Iqtisodiyot” fakulteti ii-bosqich 394-19 guruh talabasi to’xtasinov Abdulazizning



Download 235,5 Kb.
bet2/6
Sana01.01.2022
Hajmi235,5 Kb.
#295497
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi

Iqtisodiyot nazariyasi  (ruscha"Экономическая теория",  inglizcha"Economics") - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan.Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, "uy") + νόμος (nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi οἰκονομία (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan.

Iqtisodiyot nazariyasi fani ko'pgina maktab va yo'nalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom o'zgarishda bo'lgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shug'ullanadi.



Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.

Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.

Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.

Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.

Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.

Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.

Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.

Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.

Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini aniqlab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.

Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.

Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.

Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615 y.) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.

Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758 y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.

19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.

Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.

Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi

Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o‘zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir.

CHeklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. SHuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenofon, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan.

CHeklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.

Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o‘rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, dastgohlar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.

Inson rivojlangan sari uning ehtiyojlari ham shiddat bilan o‘zgarib, ortib boradi. Iqtisodiy resurslar esa cheklangan. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. CHunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi.

Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bolgan daromadlar ham taqsimlanadi.

Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, etkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, etkazib berish bo‘yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa — ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.

Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. SHaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yo‘qotiladi va o‘rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.

SHunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir.

Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.

Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.

Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz.

Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari, mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. SHu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda "siyosiy iqtisod" nomi bilan shakllana boshladi.

Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, "politiko" –ijtimoiy, "oykos" - uy, uy xo‘jaligi, "nomos" - qonun degani. YA’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati" nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan edilar.


Download 235,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish