«iqtisodiyot» kafedrasi malakaviy amaliyot


Sug'urta xuquqi va sug'urta munosabatlarini shakllantiruvchi huquqiy hujjatlar



Download 0,62 Mb.
bet6/9
Sana18.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#824060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saidmurodov Asadbek amaliyot hisobot

Sug'urta xuquqi va sug'urta munosabatlarini
shakllantiruvchi huquqiy hujjatlar.

Sug'urta xuquqi sug'urta tashkilotlari bilan sug'urtalanuvchilar, xamda kredit tashkilotlari o'rtasidagi xuquqiy munosabatlari ifodalaydi. Bunday munosabatlar mamlakatimiz Konstitutsiyasi asosida vujudga kelgan qator xuquqiy xujjatlarda o'z ifodasini topadi. Bu xu quqiy xujjatlarga quyidagilar kiradi:

  1. Fuqarolik kodeksi.

  2. Sug'urta faoliyati xaqidagi Respublika qonuni

  3. Davlat sug'urta tashkilotlari xaqidagi nizomlar

  4. Xususiy sug'urta tashkilotlarining nizomlari

5.Sug'urta nazorati xaqidagi xukumat qarori.
Fuqarolik kodeksining 52-bobi 914-981- moddalar sug'urta masalalariga bag'ishlangan, bunda sug'urtaning eng muxim xuquqiy masalalari sug'urta shartnomalarini tuzish, ikki tomonlama sug'urtalash, xamkorlik sug'urtasi, qayta sug'urtalash masalalari yoritilib, bunda sug'urtani amalga oshirish, tomonlarning javobgarligi va boshqalar kodeks doirasida xuquqiy jixatdan tushuntirib berilgan. Sug'urta xaqidagi qonun fuqarolar kodeksida bayon qilingan masalalarni takrorlasada, qonunda sug'urtaning iqtisodiy masalalarini bayon qilishga aloxida axamiyat berilgan.
O'zbekiston mustaqil davlat sifatida e'lon qilinganiga qadar respublikaning sug'urta xaqidagi aloxida qonun yo'q edi. Bu xududda Sobiq Ittifoq sug'urta qonunlari amal qilar edi. Bu qonunlarda respublika iqtisodiyoti va maishiy xususiyatlari etarli e'tiborga olinmagan edi. Sug'urta xaqidagi birinchi respublika qonuni O'zbekiston Oliy Majlisi tomonidan 1993 yil 6 mayda qabul qilindi.
Qonun 5 bob, 33 moddadan iborat. qonunda respublika iqtisodiyotida sug'urtaning to'tgan o'rni, bozor iqtisodiyotini amalga tadbiq qilishdagi roli, sug'urta bozorini shakllantirish masalalari, sug'urtaning tashqiliy va xuquqiy asoslari bayon qilinadi. Fuqarolar va yuridik shaxslarning sug'urta xizmatiga bo'lgan talablarini to'laroq qondirilishi kafolatlanadi, sug'urta munosabatlarida uning barcha ishtirokchilari manfaatlarini ximoya qilish masalalari ko'rsatiladi. qonunning 1 -bobida sug'urta ta'rifi berilgan bo'lib, bunda sug'urta ob'ektlari, sub'ektlari, shakllari, ta'riflari va to'lovla ri, qayta sug'urtalash va birgalikda sug'urtalash masalalari bayon qilingan.
Ikkinchi bob sug'urta shartnomalarini tuzish, shartnomada tomonlarning xuquqlari va uni rasmiylashtirish va to'xtatish masalalariga bag'ishlangan. Uchinchi bobda sug'urtalanuvchil arning moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari yoritilgan. To'rtinchi bob sug'urta faoliyati ustidan davlat nazorati o'rnatish, beshinchi bob esa yakunlovchi masalalarga bag'ishlangan. Sug'urta xaqidagi qonunda qator yangi tushunchalar, masalan, qay ta va birgalikda sug'urtalash, sug'urta brokeri, sug'urta ruxsatnomalarini olish va boshqa masalalar yoritilgan.
1997 yilda sug'urta qonunchiligida muxim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Sug'urta xaqidagi qonunga qo'shimcha sifatida quyidagi 3 ta xujjat qabul qilindi:

  1. «O'zagrosug'urta» davlat aktsionerlik kompaniyasi

  2. «Kafolat» aktsiyadorlik davlat kompaniyasi

3 .«O'zbekiston» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasini tashqil etish to'g'risidagi Prezident farmonlari va xukumat qarorlari.
Sug'urta xuquqi xaqida gapirar ekanmiz, ayrim sug'urta tashkilotlarining o'z nizomlari bo'lib, bunda xar bir sug'urtaning eng muxim yo'nalishlari, sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchilarning xuquqlari ifoda qilinishini xisobga olishni maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. 2002 yil 5 aprelda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yangi ikkinchi «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi.
Qonun respublikada sug'urtaning yanada rivojlantirish, uni rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishning iqtisodiy va xuquqiy asoslarini yanada mustaxkamlashda muxim omil bo'ldi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish