorijiy egalik huquqiga ega boʻlishi mumkin emas edi. Shu bilan bir qatorda, egalik huquqiga oid bir qator echilmagan muammolar mavjud edi. Shundan kelib chiqib, Vang sherik tanlashda “tashkiliy kuch” taklif qila oladigan va koʻnikmalarga ega boʻlgan kompaniyaga e’tiborini qaratdi.
Avvaliga Vang oʻzining KFChdagi eski tanishlari bilan aloqa oʻrnatdi. Keyin u oʻz vaqtida hamkorlik qilgan Ist Siti Fud Servises end Distribyushn Ko kompaniyasiga chiqdi. Bu kompaniya shahar hukumatiga tegishli boʻlib, Pekin va uning atroflarida har xil tipdagi 30 ta xitoy restoranlariga va 100 dan ortiq sotuv nuqtalariga egalik qilardi. Muzokaralar natijasi oʻlaroq, Vang kompaniya rahbariyatidan kadrlar siyosati, marketing va ta’minot sohasida qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini oldi.
Vang muzokaralar olib borishni boshlagan ikkinchi kompaniya yirik xalqaro savdo kompaniyasi boʻlmish Greyt Uoll Treyding Ko ning Pekindagi filiali edi. U gʻarb ishbilarmon doiralarida keng aloqalarga ega boʻlib, boshqa xorijiy transmilliy kompaniyalar kabi Pekinda investitsiyalarni amalga oshirishga qiziqish bildirardi.
Vangning uchinchi sherik kompaniyasi – koʻchmas mulk bilan shugʻullanuvchi D end D Realti Ko boʻlib, yillik aylanmasi 1,8 mlrd. dollarni tashkil etardi va qarorgohi Gonkongda joylashgan edi. 1993 yilda u Xitoy bozoriga kirishni boshladi va 1994 yilda Pekinda oʻz ofisini ochadi. 1999 yilda u Pekin markazida joylashagan va Gonkong investorlari puliga qurilgan yangi 14-qavatli biznes markaz ijarasi boʻyicha agentga aylandi. Kompaniya ushbu binoning birinchi qavatida tegishli restoran ochilishidan manfaatdor edi va shu tufayli FIKA bilan kelishuv imzoladi. Keyinchalik u Vangga KRR restoranlari uchun butun Pekin boʻylab binolarni izlab topishni va’da berdi.
1999 yilda Toni Vang FIKA prezidenti sifatida boshqa majburiyatlarga ega boʻlishiga qaramasdan, KRR restoranlarining Pekinda tarqalishiga katta kuch sarflay boshladi. Ammo KRR kontseptsiyasi bilan bogʻliq holat FIKAning boshqa savdo kontseptsiyalarini Xitoy bozoriga yoyishga xalaqit bera boshladi. KRR kontseptsiyasidagi restoranlarining intensiv rivojlanishiga Xitoy bozorining toʻyinmaganligi ijobiy ta’sirini koʻrsatdi. 199 yilning oxirida Pekinda 17 ta MakDonalds, 10 ta KFCh, Xard Rok Kafe, Pitstsa Xat va TDjAy Fraydis kabi zanjirlarning restoranlari ham faoliyat yuritayotgan edi.
Gʻarb tez ovqatlanish restoranlarinnig va taomlarining mashhurligiga hamda Xitoy bozorining ulkan potentsialiga qaramasdan, Xitoy ommaviy ovqatlanish industriyasi juda sekin templarda rivojlanayotgandi va juda katta tavakkalchilikni taqozo etardi. MakDonalds va KFCh kompaniyalari lizing boʻyicha faoliyat yuritishardi. 199 yilning fevralida MakDonaldsning rahbariyati ularning dunyodagi eng yirik va ilgʻor restorani ijara binosini tark etishi lozimligi toʻgʻrisida ogohlantirildi. Gonkonglik milliarder Li Ka-Shing bu joyda yangi savdo va biznes markazini qurishni rejalashtiradi. MakDonalds rahbariyati uzoq muddatli ijara shartiga asoslanib, bu ogohlantirishlarni e’tiborga olmadi. Restoran oʻsha yilning kuz mavsumigacha ishlagan boʻlsada, atrofda olib borilayotgan qurilish ishlari uning faoliyatiga ta’sir koʻrsata boshladi. Pekinda ishlayotgan ishbilarmon doiralarda atayin ijara shartnomasining mavjud emasligi toʻgʻrisida mish-mishlar tarqala boshladi. Boz ustiga KFCh Tyananmin maydonidagi restoranning ijara shartnomasini ijara toʻlovi oshirilganligi tufayli uzaytirish imkoniyatidan voz kyechishi toʻgʻrisidagi mish-mishlar ham tarqala boshladi. Ammo Xitoyda biznes yuritish muammolari nafaqat ijara muammoalari bilan, balki materiallar va uskunalar importiga yuqori bojlar (0-100% atrofida) bilan ham bogʻliq edi. KRR mutaxassislari hisob-kitoblariga koʻra, bitta restoran uchun uskunalarni import qilish kamida 10 ming dollarga tushar ekan. Boshqa muammo personalni tanlash va tayyorlash bilan bogʻliq boʻlib, sababi, 1 ta yangi restoran uchun yaqin bir necha yil ichida minglab xodim zarur edi. Personalni tayyorlash gurugʻlarida hech kim xitoy tilini bilmasdi, xitoy tilida uslubiy materiallar ham mavjud emasdi.
Vang oxirgi paytda ish haqi tez suratlarda oʻsa boshlaganligini aniqladi. Xorijiy transmilliy kompaniyalar ingliz tilini birmuncha biladigan xodimlariga oyiga 100 yuan, inglizchada erkin soʻzlasha oladigan top-menejerlarga esa 10 ming yuan maosh berardi. Taqqoslash uchun: Xitoyda xodimlarning 9% idan koʻprogʻi davlat sektorida band boʻlib, ularning oʻrtacha oylik maoshi 00-700 yuandan iborat edi. Pekinda bunday maoshdan aqalli ijara haqini toʻlash ham qiyin hisoblanardi. Natijada hukumat subsidiyalar hisobiga oylik yashash toʻlovini 80 yuangacha tushirishga muvaffaq boʻldi. Subisidiyaga kirmaydigan yashash joylarining ijara haqi shu paytning oʻzida kamida 1000 yuan boʻlib, ularning narxi joylashishi, qulaylik darajasiga qarab oʻzgarardi.
199 yilning oktyabr oyigacha KRR qarorgohida mahalliy etkazib beruvchilar borasida noaniqlik hukmron edi va bu oʻz navbatida menyuni shakllantirishda qiyinchilik tugʻdirardi. Xitoy oshxonasida tovuq goʻshti doimo tanovul qilinishiga qaramasdan, KRRning an’anaviy menyusi Pekinda hali sinovdan oʻtkazilmagandi. Xitoyliklarning AQShda baralla reklama qilinayotgan sogʻlom ovqatga munosabati ham qanaqa boʻlishi borasida noaniqliklar mavjud edi. Vang va uning hamkasblari oldida qisqa vaqt mobaynida echilishi shart boʻlgan bir qator muammolar yuzaga kelgandi:

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish