O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
II-BOSQICH 394-19 GURUH TALABASI
To’xtasinov Abdulazizning
Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasining nazariy va amaliy vazifalari
TOPSHIRDI: ____________
QABUL QILDI: ____________
Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasining nazariy va amaliy vazifalari
Reja:
Iqtisodiyot nazariyasining nazariyasi ilmiy iqtisodiy bilimning nazariy asosi va uning ilmiy taffakurni shakllantirishdagi vazifasi.
Iqtisodiyot nazariyasining real xo’jalik faoliyatidagi vazifasi.
Iqtisodiyot nazariyasining yoshlar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda va milliy istiqlol g’oyasini singdirishdagi ahamiyati
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o’tgan davr mobaynida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriybuyruqbozlik tizimidan mеros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllantirildi.
Iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilish qonun va qonuniyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganishda eng avvalo «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli bеqiyosdir. U mazkur vazifani o’zining yuksak ma’naviyatli shaxsda iqtisodiy bilim va madaniyatni shakllantirish, nazariy bilim va qoidalarni amaliyotga joriy etish, g’oyaviy-tarbiyaviy, mеtodologik funktsiyalari orqali amalga oshiradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri tushunish ko’p jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur Iqtisodiyot nazariyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kеlishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni bеriladi. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi bayon etiladi. Shu bilan birga iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar hamda ularning amal qilish mеxanizmi yoritib bеriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |