2.3.Iqtisodiy talimotlarda xorij tajribasi va undan O`zbekistonda foydalanish
2.3.1.Keynschilikning AQShdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o`sish nazariyalari
“1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi butun kapitalistik dunyoni xususan AQSh iqtisodiyotini larzaga soldiki bu siyosiy iqtisod fanida qandaydir yangi tahlil usulini kashf etishni taqozo etar edi. Bunday ulug` sharafga aynan J.Keyns, keynschilik, uning ilmiy izdoshlari muyassar bo`lishdi.
Keyns taklif etgan “makroiqtisodiy tahlil” usulining mohiyati nimada edi? U makroiqtisodiy ko`rsatkichlar – aholi daromadlarini , ularning bandligi, ish haqi, investitsiyalar, jamg`arish muomiladagi pul miqdori narx-navo, foyda, foiz kabilar o`rtasidagi bog`liqlikni ocib beradi. Zero, bu iqtisodiy ko`rsatkichlardagi o`zgarishlar o`z-o`zidan alohida iqtisodiyit subyektlarini ham butun milliy iqtisodiyitning ham barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o`sishiga olib keladi. Masalan, aholi daromadlarining ortib borishi ularning jamg`arishga investitsiyalashga intilishiga sabab bo`ladi, buning natijasi o`laroq, aholi uchun yangi ish joylari yaratiladi va h.k”39.
50-yillarda keynschilik g'oyalari rivojlantirilib, yangi g'oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o'sish sur'atlari doimligini ta'minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «mulsipirikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o'ziga xos keynschilikning o'sish nazariyalari, jamg'arish va iste'mol o'rtasidagi o'zoro bog'lanish xarakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o'sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Evsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo''tadil) sur'atlarda o'sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy qisqacha xulosalarlarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to'la foydalanishga erishish mumkin. Xarrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo'yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlardagi jamg'arma hissasi va kapital quyilmalarning o'rtacha samaradorligi uzrq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinomik barqarorlik va doimiy o'sishga erishish avtomatik ravishda bo'lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya'ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro'y berish mumkinligini ta'kidlaydilar.
Domar va Xarrod modellaridagi farq-boshlang'ich pozisiyalardagi ayrim ko'rsatkichlardir. Masalan, Xarrod medelida investisiya va jamg'armalar tengligi g'oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o'sishini ta'minlashda investisiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko'zda tutiladiki, o'sshi bandlikka yordam beradi, bu esa o'z yo'lida, korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so'zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo'yicha, iqtisodiy jarayonlar investisiya va jamg'armalar orasidagi proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog'liq, aniqroq aytilsa investisiyalarning ildam o'sishi, baholar darajasi o'sishiga sabab bo'ladi, jamg'armalar o'sishi esa korxonalarning to'la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
Shuni aniq qilib aytish kerakki, keyns ta'limoti inqirozlar,urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo'ldi, chunki favqulotta holatlar davrida davlatning roli kuchli bo'lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so'ng Farb mamlakatlarini sosialistik orentasiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat byudjeti qarzlari ko'payib, ishsizlik ham o'sgan, inflyasiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko'paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo'li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko'paytirish (inflyasiyaga olib keladi), ya'ni emissiya yo'li ko'pchilikka oson ko'rinadi. Bu konsepsiya ma'lum davr mobaynida inflyasiya bo'lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta'limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo'yicha neoliberalizm g'oyalari asosiy bo'lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko'pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyasiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investisiyalar kamayganligi ular g'oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g'oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. Ko'p davlatlarda iqtisodiyotni denasionalizasiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o'tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |