Iqtisodiyot asoslari


Yapon videomagnitofon ishlab chiqaruvchilari o’z foydalaridan mahrum bo’lishmoqda



Download 5,08 Mb.
bet30/66
Sana10.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#771831
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Yapon videomagnitofon ishlab chiqaruvchilari o’z foydalaridan mahrum bo’lishmoqda
1992 yilda Yaponiyada videomagnitofon ishlab chiqaruvchi soha o’zining 20 yillik yubileyini nishonladi. Ammo, mazkur yubiley hech qanday ko’tarinkiliksiz o’tdi. 17 yil mobaynida mazkur tovar ishlab chiqaruvchilari sotish hajmini eng yuqori darajaga olib chiqishdi, biroq, keyingi uch yil ichida bir tomonidan bozorning to’yinishi, ikkinchi tomondan xorijiy raqobatchilar sonining o’sishi natijasida videomagnitofonga bo’lgan talab tez sur’atlar bilan pasayib ketdi. Yaponiyaning o’zidayoq oilalarning qariyb 80 %i kamida bittadan videomagnitofonga ega, bu esa mamlakatda mazkur mahsulot uchun iste’molchilar bazasining qisqarishiga olib keldi. Ayni paytgacha, AQSH yapon video-magnitofonlari uchun eng yirik bozor bo’lib kelgan bo’lsa, endilikda amerikalik iste’molchilar ko’proq Janubiy Koreya va Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarilgan nisbatan bir muncha arzon tovar modellariga murojaat qilishmoqda.
Sizningcha nima uchun Matsushita, Toshiba, Hitachi, JVC va Sanyo kabi mashhur kompaniyalarning foydalari pasayib ketdi. Olinayotgan foydani ilgarigi darajasiga ko’tarish uchun kompaniyalar qanday yo’l tutishlari lozim?
Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi adabiyotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi;

  1. Майкл Р. Байе. Управленческая экономика и сратегия бизнес. пер. с англ. М., «ЮНИТИ» 1999 г. 325 -370 ср.

  2. Салимов Б. ва бош=алар Микрои=тисодиёт, дарслик, Т., «Шар=» 2001 й. 225 – 247 с.






Bozor tuzilmasi va nomukammal raqobat
Mukammal raqobatli bozor uchun xos bo’lgan sifatlar asosida faoliyat yurituvchi bozorlarni deyarli uchratib bo’lmaydi.
Mukammal raqobat va monopoliya – bozor tuzilmalarining ikki qutbiy tipidir.
Na monopolistik, na mukammal raqobatli hisoblanmaydigan bozorlar monopolistik raqobat nazariyalari va oligopoliya nazariyalari orqali ko’rib chiqiladi. Bu nazariyalar korxonalarda o’z mahsulotini tabaqalashtirish (differensasiya) uchun rag’batning vujudga kelishini, hamda narx belgilashda hamkorlikda faoliyat yuritish uchun omillarning paydo bo’lishini tushuntirib beradi.
Monopolistik raqobat, ham mukammal raqobatli va hamda monopoliya unsurlariga ega bo’lgan bozor tuzilmasi bo’lib hisoblanadi.
Monopolistik raqobat eng avvalo quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:

  • birinchidan, mahsulotni tabaqalashtirish (alohidalashtirish). Har bir korxona, boshqa korxona mahsulotlaridan farq qiluvchi mahsulot ishlab chiqaradi;

  • ikkinchidan, mahsulotni alohidalashtirish natijasida, ishlab chiqa-ruvchi tomonidan olingan, monopol xokimiyatning ma’lum bir ulushiga egalik qilish;

  • uchinchidan, mijozlar safining barqarorligi;

Agar, mahsulot narxi ko’tarilsa, firma o’z xaridorlarining hammasini yo’qotmaydi. Monopolistik raqobatli firma mahsulotiga talab egiluvchanlik tavsifiga ega bo’lmaydi. Biroq, o’xshash mahsulotlarni sotuvchilarning ko’pligi, talab egri chizig’iga egiluvchanlik tavsifini beradi;
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish