Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 0,54 Mb.
bet17/19
Sana07.11.2019
Hajmi0,54 Mb.
#25272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Importning nomukammalligi va uni noan’anaviy qo‘llash muhim masalalardandir. Respublikaning importida mamlakat o‘zi ishlab chiqara olishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ulushi kattadir. Gap oziq-ovqat, texnologik uskunalarining ko‘pgina turlari haqida ketmoqda.

Importdan mavjud disbalanslarni bartaraf etish uchun foydalanish unga stixiyali xarakter kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va uning mintaqalarida ko‘proq tayyorgarlikka ega bo‘lgan sanoat sektorlarida, alohida korxonalar (birlashmalar)da, eksportga mo‘ljal oldirilgan yangi korxonalarni qurish va hududiy omillarni hisobga olgan ishlab chiqarishni konsentratsiyalash masalasi hal qilinishi kerak.

Mintaqalarda bo‘lganidek, respublikada ham tashqi iqtisodiy aloqalarning infratuzilmasini modernizatsiyalash o‘tkazilishi, ularning ishonchliligi yuklarning transportirovka qilish (tashib keltirish) saqlash va ishlov berish tizimi bilan ta’minlanishi lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyat uchun malakali kadrlarni tayyorlash muhim masaladir.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

1. Sherikning ichki ishlariga aralashmaslik va uning davlat suverenitetiga qat’iy rioya qilish.

2. Tomonlarning to‘liq tangligi.

3. O‘zaro foydali hamkorlik.

4. Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalar va kelishuvchilar bo‘yicha olingan majburiyatlarni vijdonan, halol va aniq bajarish.

5. Ikki tomonlama asosida eng ko‘p qulaylik yaratish tamoyili. Bunga o‘zlari ham muqobil tayyorgarligini ko‘rsatayotgan hamma xorijiy davlatlar bilan o‘zaro foydali tovar ayirboshlash izchillik bilan o‘tkazilishi lozim.

Tashqi iqtisodiy siyosat turli vositalar bilan o‘tkazilishi mumkin. Masalan, xorijiy davlatlar bilan tuzilgan savdo shartnomalari, iqtisodiy kelishuvlar orqali amalga oshiriladigan shartnoma amaliyoti tashqi iqtisodiy siyosatni o‘tkazish vositalaridandir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni o‘tkazish vositalariga bajxona ta’rifi litsenziyalash tizimi valyutaviy tartibga solish orqali amalga oshiriladigan tashqi savdo tartibga solinishi ham kiritilishi mumkin.

Savdo shartnomalari savdoga, savdo va dengizda suzishga, savdo va kemalar qatnoviga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bu hujjatlar tashqi savdoning bo‘lganidek davlat bilan iqtisodiy munosabatlarning Boshqa shakllarining ham umumiy tamoyillari va huquqiy asoslarini o‘rnatadilar. Ular savdo munosabatlarining huquqiy rejimini belgilaydilar. Savdo shartnomalari ma’lum muddatga bo‘lganidek, muddati ko‘rsatilmasdan ham tuziladi. Savdo shartnomalari ratifikatsiya qilinishi kerak va ular ratifikatsiya yorliqlari almashilganidan keyingina kuchga kiradi.

Savdo kelishuvlari tovar aylanmasiga taalluqlidir, ya’ni hujjatda tomonlar ma’lum bir vaqt mobaynida bir-biriga yetkazib beradigan tovarlarning nomlari va miqdori o‘rnatib qo‘yiladi. Bu hujjatlar tomonlarning tovarlarni aniq yetkazib berish niyatlari belgilab qo‘yiladi. Uzoq muddatli kelishuvlar bu mamlakatlar bilan savdoning istiqbolli rivojlanishini yaratishga yo‘naltirilgan.

Uzoq muddatli savdo kelishuvlarining ijro qilinishi uchun, odatda, har yili tovarlarni o‘zaro yetkazib berish haqidagi bayon (protokol)lar imzolanadi. Kelishuvlarda ikkinchi tomonga obyektlarning qurilishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq texnik hujjatlar, litsenziyalarni o‘tkazish ko‘zda tutilishi mumkin.

Hamkorlikning yana bir shakli ilmiy-texnik hamkorlik haqidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan ilmiy-texnik tajriba almashinuvidir.

To‘lov kelishuvlari – bu ikki yoki bir nechta davlat hukumatlari orasidagi tashqi savdo boshqa amallar bo‘yicha hisob-kitoblarning tartibi haqidagi kelishuvdir.

Ularning bank hisob raqamini ochish tartibi o‘rnatilib, valyuta belgilanadi.



Kredit kelishuvi – bu kredit taqdim etish va uni qaytarish shartlari haqidagi kelishuvlardir. U tovar va xizmatlar to‘lov muddati kechiktirib sotilayotganda, Shuningdek, pul va moddiy qiymatlarni qaytarib berish va muayyan foiz to‘lash shartlari bilan o‘tkazish (berish)da tuziladi.

Bojxona ta’rifi – bu tovar bojxona chegarasidan o‘tkazilganida olinadigan boj to‘lovlarining tizimlash-tirilgan ro‘yxatidir. Unda import bojlarining ikki turi bor. Bular: minimal va maksimal bojlardir. Minimal boj eng katta qulaylik rejimi tamoyilini tanlangan davlat tovarlariga qo‘llaniladi. Boshqa mamlakatlarga nisbatan maksimal bojlarini qo‘llash ko‘zda tutiladi.

Kontingentlashtirish – bu davlat tomonidan amalga oshiriladigan, tovarlarni eksport va import qilishning ma’muriy bir davrda ma’lum bir miqdorlar va summalarda o‘tkazish cheklovlari. Kontingent – ba’zi tovarlarga ularni olib chiqish, olib kirish yoki ayrim mamlakatlarga tranzit olib o‘tishga belgilangan me’yordir.

Kontingentlar – bu tashqi savdoning hajmini rejalashtirishning va tuzilmasining unsur (element)laridir.

Litsenziyalash – bu tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilishga davlat idoralari tomonidan beriladigan ruxsatnomadir. Bu eksport va valyuta mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazorat qilinishining muhim vositasidir.

Shuningdek, ixtirolarni xorijda potentlash, ixtirolardan foydalanish, texnik belgilarga litsenziyalarni sotish, yana tovar belgilarini xorijda ro‘yxatga olish, xorijda korxonalarni “kalitgacha” yakunlash sharti bilan qurishga yordam beruvchi litsenzion kelishuvlar asosida texnologiyalarni eksport qilishni kengaytirish ham tashqi iqtisodiy faoliyatning bir qismidir.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy strategiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy-huquqiy mexanizmini va tegishli iqtisodiy infratuzilmasini yaratish.

2. Eksport ixtisoslashini aniqlash, o‘tkazilayotgan mahsulotning raqobatga bardoshliligini hisob-kitob qilish, sheriklar izlash.

3. Jalb qilingan kapitaldan ichki etaplarini qondirish va ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun oqilona foydalanish. Xorijiy kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish tashqi iqtisodiy siyosat doirasidagi faollikning muhim yo‘nalishidir. Xorijiy mablag‘lar va moddiy vositalarni taqsimlash asosan mintaqaviy xarakterga ega. Shuning uchun hududiy kapitalning kiritilishi uchun jozibali obyektlarga aylantirishlari mumkin. Lekin shuni ham aytib ogohlantirish kerakki, mutlaqo alohidalanish, mintaqa darajasida mustaqil tartibga solish masalani hal qilishning imkoniyati yo‘q, chunki yagona bojxona tizimi mavjuddir.

Davlatning bir butun mavjud bo‘lishining zaruriy sharti mamlakat ichida tovarlar va pullarning harakatining har qanday cheklovlaridan ozod bo‘lgan ichki bozorning birligidir.

Ichki bozorda talab va taklifning keskin disbalansi (muvozanatsizligi) sharoitlarida davlat tomonidan tartibga solishning asosiy choralardan biri litsenziyalash va kvotlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida «Litsenziyalash va kvotalash tartibi» haqidagi nizomga amal qiladi. Unda litsenziyalashtiriladigan tovarlar ro‘yxati, kvotalarni o‘rnatish va taqsimlash hamda litsenziya berish tizimida keltirilgan. Eksport import litsenziyalarini berishni tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi amalga oshiradi. Mintaqaviy kvotalar markaziy hokimiyat tomonidan o‘rnatiladi va ularning taqsimoti va mintaqalarga yetkazilishini tashkil etuvchi tegishli vazirliklar va idoralarga xabar qilinadi. Soliqlarga muhim o‘rin ajratiladi. Bitishuvning o‘zi, savdo amali, ssuda kelishuvi, tovarning eksporti, importi bo‘lganidek, bu bitishuvdan olingan daromad ham soliqqa tortilish obyekti bo‘lib xizmat qilishlari mumkin.

Kreditlar taqdim qilish shartlari tashqi iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishni muhim vositasiga aylanmoqda. Kreditlar bozori ikki shaklda: umumiy va loyihaviy kreditlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ammo munosabatlarning masalan, faktorning oziq-ovqat kreditlari, vekselga kreditlash va moliya amallari kabi yangi shakllari ham kiritilishi kerak.

Faktoring – bu dispontlash sohasidagi xizmat turidir. U bozorga yangidan kiruvchilarga, shuningdek, mayda va o‘rta firmalar uchun mo‘ljallangan.

Uning mohiyati faktor – firma tomonidan mahsulotni yetkazib beruvchilardan tovar jo‘natish bo‘yicha qisqa muddatli talablarni to‘lovlarni kattaroq qismini zudlik bilan qoplash imkoni, qarzlarni to‘liq uzish, hisoblarni olib borish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish kafolati bilan sotib olishda mujassamlashgan.

Xorijiy investor Ishlab turgan korxonalarning aksiyalarini sotib olishlari mumkin bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori haqida unutmaslik kerak. Shuning uchun sanoatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish tamoyillariga taalluqli masalalarni aniqlash muhimdir.



Sanoatda tashqi iqtisodiy aloqalar – bu sanoat korxonalarning xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan aloqalarning turli xildagi shakllaridir. Aloqalar natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni modernizatsiya qilish, texnik, texnologik jihozlash, mahsulotni yangi yuqori sifatli va raqobatga bordoshli turlarini o‘zlashtirish, o‘zaro foydali sheriklar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi, moliyaviy faoliyatni yuritishning hamda tashkil etishning ilg‘or tajribasi va usullarini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

Xorijiy sheriklar bilan hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:

 savdo iqtisodiyot;

 ilmiy-texnik;

 madaniy.

Tashqi Iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish uchun xorijiy investitsiyali korxonalarning o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini litsenziyasiz eksport qilish, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotlarni improt qilish huquqini ko‘zda tutuvchi imtiyozlar va rag‘batlar tizimi amal qiladi. O‘zi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishdan tushgan valyuta tushumlari soliqlar to‘lab bo‘lingandan so‘ng to‘laligicha korxona mulkiga aylanadi va sotayotgan mahsulotlarining umumiy hajmida eksprotning ulushi 30 foizdan kam bo‘lmagan eksportyor-korxonalarga foyda uchun belgilangan soliq ikki martagacha kamaytiriladi.

Bojxona to‘lovlari undirilishida ham imtiyozlar ko‘zda tutiladi. Masalan, chet ellik xodimlarning ishlab chiqarish va shaxsiy ehtiyojlari uchun O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan mulk bojxona to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi. Ishlab chiqarish omillarini olib kirish – olib chiqishni sezilarli darajada soddalashtirish, O‘zbekiston hududidagi qo‘shma korxonalarning va xorijiy korxonalarning nizomiy jamg‘armasiga qo‘shish uchun mo‘ljallangan mulkni boj to‘lovlarsiz olib kirish ko‘zda tutilgan.

Tashqi iqtisodiyot aloqalarning iqtisodiy samaradorligini baholashga oid masala juda muhimdir.

TashqI iqtisodiy aloqalarning tovarlarni sotish va xarid qilish haqidagi ayrim takliflarni iqtisodiy jihatdan asoslash, tashqi savdoning eng samarali variantlarini tanlash, korxonalarni xorijiy mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari, qo‘shma korxonalar uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va katta xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlarni tuzish yo‘li bilan aniqlashi mumkin.

Iqtisodiy samaradorlikni aniqlashdagi asosiy talab – milliy manfaatlarga rioya qilish, ya’ni xalqaro hamkorlik-ning qabul qilinayotgan varianti O‘zbekistonning iqtisodiyoti tashqi savdo aylanmasining mahsulotlarini sotishdan tushadigan tushumning o‘sishi uchun samarali bo‘lishi, shuningdek, bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlarni kamayishi Iqtisodiy samaradorlikni o‘sishini ta’minlashi kerak.

Iqtisodiy samaradorlik bir guruh ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ular shunday belgilanadi:

 mamlakat iqtisodiyoti darajasida. Bunday holatda eksportga chiqarilayotgan tovarlarni ishlab chiqarish, tashish va tashqi savdo uchun sarflangan xarajatlar mamlakatda o‘rnini bosuvchi tovarni ishlab chiqarishdan voz kechganligi munosabati bilan tejalgan xarajatlarni aks ettiruvchi import tovarlarining qiymatlari bahosi bilan solishtiriladi;

 eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar darajasida. Bu darajada eksport tovarlarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar tovarlarni tashqi savdo birlashmasiga yetkazib berishning eksportda foydalanganlik uchun to‘lanadigan ustama va qo‘shimcha to‘lovlarning boshqa turlarini ham hisobga oluvchi ichki narxi bilan solishtiriladi;

 tashqi savdo birlashmalari – mahsulot eksportlari darajasida mahsulot ishlab chiqaruvchilarga to‘lovlar mahsulotini jo‘natishning narxlari bo‘yicha, belgilangan ustamalarni, transport va ustama xarajatlarni hisobga olib, davlat chegarasidagi narxlar bo‘yicha valyuta tushumlari bilan solishtiriladi;

 tashqI savdo birlashmalari import qiluvchilar darajasida. Bunday hollarda import mahsulotlarining transport ustama xarajatlari hisobga olingan valyuta to‘lovlari tovarlarning xalq xo‘jaligiga topshirish narxidan transport ustama va boshqa xarajatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng qolgan davlatning ichki pul birligida ifodalangan qiymati bilan solishtiriladi;



iste’molchilar (buyurtmachilar) darajasida. Tovarning milliy valyutadagi qiymati o‘rnini bosuvchi tovarlarni iste’mol qilishdan voz kechish munosabati bilan qilingan iqtisod va import tovarlaridan foydalanish samarasini aks ettiruvchi import tovarlarining qiymat bahosi bilan solishtiriladi.

Iqtisodiy samaradan tashqari tashqi iqtisodiy aloqalar natijalari ilmiy-texnik, ijtimoiy siyosat natijalarga erishish nuqtai nazaridan ham baholanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarning ilmiy-texnik natijalari fundamental bilimlar sohasidagi ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘lga kiritish, respublika va chet ellik olimlar o‘rtasida ijodiy aloqalar o‘rnatilishdan iboratdir.

Ijtimoiy natijalarga hamkorlik asosida sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, sohasida ta’minlanadigan ijobiy siljishlar, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi kiradi.

Xalqaro hamkorlikning samarasini aniqlashda iqtisodiy natijalar va xarajatlar solishtiriladi.



Iqtisodiy natijalar deyilganda import va shu turdagi mahsulotlarning o‘zida mamlakatning import mahsulotlariga o‘xshash mahsulotni mamlakat ichida ishlab chiqarishdan voz kechish munosabati bilan amalga oshirilmagan xarajatlarini, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida import mahsulotlaridan foydalanishning samarasini ifodalovchi qiymat bahosi tushuniladi.

Xarajatlar deyilganda mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan kapital mablag‘lar va xarajatlar hamda ishlab chiqarish jarayoniga yordam berish uchun qilinadigan, tarkibiga transport sarflari, o‘rnini bosish xarajatlari, tabiiy resurslarning cheklanganligini aks ettiruvchi mahsulotni oxirigacha iste’mol qilmaslikdan iqtisodiyotning yo‘qotishlari (zararlari)ni kiritgan xalq xo‘jaligi xarajatlari; tashqi savdo tashkilotlari va boshqalarning xarajatlari tushuniladi.

Shuningdek, iqtisodiy samarali bo‘lgan tashqi iqtisodiy bitishuvlarning u yoki bu tomonini xarakterlaydigan xususiy ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi. Bunday ko‘rsatkichlarga importning valyuta samaradorligi ko‘rsatkichi kiradi.

Eng maqbul va iqtisodiy jihatdan foydali variant milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi iqtisodiyoti bilan integratsiyalashishi, uning foyda va imkoniyatlaridan foydalanishdir.
Nazorat savollari
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar nimalardan tashkil topadi?

2. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini tubdan qayta qurish nima bilan bog‘liq?

3. Tashqi iqtisodiy siyosatni yuritish uchun qanday vositalardan foydalaniladi?

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy strategiyasi nimadan iborat?

5. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligini baholash qanday amalga oshiriladi?

KONYUNKTURA SIYOSATI (FISKAL SIYOSAT)
Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish

Iqtisodiy o‘sishning eng ko‘p tarqalgan ikkita aniqlovchisi quyidagilardir:

- milliy mahsulotning ishlab chiqarishida foydalaniladigan omillar soni oshganligi yoki texnika va texnologiyaning takomillashgani natijasida real o‘sish;

- yalpi milliy mahsulot real hajmining yoki aholi jon boshiga hisoblanadigan real daromadlarning oshishi.



Nazorat tomonidan olganda iqtisodiy o‘sishning quyidagi tiplarini farqlaydilar:

Intensiv tip – texnika va texnologiyani takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish potensialini oshirish.

Aralash (real) tip – ishlab chiqarishda ishlatiladigan ishlab chiqarish omillarining miqdorini ko‘paytirish va texnika hamda texnologiyani takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish potensialini oshirish.



Ekstensiv – foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari miqdorini ko‘paytirish natijasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish.

Iqtisodiy o‘sishning eng muhim omillari orasida quyidagilarni aytib o‘tish kerak.

Bu omillarning bir-biriga o‘zaro ta’siri va harakati haqida umumiy tasavvurni ishlab chiqarish imkoniyatlarining qiyshiq chizig‘i berishi mumkin. Bu qiyshiq chiziq tabiiy, mehnat resursi asosiy kapitalning ushbu berilgan miqdori va sifati bilan berilgan (ushbu) texnologik potensial asosida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan turli xil mahsulot chiqarishning variantlari qo‘shilishini eng yaxshi tarzda aks ettiradi.

Iqtisodiy o‘sish sur’ati haqidagi axborotni quyidagi ko‘rsatkich ifodalashi mumkin:




YaMM1

YaMMO



=


·100%


YaMMning o‘sishsur’ati

YaMM1 – hisobot yildagi milliy mahsulot;

YaMMO – bazis yildagi milliy mahsulot.


Iqtisodiy o‘sish modellari

Iqtisodiy o‘sish nazariyasining eng muhim muammolari:

 o‘sishni tendensiyalari va manbaalari;

 uning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash;

 tanlanayotgan texnologik siyosatning oqibatlari;



milliy xo‘jalik tuzilmalarining yangilanish sur’atlari;

 omillar va natijalar o‘lchovidir.



Neoklassik model. Iqtisodiy o‘sishning neoklassik konsepsiyasining asosiy boshlang‘ich elchisi ishlab chiqarishning har bir omili Ishlab chiqariladigan mahsulotning tegishli ulushini «ta’minlashi» haqidagi taxminidir. Iqtisodiy o‘sishning neoklassik tahlilining asosiy vositasi ishlab chiqarish vazifasi (faoliyati)dir.

Multiplikator akselerator (tezlatkich)ning neokeyns modeli.

Jamg’armalar – iste’molga sarflanmaydigan hamma resurslar.

Investitsiyalar – bu jamiyatning real kapitalini oshirishga, ya’ni ishlab chiqarish apparatini kengaytirish va modernizatsiyalashga yo‘naltiradigan iqtisodiy resurslar.

Neokeyns makroiqtisodiy tahlilda quyidagi shart qabul qilinadi:



DS=dI

bunda, DS – o‘sgan jamg‘armalar;

dI – o‘sgan investitsiyalar.

Neokeyns makroiqtisodiy modellari zarur shart sifatida investitsiyalarning jamg‘armalarga teng bo‘lishini, ya’ni jamg‘arishga ajratiladigan mablag‘larning to‘liq sarflanishini ko‘zda tutadi. Bu kattaliklarning tengsizligi Iqtisodiy muvozanatning buzilishi deb sanaladi. I ning sidan oshiqligi resurslarning investitsiya talabiga solishtirganida yetishmasligini. S ning I dan ortiqligi esa resurslarning yetarli darajada to‘liq band emasligini bildirishi kerak. Bu ma’noda iqtisodiy tartibga solishning vazifasi milliy daromadni samarali talab manbai sifatida to‘liq ishlatishga erishishdadir.
Kon’yunktura sikli va uning fazalari

Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanish bilan bir xil narsa emas.



O‘sish Iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismidir. Rivojlanish shunday jarayonki, u o‘z ichiga o‘sish va pasayish davrlarini oladi. Iqtisodiy o‘sish – bu iqtisodiy dinamikaning ijobiy tarkibiy qismidir.

Sikllar va krizis (tanazzul)lar

Iqtisodiy sikllarni ko‘rib chiqIsh makroiqtisodiy dinamikasi haqida umumlashgan tasavvur beradi.

Iqtisodiy sikl talab va taklifning mumkin bo‘lgan turli shakldagi muvofiqliklarida namoyon bo‘luvchi davriy ko‘tarilish va pasayishlarini ifodalaydi. Iqtisodiy siklning umumiy tasviri iqtisodiy faollikni turli xil ko‘rsatkichlari (YaMMning o‘sish sur’ati, sotuvlarning umumiy hajmi, narxlarning Umumiy darajasi, ishsizlik darajasi, ishlab chiqarish quvvatlarini yuklanganligi va boshqalar)ning tebranishlarining qo‘shilishi natijasini ifodalaydi.

YaMMning vaqt davomida o‘sish sur’atining tebranishi siklning asosiy xususiyatidir, bu iqtisodiy tizim ketma-ketlikda keluvchi to‘rtta: jonlanish, ko‘tarilish, yuksalish (bum), pasayish fazalaridan o‘tadi.


yuksalish


cho‘qqi


pasayish





YaMM o‘sish sur'ati





ko‘tarilish




jonlanish



maksimal pasayish

nuqtasi





ekspensiya


siqilish


Vaqt


Iqtisodiyotdagi sikllikning eng muhim sabablari orasida ko‘pchilik Iqtisodchilar iste’mol va investitsiyalar o‘rtasidagi nisbatlarning tebranishini ko‘rsatadilar.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish