Ekspress-barlar (bir zumda xizmat qilish)-savdo markazlarida, mehmonxona
va vokzallarda faoliyat ko‘rsatadi. Mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga mos
tushishi kerak: buterbrod, qiymalangan go‘shtlar non betiga qo‘yilgan taomlar, har
xil qandolat va sut mahsulotlarini taklif qiladi. Tik turib ovqatlanib ketadigan
barlarda taomlar assortimenti cheklangan bo‘ladi. Mijozlarga-bifshtekslar,
langetlar, parranda go‘shtidan tayyorlangan taomlar, chanqov-bosdi ichimliklar,
sharbat, kokteyl yoki kofelar beriladi.
Pivo barlari-maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi.
Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod
avtotsis-ternasidan bevosita avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda
mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki
orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi.
Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklarni ham taklif
etadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, har xil
tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovurilgan kartoshka,
quritilgan qora non, teshik kulcha, sho‘rdanak, sho‘rbodom va boshqalar kiradi.
Vino barlari-mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatadi.
Yengil Ovqatlantirish, vaqti cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib
ketishi uchun juda qulay joy hisoblanadi. Bunday barlar yirik restoranlar ichida
joylashgan bo‘lsa, do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qurishi
choy yoki kofe ichib ketishlari mumkin.
Gril-barlar-savdo markazlarida, shahar ichida, dam olish joylarida, odamlar
gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‘ladi. Gril-barda mijoz tansiq va
noyob taomlarni buyurtma qilishi mumkin. Bu yerdagi taomlar assortimenti
mijozning tezlik bilan ovqatlantirishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‘p
tarqalgan taomlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob, bifshteks bo‘ladi. Grilbarlarda
taom mijozning ko‘z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar peshtaxtalari
ro‘parasida stolyarimr yoki uzun kursilar qo‘yiladi. Peshtaxtaning ichki tomonida
sotuvchi xizmat qiladi. Taomni yarim tayyor mahsulotlardan uning o‘zi
tayyorlaydi.
Kafe-mijozlar ovqatlantirishi va dam olishini ta’minlaydi. Restoran
mahsulotlariga qaraganda ularning assortimenti kam. Kafe firma va buyurtma
taomlar tayyorlash, mijozlarga yetkazib berishdek vazifani bajaradi. Bularning
assortimenti cheklangan va taom tayyorlanishi murakkab bo‘lmaydi. Kafeda issiq
choy, kofe, kakao, muzday sharbatlar, mineral suvlar, qatiq-sut, qandolat va shirin
taomlar mavjud bo‘ladi. Birinchisiga sho‘rva, ikkinchisiga tayyorlanishi oson
bo‘lgan, qovurilgan tuxum, sosiska, sardelka, qo‘ymoqlar berilishi mumkin.
Alkogolsiz kafeda ichimliklar assortimentidan vino-aroq olib tashlanadi,
alkogolsiz ichimliklar va qandolat mahsulotlari sotish ko‘paytiriladi. Bu kafelarda
diskoteka xizmati mavjud bo‘lib, unda to‘ylar, yubileylar, oilaviy tushliklar, yangi
taom va mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Mahsulot assortimenti va mijozlar
tarkibiga qarab kafelar ikki guruhga bo‘linadi:
assortimenti bo‘yicha mahsulotlarni sotish-muzqaymoq kafesi, qandolatlar
kafesi, sut mahsulotlari kafesi;
iste’molchilar tarkibi bo‘yicha - yoshlar kafesi, bolalar kafesi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |