Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning huquqiy asoslari:
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga binoan bozor munosabatlariga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil mulk shakllari tashkil etadi. Davlat iste`molchilarning huquqiy ustunligini e`tiborga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Tadbirkorlik va biznes faoliyatini keng joriy etish va umuman bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini barpo etish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilinganki, ulardan dastlabkisi O`zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik to`g`risida"gi Qonunidir. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu Qonunda tadbirkorlikni tashkil etish, uning amal qilishi va rivojlanishining huquqiy asoslari, tadbirkorlik to`g`risidagi umumiy hamda asosiy qoidalar bayon etilgan.
Shuni unutmaslik kerakki, ushbu Qonun tadbirkorlik bilan bog`liq barcha munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid qoidalarni batafsil qamrab olmaydi. Uni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan asosiy masala fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlarini belgilash va ta`minlash asosida bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini jadallashtirishdan iboratdir. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 fevralda qabul qilingan "Respublikada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini shakllantirishning boshlang`ich huquqiy asoslaridan biri bo`ldi, deyish mumkin.
O`zbekiston Respublikasining Jinoyat va Fuqarolik kodekslari hamda boshqa qonun hujjatlarida kichik va o`rta biznes sub`ektlari uchun quyidagilar ta`qiqlanadi:
-soxta tadbirkorlik bilan shug`ullanish;
-bankrotlikni soxtalashtirish va yashirish;
-soliq va boshqa to`lovlar to`lashdan bosh tortish;
-xaridorlarni aldash;
-soliq solinadigan ob`ektlarning hisobini olib bormaslik;
-tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish tartibini buzish;
-iqtisodiy shartnomalar huquqini buzish.
Bozor munosabatlariga o`tish davrining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu davrda, birinchidan, soxta tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib, engil-elpi yo`llar bilan pul topishga intilish hollari tez-tez sodir bo`lsa, ikkinchidan, ayrim davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkor huquqlarini kamsitish va poymol qilish hollari ham uchrab turadi. Shuning uchun 1995 yil 21 dekabrda kuchga kirgan "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, davlat ro`yxatidan o`tganidan boshlab tadbirkorlarning huquq va kafolatlarini himoyalash, ularni moliyaviy mablag`lar bilan ta`minlashga ko`maklashish hamda xalqaro bitimlar tuzishda ularga zarur yordam ko`rsatish choralari belgilab qo`yilgan.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sog`lom iqtisodiy muhit yaratish, xo`jalik faoliyati yuritayotgan kichik va xususiy korxonalarning ichki ishlariga aralashmaslikni ta`minlash, shuningdek, kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga davlat tomonidan ko`rsatiladigan yordam shu qonunda o`z ifodasini topgan.
Davlat siyosatida tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash quyidagi asosiy masalalarni echish yo`li bilan amalga oshiriladi:
-kichik biznes sub`ektlarini bozorga to`sqinliksiz kirishiga sharoit yaratish;
-iqtisodiyotda xususiy sektorning rivojlanishiga sharoit yaratish;
-tadbirkorlarni davlatning muhim ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarini echishga jalb qilish.
Xususan, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, tadbirkorlarning huquq va kafolatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi natijasi o`laroq bu sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Shu bilan birga, hozircha tadbirkorlik taraqqiyotiga to`g`anoq bo`layotgan muammolar to`la-to`kis hal etildi, deb bo`lmaydi. Masalan, boshqaruv idoralarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda tashabbuskorlik, mutasaddilarda mas`uliyat hissi etishmayotgani, shartnomaviy munosabatlarning huquqiyligini ta`minlamagani va boshqalar shu muammolar jumlasiga kiradi.
1998 yil 9 aprelda Prezidentning "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni qabul qilindi. Unda kichik va o`rta biznes sub`ektlari tarmoqlar bo`yicha odam soniga ko`ra tabaqalashtirildi. Ushbu farmonga binoan kichik va o`rta biznes sub`ektlari o`z ishlab chiqarishlarini tashkil qilish uchun xorijiy texnologiyalarni olib kirishda bojxona to`lovlaridan ozod bo`ldilar. YAna shu yilning 28 avgustida "Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`rtasida xo`jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish imkonini berdi. Qonunda tadbirkorlik faoliyati bo`yicha tuziladigan shartnomalar manfaatdorlik va mulkiy javobgarlik kabi jihatlardan iborat tamoyillar asosida tuzilishi huquqiy kafolatlanadi.
Hozirgi kunda O`zbekistonda tadbirkorlik va biznes faoliyatini huquqiy qo`llab-quvatlashning o`ziga xos tizimi shakllandi. Masalan, tijorat banklarining faoliyati, "Biznes-fond"ning ko`magi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining faoliyati, "Madad" sug`urta agentligining biznes sub`ektlariga ko`rsatayotgan xizmatlari bozor infratizimining jadal rivojlanishini ta`minlamoqda. Biroq ushbu tashkilotlar bilan tadbirkorlar va biznes sub`ektlarining o`zaro aloqalaridagi iqtisodiy munosabatlarni to`la qoniqarli, deb ayta olmaymiz. Bu, albatta, biz yuqorida aytib o`tgan o`tish davrining o`ziga xos kamchiliklari qatoriga kiradi.
1999-yil 14-aprelda qabul qilingan "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatlarining kafolatlari to`g`risida"gi Qonunda tadbirkorlik tushunchalaridan boshlab, turli xil faoliyatlarni qonuniy amalga oshirish uchun huquqiy imkoniyatlar kengaytirildi. Biznes sub`ektlarini rag`batlantirish va iqtisodiy faoliyat huquqlarini kafolatlash ushbu Qonunning asosiy maqsadi qilib belgilangan, deyish mumkin.
2. O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmi tobora takomillashib boryapti. Bundan ko`zlangan maqsad o`zining tabiiy resurslari, iqlim sharoitlari, yer osti va yer usti boyliklari bo`yicha katta iqtisodiy salohiyatga ega bo`lgan respublikamizda tadbirkorlikni keng rivojlantirish orqali ushbu salohiyatdan oqilona va samarali foydalanishdan iboratdir.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon qabul qildi.
Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
a) Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida — tadbirkorlik subyektlarini, ayniqsa o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish, jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini ta’minlash, respublikamiz tumanlari va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, jumladan:
vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda uning natijalarini tizimli asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;
tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining, avvalo mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishning amaliy mexanizmini joriy etish hamda ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholashni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat arizalari bergan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyati monitoringini amalga oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a’zolarining ishtirok etishini ta’minlash.
b) Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida — tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish, jumladan:
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhiti holatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga keng jalb qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil etish orqali tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
respublikamiz tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi me’yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflarni taqdim etish.
c)Tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida — tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot ta’minotini taqdim etishda quyidagilar orqali ko‘maklashish:
yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes-inkubatorlar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish;
tadbirkorlarning investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olishiga yordam berish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, ular faoliyati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilganida tadbirkorlik subyektlariga huquqiy va yuridik yordam ko‘rsatish;
moliyaviy va tovar-xomashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, texnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Savdo-sanoat palatasi a’zolari va hamkorlari ishtirokida jamoatchilik asosida qo‘mitalar, ishbilarmonlik va muvofiqlashtirish kengashlarini tashkil etish;
innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, “startap” loyihalar, yoshlarning, avvalo oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarining jadal o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko‘maklashish.
d) Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida — davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari — qonunchilik, sud va ijro etuvchi hokimiyatlar, shuningdek, bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlashni moslanuvchanligi va natijadorligiga xizmat qiladigan samarali o‘zaro hamkorlik tizimini va yangi ish shakllarini joriy etish, jumladan:
tadbirkorlik subyektlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni samarali tashkil etishga ko‘maklashish, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa” tamoyili bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning amaliy va samarali mexanizmini yaratish;
tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash, vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish, shuningdek, ularning ijro etilishi ustidan monitoring olib borish va tahlil qilish;
viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim etuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.
e)Tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida – tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini quyidagi usullar orqali tashkil etish:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning hududiy filiallari bilan, jumladan, kasb-hunar kollejlari negizida mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish;
tadbirkorlarga xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasb malakasini doimiy oshirishda ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmalarini shakllantirishda ishtirok etish;
ta’limni tashkil etish uchun oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari, amaliyotchi-mutaxassislar, yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
e)Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida – respublikamiz tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, jumladan:
biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash;
tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam ko‘rsatish;
tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlari, jumladan xorijiy investorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
mazkur vazifalarni amalga oshirishda respublikamizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan faol o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.
Farmon bilan yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Savdo-sanoat palatasiga bir qator huquqlar berildi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilandi.14
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakillik institutini ta’sis etish to’g’risida Prezident farmoni:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti (keyingi o‘rinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil deb yuritiladi ta’sis etilishi;
2. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanishi;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishi;
tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash;
tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash to’g’risida.
3.Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdorligi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tizimli ravishda davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holati to‘g‘risida axborot taqdim etishi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinishi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil maqomi, mehnat haqi, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosariga, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning o‘rinbosari esa – O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti devoni sho‘ba mudiriga tenglashtirilishi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning faoliyati yuridik shaxs hisoblangan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan ta’minlanishi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimlari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari uchun belgilangan tibbiy xizmat ko‘rsatish, moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tatbiq etilishi ko’zda tutilgan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimlarining cheklangan soni 8 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi ko’zda tutilgan.
5. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga:
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishga doir qonun hujjatlari davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan so‘zsiz ijro etilishini o‘rganishi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritishi;
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi;
tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilishi;
davlat organlari va tashkilotlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar hamda boshqa axborot so‘rash va olish;
davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq yig‘ilishlarida ishtirok etishi ko’zda tutilgan
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish uchun ikki oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur tashkiliy va moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishi ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |