Салимов Б. ва бош=алар Микрои=тисодиёт, дарслик, Т., «Шар=» 2001 й. 125 – 150 с.
Krossvord: Pul
Eniga: 1. Chek, pul harakatini nazorat qiluvchi muassasa. 5. Hissa, ustama, foyda. 7. Moddiy boylikka egalik qilish. 8. Qadimda soliq. 9. Maydon o’lchov birligi.
Bo’yiga: 1. Daromad va xarajatlar majmuasi. 2. Foiz bilan qaytariladigan qarz. 3. Milliy valyutamiz. 4. Bitimlar kelishuvidagi vositachi, dallol. 5. Xususiy xo’jalik faoliyati yurituvchi shaxs. 6. Pol’sha pul birligi.
Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillariga narxning shakllanishi
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishlab chiqarish omillari bozori alohida o’rin tutadi. Sotuvchilari firmalar, tovar va xizmatlarning iste’molchilari – xaridorlar bo’lgan tayyor tovar va xizmatlarning bozoridan farqli ravishda, ishlab chiqarish omillari bozorida firmalar omillarni sotib oluvchilar sifatida ishtirok etadilar.
Daromad va xarajatlarning iqtisodiy aylanmasi
Ishlab chiqarish omillariga, xususan mehnat, er va kapital kabi birlamchi omillarga narx shakllanishining xususiyatlari quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
Birinchidan, ishlab chiqarish omillari narxi, ushbu omillar yordamida ishlab chiqariluvchi yakuniy iste’mol mahsulotlari narxi bilan aniqlanadi, bu esa korxonalarning ishlab chiqarish omillariga talabi hosilaviy tavsifga ega ekanligini ko’rsatadi;
Ikkinchidan, ishlab chiqarish omillariga narx shakllanishini, ushbu omillarga egalik qiluvchi mulkdorning daromadlari bilan bog’lash lozim.
Ishlab chiqarish omillariga bozor narxi shakllanishi sharoitida korxona faoliyati, xarajatlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmi chegaraviy samaradorlikning iqtisodiy hisob - kitoblari asosiga quri-ladi.
Bu erda, asosiy me’zon sifatida resurslarning chegaraviy daromad-liligi ko’riladi. U har bir resursning qo’shimcha sotilishi hisobiga firma daromadlarining o’zgarishi ko’rsatkichlari bilan o’lchanadi.
Ishlab chiqarish omillariga talab va taklif “Xarajatlar – ishlab chiqarish” qonuni asosida shakllanadi. Har bir firma ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirar ekan, o’z oldiga, kam xarajatlar bilan yuqori daromadlar olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Ishlab chiqarish omillari bozorida er, uning resurslari, hamda ko’chmas mulk alohida o’rin tutadi. Bunday resurslar ko’pgina xo’jalik yuritish sohalarida o’zining muqobil o’rinbosar resurslariga ega emaslar.
Er, foydali qazilmalar, hamda ko’chmas mulkdan foydalanishdan olingan daromadlarni taqsimlash va bu resurslarga narx shakllanishi yuzasidan munosabatlar renta munosabatlari deb yuritiladi. Iqtisodiy renta deyilganda, bir muncha tor ma’noda, ijarachi mulkdorga undan foydalanish va daromad olish imkoniyati uchun to’laydigan er narxi tushuniladi.
Qishloq xo’jaligidagi erdan olinadigan foyda renta ko’rinishida namoyon bo’ladi. ya’ni, renta erga bo’lgan mulkning iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir. Ma’lumki, er egasi undan foyda olish uchun turli usullarni qo’llaydi. Mazkur usullar er keltiradigan daromadga uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Er egasi o’z manfaatiga mos holda erdan foyda olishning eng qulay usulini tanlab oladi. U hatto, o’z tasarrufidagi erini ijaraga berib renta olishi ham mumkin. Erning joylashgan o’rni, hosildorligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi hamda uni ishlatish sha-roitlarining turli tumanligi renta turlarining ham xilma - xil bo’lishiga olib keladi. Ularga mutloq, tabaqalashgan, monopol renta, qurilish uchastkalaridan va undirma sanoatidan olinadigan rentalar kiradi. Renta turlarining xilma - xilligiga qaramasdan ularning barchasi er egasiga daromad keltiradi. Ko’rinib turibdiki, erdan olinuvchi daromad birinchi navbatda uning hosildorligiga bog’liq. Bu esa qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan erlar sifatini doimo nazorat qilib borishni taqozo etadi. Bu borada prezidentimiz o’z asarida: “Qishloq xo’jaligi ming yillar mobaynida butunlay sug’oriladigan dehqonchilikka asoslangan mintaqada er va suvni asrab-avaylash muhimdir” - deb uqtiradi.
”(I.A.Karimov O’zbekiston buyuk kelajak sari" T."O’zbekiston"1998y. 531 b.)
Mutloq renta er uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar bir xil olinadi. Mazkur renta er resurslarining o’ta cheklanganligi va unga bo’lgan talabning yuqoriligi sharoitida yuzaga keladi. Bunday sharoitda er taklifi deyarli bo’lmaydi. O’ta sifatsiz erlardan ham yaxshi erlarga teng mutloq renta olinadi. Natijada tadbirkorlar o’ta sifatsiz erlardan imkoni boricha unumli foydalanishga, undan renta haqi va me’yoriy foydani undirishga harakat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |