«iqtisodiyot» kafedrasi malakaviy amaliyot



Download 0,62 Mb.
bet1/9
Sana18.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#824060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saidmurodov Asadbek amaliyot hisobot


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”
FAKULTETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI


MALAKAVIY AMALIYOT


HISOBOTI


AT “ o`zagrosug`urta” farg’ona shahar filiali
(amaliyot o’tkazilgan joy nomi va manzili)

Guruh K3 – 19 I


Talaba: Saidmurodov Asadbek
Institut tomonidan tayinlangan rahbar: ____________________
Korxona tomonidan tayinlangan rahbar: ____________________



FARG’ONA 2021

MUNDARIJA:



Kirish. “Agrosug' urta ” sug'urta kompaniyasi haqida ma'lumot. 3
OBUNA BO'LING 6
“ O'zagrosug'urta ” jamiyati reytinggi. 7
Sug'urtaning iqtisodiy moh iyati va funktsiyalari. 8
Sug'urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi. 11
Mustaqillikdan so'ng O'zbekistonda sug'urtaning rivojlanish xususiyatlari. 13
Sug'urtani ng tarmoqlar bo'yicha guruh lanishi. 15
Sug'urta xuquqi va sug'urta munosabatlarini shakllantiruvchi huquqiy hujjatlar. 17
«O'zagrosug'urta» davlat aktsiyadorlik sug'urta kompaniyasi. 20
Kompaniyada qishloq xo'jalik korxonalarini ixtiyoriy sug'urtalas h. 21
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi. 22
Mexnat qobiliyatini vaqtincha yo'qotish va xayotni aralash sug'urta qilish. 26
Xulosa. 30

Kirish. “Agrosug' urta ” sug'urta kompaniyasi haqida
ma'lumot.

“O'zagrosug'urta ” aksiyanerlik jamiyati. O'zagrosug'urta AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi “O‘zagrosug‘urta” Davlat-Aksiyadorlik Sug‘urta Kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1713-sonli Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 martdagi “O‘zagrosug‘urta” Davlat- Aksiyadorlik Sug‘urta Kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 125-sonli Qaroriga asosan Aksiyadorlik Jamiyati shaklida tashkil etilgan. Jamiyatning ustav jamg'armasi 108 955 938 720 so'mni tashkil etadi.
“Agrosug'urta” universal sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, barcha turdagi avtosug'urta, agrosug'urta va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga 140 dan ortiq sug‘urta qilish xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Sug‘urta xizmatlarini qulay va tezkor taqdim etilishini ta'minlash maqsadida Jamiyat butun O‘zbekiston Respublika bo‘ylab 175 dan ortiq hududiy bo‘linmalar va 500 ta agentlik shahobchalariga ega. Butun O‘zbekiston boylab sug'urta nafaqat yirik shaharlarida, balki eng chekk a hududlarida yashovchi va faoliyat yurituvchilarga sifatli sug‘urta qilish xizmatlaridan foydalanish uchun katta qulaylik demakdir. 2018 yil yakuniga ko‘ra jamiyatdagi yuridik va jismoniy agentlar soni 2 000 tadan oshdi.
Jamiyat tasischilari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - 94,56 %

  • “O'zpaxtasanoat” AJ - 3,24 %

“Agrobank” ATB - 1,55 %
MCHJ “CIM Investment Management” - 0,43 %
- Qishloq qurilish bank ATB - 0,11 %
- OATB “Qishloqqurilishbank” — 0,12%
- Boshqa aksiyadorlar - 0.11 %.
Sugurta kompaniyasi vazaifalari quyidagilardan iborat:
• Mas'uliyatlillik va haqqoniylik;

  • Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlikni maqsad qilish;

  • Amalga oshiriladigan sug‘urta bitimlarini samaradorligini, ishonchliligini ta'minlash;

  • Ish yuritish etikasiga rioya qilish;

  • Mijozlarga kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatish;

  • Keng qamrovli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish;

  • Yangi axborot texnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llash;

Kompaniya missiyasi quyidagilardan iborat:
Qulay va ehtiyojlarni qondira oladigan sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish orqali fuqarolarning farovonligini ta'minlash;
O‘zbekistonning qishloq hududlarida sifatli sug‘urta himoyasini ta'minlash va agrosanoat sohasining rivojlanishiga ko‘maklashish;
Davlat va xususiy sektorni ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta'minlash, korporativ va individual mijozlarni keng qamrovli sug‘urta xizmatlari bilan ta'minlashda va mulkiy manfaatlarini himoya qilishda yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish orqali mamlakatimizda sug‘urta madaniyatini rivojlantirish;
Sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish orqali har bir mijozni xavfsizligi va barqarorligini ta'minlash;
Hozirgi kunda jamiyat respublikaning barcha qishloq hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo'lib, O‘zbekiston Respublikasi Sug‘urta bozoridagi ulushi 14,6% tashkil etadi.
2018 yil yakuniga ko‘ra jamiyat aktivlari 232,7 mlrd so‘m, sug‘urta zahiralari 123,7 mlrd so‘m, sug‘urta mukofotlari tushumi 178,0 mlrd so‘m va to‘langan sug‘urta tovonlari hajmi 65,6 mlrd, so‘mni tashkil etadi.
Jamiyat doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e'tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari so ni yildan-yilga ortib bormoqda.
Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e'tibor beradi.

O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati


ijro apparati TUZILMASI



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish