Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Retsessiya – milliy Ishlab chiqarish hajmining 6 oy va undan ko‘p davom etadigan pasayishi. Depressiya



Download 0,54 Mb.
bet18/19
Sana07.11.2019
Hajmi0,54 Mb.
#25272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Retsessiya – milliy Ishlab chiqarish hajmining 6 oy va undan ko‘p davom etadigan pasayishi.

Depressiya – milliy ishlab chiqarish hajmining yuqori darajadagi ishsizlik bilan kuzatiladigan va bir necha yil davom etadigan pasayish.

Krizis (tanazzul)ga qarshi siyosat

Krizisga qarshi (kon’yunktura) siyosati tamoyildagi iqtisodiy faollikni krizis oldi davrlaridagi tebranishlarini tartibga solishga va Iqtisodiy tanazzullari (krizislar)ning oldini olishga yo‘naltirilgan. Shu munosabat bilan alohida nazarda turuvchi ikkita davr: depressiya va cho‘qqi (bum) hisoblanadi.



Depressiyaning xarakterli tomonlari:

Ishlab chiqarish investitsiyalarining qisqarishi, zaxiralarning o‘sishi, shu kuchiga bo‘lgan talabni qisqarishi, sof foyda me’yorining keskin pasayishi, sotish hajmining yangi buyurtmalar soni va kredit resurslariga talabning pasayishi.



Iqtisodiy bum (cho‘qqI)ning o‘ziga xos tomonlari:

Ishlab chiqarish investitsiyalarining sezilarli darajada o‘sishi, zaxiralarining tugatilishi, ish kuniga bo‘lgan talabning keskin oshishi, narxlarning umumiy darajasini sezilarli o‘sishi.


Krizisga qarshi siyosatning eng muhim tadbirlari


Bum (cho‘qqi) davrlarida

Depressiyalar davrida

Pul-kredit siyosati

Davlat qimmatbaho qog‘ozlari-ning hisob stavkasining oshi-shi, ularning ochiq bozorda sotilishi

Davlat qimmatbaho qog‘ozlarining hisob stavkasining pasayishi, ularning ochiq bozordan sotib olish

Fiskal siyosat

Davlat byudjetining xarajat-larining qisqarishi

Soliq stavkalarining ko‘tari-lishi



Davlat byudjetining qo‘shimcha xarajatlari

Soliq stavkalarining pasayishi



Ish haqi va tariflar siyosati

Ish haqining pasayishi

Ish haqini oshishi

Davlat investitsiyalari siyosati

Davlat qurilishining to‘xtati-lishi (tormozlanishi)

Investitsiya dasturlarini amalga oshirishning tezlashishi

Nazorat savollari
1. Iqtisodiy o‘sishga ta’rif bering, uning tiplarini aytib bering va tushuntiring.

2. Iqtisodiy o‘sishning sizga ma’lum bo‘lgan omillari qaysilar?

3. Iqtisodiy o‘sish bilan iqtisodiy rivojlanishning orasidagi farqni tushuntirib bering.

4. Iqtisodiy sikl fazalarini sanab va tushuntirib bering. Iqtisodiy krizisning eng muhim jihatlarini aytib bering.


MARKAZIY BANKNING pul-KREDIT SIYOSATI
Inflyatsiya, uning o‘lchamlari va namoyon bo‘lish shakllari

Inflyatsiya - ekonomikaga xos jarayon bo‘lib, unda muomala sohasi keragidan ortiq (haqiqiy-oltinga bo‘lgan talab bilan solishtirganda) qog‘oz pul bilan ular haddan ortiq chiqarilgani sababli To‘lib-toshib ketadi. Inflyatsiya chiqarilgan qog‘oz pullar miqdori o‘zgarmagan hollarda tovarlar Ishlab chiqarishning qisqarishi natijasi ham bo‘lishi mumkin. U baholarning o‘sishi aholining turmush darajasini pasayishi bilan kuzatiladi.

«Inflyatsiya deyilganda, – deydi Nobel mukofoti sovrindori Milton Fridman, – men har doim va har yerda chiqarilgan mahsulotga nisbatan pulning ortiqchaligini keltirib chiqargan Pul fenomeni sifatida namoyon bo‘ladigan narxlarning beqaror va uzluksiz o‘sishini tushunaman». Bundan monetaristik ta’rif, inflyatsiyaning og‘irlik markazi muomala sohasida joylashganini taxmin qiladi. Bunday pozitsiyadan kelib chiqilganida davlatning qayta ishlab chiqarish jarayoniga cheklangan aralashuviga yo‘l qo‘yiladi. Kapitalistik nazariyalarda bundan farqli o‘laroq, inflyatsiya deyilganida, sabablari taklif tomonida bo‘lganidek, talab tomonida bo‘lgan ortiqcha xarid talabi tushuniladi.



Inflyatsiya – iqtisodiy organizmning moliyaviy izdan chiqishga va tovarlar va pul o‘rtasidagi statistik tenglik holatiga erishish uchun urinishlarga sog‘lom reaksiyasi, javobidir.

Shu bilan bir vaqtning o‘zida nazariya inflyatsiyaning quyidagi oqibatlarini ham ko‘rsatib o‘tadi:

 milliy daromadning va moliyaviy boylikning qayta taqsimlanishi;

 Soliq stavkalari va shkalalari tizimining buzilishi;

 mehnatkashlar real ish haqlarining pasayishi.

Inflyatsiyaning uch turini: bosiq, yo‘rg‘alovchi, giperinflyatsiya.


Bosiq inflyatsiya paytida narxlar sekin (bir yilda 10 foizdan kam) o‘sadilar. Pulning qiymati saqlanadi. Nominal narxlarda kontraktlar imzolashda tavakkal – xavf yo‘q.

Yo‘rg‘alovchi inflyatsiyada Narxlar yiliga 20 foizdan 200 foizga o‘sadi. Kontraktlarning ko‘pchiligini narxlarning o‘sishi yoki chet el valyutasi (masalan, AQSh dollari)ga bog‘laydilar. Pul tezlik bilan tovarlarga moddiylashtiriladilar va endi odatdagi foiz stavkalari bo‘yicha qarz berilmaydi.

Giperinflyatsiyada muomaladagi pul miqdori va narxlar astronomik sur’atlar bilan o‘sadilar. Jamiyatning eng ta’minlangan tabaqalarining ham farovonligiga putur yetadi. Narxlar va ish haqi o‘rtasidagi farq fojeaviy tus oladi. Inflyatsiyaning bosiq inflyatsiyadan giperinflyatsiyaga o‘sib o‘tishi majburiy tarzda sodir bo‘ladigan, ya’ni qochib qutilib bo‘lmaydigan jarayon emas. Giperinflyatsiya kamdan-kam uchraydigan hodisa, lekin bu gapni yo‘rg‘alovchi inflyatsiya haqida aytib bo‘lmaydi. U xuddi uzoq vaqt davom etadigan ishsizlik davrlariga o‘xshab hatto sanoatni rivojlangan mamlakatlar (Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya)da ham vaqti-vaqti bilan ro‘y berib turadi. Davlatning aralashuvi (pul, fiskal siyosati) inflyatsiyani Iqtisodiy jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaralarda ushlab turishga imkon beradi.

Inflyatsiyaning quyidagi sabablari ma’lum:

1. Davlat ma’lum bir muddatga kutilayotgan daromad va xarajatlarni taxminan belgilaydi. Davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlaridan oshib ketsa, byudjet tanqisligi yuzaga keladi. Davlat o‘z xarajatlarini qoplay olmaydi va zo‘R berib pul bosib chiqara boshlaydi, bu esa qog‘oz pullarning oltinga nisbatan qiymatsizlanishga olib keladi, unga esa narxlarning oshishi va real ish haqi (ishchi olgan nomanal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori)ning pasayishi yo‘ldosh bo‘lib keladi.

2. Ishlab chiqarish hajmlarining qisqarishi, ya’ni ishlab chiqarishning pasayishi sodir bo‘ladi. Bu pasayish iqtisodiyotidagi ikki hodisa stagnatsiya – bir vaqtning o‘zida ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi, ishlab chiqarish-dagi turg‘unlik, stagflyatsiya – iqtisodiyotning ishlab chiqarish, savdodagi turg‘unlik hamda bir vaqtning o‘zida inflyatsiya jarayonining rivojlanishi mavjud bo‘lgan holati bilan birga keladi.

3. Talab taklifdan oshib ketganda. Bu bozorning tovarlar bilan to‘yinganida va pul mablag‘larining oshiqchaligida yuzaga keladi. Talab va taklif qonuniga muvofiq narxlar o‘sadi, bu esa inflyatsiyaga olib keladi.

4. Ishlab chiqarish xarajatlari – mahsulotni tayyorlashga sarflanadigan yirik va moddiylashgan mehnatga – xom-ashyo, material va yoqilg‘iga ketgan xarajatlar yig‘indisi o‘sganda.

5. Tovar massasi bilan qoplanmagan pul emissiyasi.

6. Davlat byudjeti tanqisligi.

7. Iqtisodiyotning harbiylashuvi, ishlab chiqarishni harbiy mahsulotlarga aylantirish. Chunki u o‘zi bilan byudjetning xarajatlarini o‘sishi, moddiy resurslarining qo‘shimcha sarflarini va demak, ularni iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish sohasidan olib qo‘yilishi, mudofaa sanoati band bo‘lganlar tomonidan iste’mol talabining oshirilishini olib keladi.

8. Tugallanmagan ishlab chiqarishning ta’siri ham xuddi shunday.

9. Korxonalarning monopoliyasi.

10. Soliqqa tortish mexanizmi (foydaga solinadigan soliq oshganida ishlab chiqarish hajmlarining pasayishi tendensiyalari paydo bo‘ladi).

Inflyatsiyani o‘lchash mumkin. Buning uchun baholarning o‘zgarish darajasini o‘lchash zarur. Bu maqsadda narxlarning o‘zgarish foizlarini ko‘rsatuvchi narxlar indeksi qo‘llaniladi. Narxlar indeksi tovarlar va xizmat narxlari o‘zgarishining o‘rtacha foizdir.

Inflyatsiya iqtisodiyotga turli yo‘llar bilan ta’sir qiladi.

 u tezlashish tendensiyasiga ega;

 u daromadning taqsimlanishiga ta’sir qiladi: ba’zilar u tufayli yutadilar, boshqalar esa yutqazadilar;

 u to‘lov balansining tanqisligiga olib kelishi mumkin;

 qarz olganlar qarz berganlar hisobiga yutadilar.

Inflyatsiyaning yuzaga kelishini tushuntirish uchun bir nechta nazariya yaratilgan. Bular:

 narxlarni tepaga tortuvchi haddan tashqari oshib ketgan talab inflyatsiyani keltirib chiqaradi;

 narxlarining o‘sishiga olib keluvchi xarajatlarning oshishi inflyatsiyani keltirib chiqaradi;

 monetarlik: pul massasi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan tezroq oshib borganda narxlar o‘sadi.



Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari:

 naqd pullarning qadrsizlanishi: inflyatsiyani o‘sishi bilan aholining real daromadi kamayib boradi;

 daromadlar va boyliklar turli sinflar o‘rtasida taqsimlanadi;

mehnatkashlarning ahvolining yomonlashgani turmushning qimmatlashgani, turmush darajasining pasaygani, ishsizlikda aks etadi, namoyon bo‘ladi. Ishsizlik mehnatkashlarning turmush darajasining pasayishini asosiy sabablaridan biridir. Yana bir sabab ish haqining qisqarishi «qashshoqlik chegarasi»ga sirg‘anib tushish hollarining 40 foizidan ortig‘i 80-yillarda ishni yo‘qotish bilan bog‘liqdir. Inflyatsiyadan keyin ishsizlikning yuqori darajasi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Iqtisodiy nazariyalarga ko‘ra, inflyatsiyaning va ishsizlikning o‘sishi o‘rtasida bog‘liqlik qonuniyati bor. Unga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlikning o‘sishini 2 foizga oshirish kerak.

Davlat inflyatsiya bilan kurashni turli usullar bilan olib borishi kerak. Bular: pul siyosatini mustahkamlash, daromadlarni tartibga solish, narxlarni chegaralash va hokazolardir.



Inflyatsiyaga qarshi siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

 talabni qisqartirishni monetar va moliyaviy choralari, sanoatga ishlab chiqarishning samaradorligini ko‘tarishda va taklifni oshirishda yordam ko‘rsatish;

 pul daromadlarini o‘sishini real daromadlar bilan bir xil darajada ushlab turish uchun daromadlarni tartibga solish siyosatini ishlatish. Boshqacha qilib aytganda, odamlarning daromadlari bu daromadlar sarflanadigan tovarlar va xizmatlar taklifidan tezroq o‘smasligi kerak.

Inflyatsiyaga qarshi choralar:

 inflyatsion kutishlarni mo‘’tadillashtirish;

 pulni chiqarshni cheklash;

 byudjet tanqisligi muammosini hal qilish;

 soliqqa tortish tizimini isloh qilish;

 iqtisodiyot tuzilmasini qayta qurish;

 valyutalar kursini tartibga solish;

 iqtisodiyotning tovarlilik darajasini oshirish;

 xususiylashtirish;

 jamg‘armalar me’yorini oshirish va ularning sarflanishini kamaytirish usullari;

 konfiskatsiya (olib qo‘yish) tipidagi pul islohoti.
Markaziy bankning kredit tizimidagi pozitsiyasi va vazifalari

Markaziy bankning vazifalari:

1. Milliy valyutaning mo‘’tadilligini ta’minlash.

2. To‘lov aylanmasini ta’minlash.

3. Xususiy banklar ustidan davlat nazoratini olib borishga yordam berish.



Bank sohasi faoliyatida:

 lividlikni ta’minlash;

 bank tizimini mo‘’tadilligini ta’minlash.


Markaziy bankning choralari

1. Ochiq bozordagi amallar – bu moslanuvchan valyuta siyosiy choradir. U qimmatbaho qog‘ozlarning «ochiq bozor» da sotilishi yoki sotib olinishida ifodalanadi. Pul massasining ekspansiv (sotib olish) yoki resteriksion (sotish) siyosatini olib borish uchun foydalaniladi.

2. Hisob stavkasi siyosati – pul muomalasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish chorasi. U hisob stavkalarining turli variantlarini qo‘llashda ifodalanadi. Ya’ni stavkalar turli vaziyatlarda turlicha miqdorda belgilanadi yoki moliyaviy qudrati har xil bo‘lgan tashkilotlarga stavkalar darajasi har xil (boshrog‘iga ko‘proq, oxirigacha pastroq) qilib belgilanishi. Kredit faoliyatini boshqarish uchun qo‘llaniladi.

3. Minimal zaxiralar siyosati – bu pul-kredit siyosatining eng katta chorasidir. Tijorat banklari Markaziy bankining hisoblarida saqlashga majbur bo‘lgan zaxiralar me’yorini variatsiya qilishda ifodalanadi. Tizimdagi kredit massasini tez siqish yoki kengaytirish uchun vosita sifatida qo‘llaniladi.

Emissiya banki o‘z vositalari (choralari) yordamida xaridorlarda pullarning bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ularning miqdorini kamaytirar yoki ko‘paytirar ekan u buning uchun faqat impuls (turtki) bera oladi, xolos. Monetar impulslarni ko‘chirish shuning uchun ham shunday mexanik aloqaga eng kam darajada mos keladi.

Pul-kredit siyosati

Pul-kredit siyosati – pul emissiyasining hajmini, pul massasining kattaligi va tuzilmasini inflyatsiya o‘sishining oldini olish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini qo‘llash uchun tartibga solish.



Kredit – odatda, foiz to‘lab qaytarilish sharti bilan pul yoki tovar shaklida beriladigan ssuda, uning harakati davomida kreditor va qarzdor o‘rtasida ma’lum iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.

Kredit munosabatlarining mohiyati shundaki, almashinish ekvivalentini to‘lash muddatlari bilan variatsiyalarni qo‘llash (variatsiyalash) iqtisodiy tizimdagi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish sikllarining vaqtincha mos kelmasligini bartaraf etish imkonini beradi. Kreditning asosini bitishuvning ssuda deb ataluvchi tipi tashkil qiladi.



Kredit quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

 muddatlilik;

 qaytarishlilik;

 haq to‘lashlik;

 moddiy ta’minlanganlik;

 maqsadga yo‘naltirilganlik.



Kreditning vazifalari:

 iqtisodiyotda pul aylanmasining tezlashishi tufayli iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish;

 haqiqiy pullarni kredit pullari va kredit amallari bilan almashtirish;

 kredit bozorini shakllantirish.



Bozor krediti – to‘lov vositalarining har xil turlariga talab va taklif vujudga keladigan hamda o‘zaro ta’sir qiladigan bozorlarning umumiy belgisidir.

Kreditga talab – iqtisodiy subyektlarning o‘z asosiy va aylanma kapitallarini sotib olish: davlat byudjetining tanqisligini qoplash; banklarning to‘lov qobiliyati va likvidlilikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslariga bo‘lgan talablar oqibatida yuzaga kelgan.

Kredit taklifi iqtisodiy subyektlarda muqobil loyihalarga vaqtincha yo‘naltirish uchun ortiqcha resurslarning paydo bo‘lganligi oqibatida yuzaga keladi. Uy xo‘jaliklari shaxsiy jamg‘armalarini loyihalarga joylashtiradilar.

Kreditlash subyektlari, kreditlash usuliga, shuningdek, kreditlash jarayonining makon-zamon (joy va vaqt) tarkibiga qarab kredit turli xil shakllar bo‘yicha tasniflanadi:

Subyektlar bo‘yicha – kreditlar va qarz oluvchi.

Kreditlash usuli bo‘yicha – natural va pul.

Kreditlash muddati bo‘yicha – qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli, maxsus uzoq muddatli.

Kredit makoni xarakteri bo‘yicha – davlatlararo davlat, bank, tijorat, iste’mol va boshqa kreditlar.



Pul-kredit tizimi. Bozor xo‘jaligi subyektlari orasida muhim o‘rinni egallaydi. U pul bozorlarining rivojlanishini boshqarib boradi, kapitalni shakllantiradi va unga iqtisodiyotning bir sektoridan ikkinchisiga oqib o‘tishini tashkil qiladi, investitsiya iqlimi (muhiti)ni yaratadi va uning qanday bo‘lishini belgilaydi, pul-kredit muomalasida va to‘lov aylanmasida o‘yin qoidalarini belgilaydi.

Kredit-bank tizimining tuzilmasi quyidagilarning yig‘indisidan iborat:

 ular orqali moliyalashtirish amalga oshiriladigan institutlar va bozorlar;

 ular amalga oshiriladigan shakllar;

 kredit tizimi ichidagi ayrim xususiy bozorlarning miqdoriy roli;

ular yordamida kredit bozorlarining vazifalari va bozorlardagi o‘yin qoidalari belgilanadigan reglamentatsiyalar.

Kredit tizimining institutlari:

 pul va kreditlarning oqib o‘tishini (moliyaviy institutlar) amalga oshiradilar;

 tartibga solish va nazorat yordamida (tartibga soluvchi institutlar) pul bozorlarini ishlashi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadilar;

 o‘yin qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydilar (tartibga soluvchi institutlar).



Kredit tizimining vazifalari:

1. Pul-xo‘jalik faoliyatini–kredit institutlari amalga oshiradilar.

2. Tartibga soluvchi faoliyat – uni Markaziy bank va uning nazorat bo‘yicha idoralari amalga oshiradilar.

3. Tartibga soluvchi vazifalar – ularni Markaziy bank, Moliya vazirligi amalga oshiradilar.



Kredit-pul tizimida banklar

Banklar – kredit muassasalarining asosiy guruhini tashkil etuvchi va pul mablag‘larining akkumulyatsiya qilinishi, kreditlar berilishi, pul hisob-kitoblarining muomalaning kredit vositalari emissiyasini turli xildagi qimmatbaho qog‘ozlarning va hokazolarning chiqarilishini amalga oshirish vazifalarini bajaruvchi alohida iqtisodiy institutlardir.

Bajaradigan vazifalari va amallarining xarakteriga qarab banklar quyidagicha tasniflanadi:

 markaziy emissiya;

 tijorat depozit;

 investitsiya;

 jamg‘arma;

 maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan.

Banklar to‘lov tizimining asosiy o‘rtalik (oraliq) halqasi sifatida chiqib, bunday sifatda iqtisodiy faollikning har xil turlarini namoyon etadilar.



To‘lovlar tizimi: to‘lov aylanmasining asosiy shakllarini nazarda tutadi. To‘lov aylanmasi esa quyidagilardan tashkil topadi:

 naqd pullar;

 naqd bo‘lmagan pullar;

 yarim naqd pullar.



Banklar kredit institutlari va to‘lovlar tizimining xizmat ko‘rsatuvchi asosiy subyektlari sifatida:

 vaqtincha bo‘Sh bo‘lgan pullarni akkumulyatsiya qiladilar;

 kredit beradilar;

 kredit pullarini yaratadilar;

 qimmatbaho qog‘ozlarni emissiya qiladilar.

Kredit-bank tizimining pul xo‘jalik vazifalari tuzilmasiga muvofiq tijorat banklarining asosiy amallari quyidagilardir:

Passiv amallar – pul resurslarini jalb qilish masalan, depozitlarni qabul qilish, aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotish. Passiv bitishuvlar qarzlar miqdorini oshiradi.

Aktiv amallar – pul resurslarini joylashtirish, masalan, kreditlar berish, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish. Aktiv bitishuv talablar summasini oshiradi.

Banklar xizmatlari orasida ularning quyidagi turlari ajralib turadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash – qaytarish, haq to‘lash, muddatlilik shartlarida ssuda berish.

Bank investitsiyalari – bank tomonidan aksiyalar va obligatsiyalarni sotib olinishi.

Lizing – mol-mulkning, uskunalarning har xil turlarini bank vositachiligida ijaraga berilishi.

Faktoring – mijozning debitor qarzlarini hisoblar summasini darhol yoki qarzlarning uzilib borishiga qarab kassa qilish.

Trast amallari – mijozlar kapitalni boshqarish bo‘yicha amallari.

Pul-kredit multiplikatori

Faqatgina Markaziy bank yaratishi mumkin bo‘lgan pullar va emissiyadan so‘ng butun bank tizimida yuzaga keladigan va ular bilan uy xo‘jaliklari hamda korxonalar o‘z xarajatlariga haq to‘laydigan pullar (hisoblanadigan pullar) o‘rtasidagi hisobga olingan aloqa pul-kredit multiplikatori deb ta’riflanadi.

Bank tizimi banklarning yig‘indisi sifatida harakat qila borib, «qo‘shimcha» kredit pullari (bank depozitlari)ni yaratadigan (tuzadigan) kreditni multiplikatsiyalash jarayoni umumiy ma’noda quyidagi chizma halqa bilan ifodalanishi mumkin.



E – ortiqcha zaxiralar

A – amaldagi zaxiralar

R – majburiy zaxiralar

m – multiplikator

D – joriy hisoblardagi pullarning maksimal oshishi


Bank tizimidagi nomo‘’tadillik sabablari va mo‘’tadillashtirish choralari

Kredit bank tizimining faoliyatidagi buzilishlarni yuzaga keltiruvchi sabablar orasida, eng avvalo, quyidagilarni aytib o‘tish kerak:

 milliy valyuta kursining mo‘’tadil emasligi;

 markaziy bankning muvaffaqiyatsiz pul-kredit siyosati;

 adekvat bo‘lmagan fiskal siyosat;

 depozitlarni sug‘urtalash tizimining mavjud emasligi.



Kredit bank tizimini mo‘’tadillashtirishning ehtimol bo‘lgan vositalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

 bank qonunchilikni takomillashtirish;

 bankning minimal zaxiralari darajasi va hisob stavkasi darajasini muvofiq holga keltirish;

 kredit-bank xizmatlarining yangi shakllarini rivojlantirish.

O‘zbekistondagi inflyatsiyaning tahlili narxlarning erkinlashtirilishi avvalida muomaladagi pul zaxiralarining va narxlar dinamikasining o‘zaro harakatlari bir xil bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Ulgurji va chakana narxlarning vulqonsimon (portlab) o‘sishi ro‘y beradi, bu esa pul massasining ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonda har bir viloyat ish haqI, stependiya, pensiya, Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun naqd pul olish ko‘zda tutilgan o‘z byudjetiga ega. To‘lanadigan mana shu pul massasiga xuddi shuncha qiymatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar qarshi turishlari kerak. Ammo respublikaning ko‘pgina viloyatlarida tovarlarni yetarli darajadagi taklifi mavjud emas. Shuning uchun pul banklarga qaytmasdan aholida qolib ketmoqda. Shu munosabat bilan bu mintaqalarga qo‘shimcha naqd pul zarur bo‘ladi, bu esa pul emissiyasiga olib keladi. Holbuki, u qisqartirilishi kerak. Pul emissiyasini qisqartirish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

E=R  S,

Bunda, E – emissiya, R – taklif, S – talab.

R  S bo‘lganida emissiya yo‘q, R  S da esa emissiya ishlaydi.

«S»ni ushbu mintaqadagi to‘lovlar (oylik, pensiya, nafaqa) hajmiga tenglashtirish mumkin. «S” kattaligi S1-ish haqi; S2-stipendiyalar; S3 – pensiya va nafaqalar; S4-boshіa to‘lovlar boshqa to‘lovlar sifatida taqsim etilishi mumkin.

Unda S1+ S2+ S3+ S4 = S summasiga teng bo‘ladi.

Bu formula viloyatning pul massasi hajmining tuzilmasini aniq namoyon qiladi, ko‘rsatadi.

R – ushbu viloyatdagi tovarlar massasi va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan takliflardir.

Umumiy “R” ga T – tovar massasi va U – xizmatlar hajmi qo‘shiladi. Unda R=T+U. Bu formula umumiy taklifda tovarlar va xizmatlarning hajmini aniqlashda foydalaniladi. Agar amalda sotilgan tovarlar va xizmatlar hajmini T1 va U1 bilan belgilasak, unda amaldagi haqiqiy taklif R1=T1+U1 bo‘ladi. R va R1 o‘rtasidagi farq ularga talab kam bo‘lgan tovarlar va xizmatlar hajmini ko‘rsatadi. Uni R2 sifatida ko‘rsatish mumkin. Unda R2= R-R1 bo‘ladi. Agar R2 katta absalyut hajmga ega bo‘lsa, R hamda R1 bilan solishtira olinsa, unda vakolatning ishlab chiqarish sektori og‘ir holatda va ishlab chiqarishni sokatsiya qilish (sog‘lomlashtirish) bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim. Agar SR deb taxmin qilinsa, unda pul emissiyasi muqarrardir. Shuning uchun taklifni ko‘paytirish, o‘stirish zarur bo‘ladi.

Bunday holatga quyidagi tadbirlar: viloyatda ishlab chiqa-rishning sohalari va yo‘nalishlarini o‘zgartirish, shaharda bo‘lganidek qishloqda ham zarur bozor xizmatlarini ko‘paytirish, xalqaro turizmni juda daromadli tarmoq sifatida rivojlantirish, ko‘chmas mulkni sotish uchun auksionlardan foydalanish, bu auksionlar esa zarar bilan ishlayotgan korxonalar, tugallanmagan qurilish obyektlari, ortiqcha uskunalar kiritilishi mumkin; qurilish, uy-joy, yordamchi xo‘jaliklar uchun er uchastkalarini sotish, magistral yo‘llarda ulgurji bozorlar (karvon saroylar) tuzish hisobiga erishish mumkin.

T va U tarkibiy qismlarining o‘rinlarini almashtirish, variatsiya qilish yo‘li bilan viloyatdagi pul emissiyasini tugatish mumkin. Inflyatsiya ko‘rsatkichlari miqdor bahosini beradi xolos.



Narxlarning o‘sish indeksi, shu jumladan, iqtisodiyotning iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sishi indeksi – keng foydalaniladigan ko‘rsatkichdir.

Ko‘rsatkichlar tahlili quyidagi vazifalarni hal qilish uchun zarurdir:

1) iste’mol sektorida, uning tuzilmalari va dinamikalari;

2) tovarlarning yoki xizmatlarning ma’lum turlari narxlarining oshishiga yordam bergan sabablarni va narxlar oshishining inflyatsiyaning darajasiga ta’sirini aniqlash;

3) inflyatsiyaning o‘sish manbalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;

4) inflyatsiyaning darajasini bashorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iste’mol sektorida inflyatsiya darajasini tahlil qilish uchun iste’mol narxlar haqidagi har oylik axborotdan foydalaniladi.

Bunda turli xildagi hisob-kitoblar qilinadi. Bular:

a) hisobot oyidagi iste’mol narxlarining indeksi (IPTS) oldingisi (LTR) ga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlarining joriy oyda shu oyning o‘tgan oyidagiga solishtirgandagi o‘zgarishini ifodalaydi;

b) hisobot oyidagi iste’mol narxlari indeksi (IPTS) ning o‘tgan yil dekabrdagi indeksiga nisbati. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvaridan hisobot oyigacha bo‘lgan davrda iste’mol tovarlari va xizmatlari;

v) bundan tashqari, uchinchi variantda joriy yilning hisobot oyidagi IPTS ning o‘tgan yilning xuddi shu davriga (LTRZ) nisbati hisob-kitob qilinadi. Bu nisbat joriy yilning alohida olingan oyida iste’mol tovarlari va xizmatlarning o‘tgan yilning shu oyiga solishtirilgan o‘zgarishni ifoda etadi. Bu indeks mavsumiy tebranishlarni hisobga olmaydi;

g) hisobot oyining iste’mol narxlari indeksining yil boshigacha o‘sib boruvchi natijasi bilan birga hisoblaganda o‘tgan yilning shu davriga (LTR4) nisbati. Bu indeks LTR3 ga o‘xshash, lekin narxlarning yil boshidan beri o‘tgan davr ichida o‘sib boruvchi natijalar bilan qo‘shib hisoblaganda hamda bunda o‘tgan davr ichida mavsumiy bo‘lmagan tebranishlarni hisobga olingan o‘zgarishlarini qayd etadi;

d) hisobot choragining IPTS sining o‘tgan chorakniki (LTR4a) ga nisbati. U hisobot choragida narxlarning o‘tgan chorak bilan solishtirgandagi o‘zgarishi;

e) hisobot choragi IPTS sining o‘tgan yilning shu davriga (LTR5) nisbati ham xuddi LTR4a dek. Faqat u narxlarning har xil yildagi bir xil davrdagi o‘zgarishini hisobga oladi.



Aniq tahlil qilish uchun iste’mol savatchasi o‘rganiladi, iste’mol savatchasi 3 qism: oziq-ovqat, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarga bo‘linishi kerak. Har bir qism ichida joriy oyning individual indeksi undan oldingisiga solishtirib tahlil qilinadi. Narxlarning o‘sishini tegishli tovarlar guruhining solishtirma salmog‘iga ko‘paytirish yo‘li bilan narxlarning o‘sishini iste’mol tovarlari va xizmatlarninng ayrim turlariga va iste’mol narxlari indeksining umumiy kattaligi (hajmi)ga ta’siri aniqlanadi. Bu usul yordamida qaysi viloyatlarda qaysi tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlarining umumiy indeksining o‘sishiga eng katta ta’sir ko‘rsatganini aniqlash mumkin.

Respublikada har yili davlat dotatsiyalari pasaytirilmoqda. Shuning uchun foydalanish xarajatlari (kvartira haqi), issiqlik, elektroenertika, gaz, jamoat transportida yurish, aloqa xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdori sezilarli darajada o‘smoqda. Bu o‘zgarishlarning hammasi narxlarni bashorat qilishda asoslanishi va hisobga olinishi lozim.

Inflyatsiyani tahlil qilishda mavsumiylik omili alohida ahamiyatga egadir.

Bozorda yil davomida emas, balki ma’lum bir mavsumda bo‘ladigan tovarlar va xizmatlar mavsumiy deb nomlanadi. Bular mevalar va sabzovotlardir. Iste’mol savatchasida ularning solishtirma salmog‘i sezilarlidir. Shuning uchun bahor va qish davrlarida bunday mahsulot narxlarining o‘sishi iste’mol narxlarining indeksiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Ayrim tovar guruhlari va xizmatlar bo‘yicha o‘zgarishlarning hisob-kitoblari inflyatsiyaning umumiy darajasidagi ulushni aniqlashga imkon beradi. Bunda iste’mol narxlarining umumiy yig‘ma indeksiga 100 foizga qabul qilinadi. Boshqa ko‘rsatkichlar esa foiz nisbatida, arifmetik yo‘l bilan hisoblab chiqariladi. Iste’mol tuzilmasidagi o‘zgarishlarni 100 foiz deb qabul qilinadigan iste’mol savatchasidan uni tashkil qiluvchi guruhlarni ayirish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Masalan, Qoraqalpog‘istonda birinchi chorakda narxlar o‘sishining tovarlar ishlab chiqarishga ta’siri 73,6 foizni tashkil qiladi, nooziq-ovqat tovarlariga ta’sir 16,5%, xizmatlarga ta’siri 8,9% ni tashkil qildi. Unda 100%-73,6%-16,5%-8,9%=1%.

Farg‘ona vodiysida tegishlicha, bu guruhlar 70%, 17%, 9%, 12,4% ni tashkil qildi, unda 100%-70%-12,4%=0,3%. Bu nimani bildiradi? Bu shuni bildiradiki, Qoraqalpog‘istonda indeksga narxlar ta’siri = 99%ga, 1% esa bu – tuzilmaviy o‘zgarishdir. Farg‘ona vodiysida u 100,3 foizni tashkil etadi. Bu Farg‘ona viloyatida narxlar Qoraqalpog‘iston bilan solishtirganda ko‘proq o‘sayotganligini ko‘rsatadi.

Inflyatsiya darajasini tahlil qilishida oylik o‘rtacha ko‘rsatkichi muhim ko‘rsatkichidir. U tahlil qilinayotgan davr uchun o‘rta kattalik sifatida hisoblab topiladi.

Masalan, 1 uchun IPTS-103,5%, 11 uchun-101,94%, unda o‘rtacha oylik kattalik 103,5% + 103,4% + 101,94%=102,6%.

Asosiy ko‘rsatkich inflyatsiya darajasidir. Iqtisodiy siyosatda Inflyatsiyani chidash mumkin bo‘lgan darajagacha pasaytirmasdan turib muvaffaqiyatga erishish qiyin. Chunki inflyatsiyaning yuqori sur’atdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning munosabatlariga va aholining moliyaviy sohaga ishonchiga putur yetkazishi mumkin.

Mavsum omili inflyatsiyaning umumiy darajasiga qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi.

Inflyatsiya dinamikasining tegishli oylar bo‘yicha tah-lili eng past sur’at yoz oylariga to‘g‘ri kelishidan guvohlik beradi. Bu sabzovotlar va mevalarning ommaviy pishishi, bozorlarda ularning taklifi oshishi davri bilan bog‘liqdir. Yuqori raqobat sharoitlarida sotuvchilar tez buziladigan mahsulotlarning narxlarini tushirishga majbur bo‘ladilar. Yoz oylarida nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ham pasayadi, chunki aholining to‘lovga qobil talabi bu tovarlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ko‘chadi.

Inflyatsiyaning eng yuqori sur’atlari qish oylari va bahorning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davr qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovar taklifi pasayishi, ularning zaxiralari kamayishi bilan ifodalanadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining o‘sishi sanoat ishlab chiqarishini qo‘shgan holda boshqa iste’mol tovarlar narxining oshishida ham aks etadi.

Inflyatsiya boshqarilishi kerak. Shuning uchun inflyatsiyaga qarshi siyosat borasida To‘xtalamiz.

Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar qisqa va uzoq muddatli siyosat bilan taqdim etilishi mumkin.

Uzoq muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

 aholini inflyatsiyaga qarshi kutishlarini bartaraf etish. Buning uchun hukumat tomonidan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, inflyatsiyaga qarshi choralarni ko‘rishi, narxlarni erkinlashtirishi muhimdir;

 byudjet tanqisligini soliq tizimini takomillashtirish va davlat xarajatlarini kamaytirish hisobiga qisqartirish;

 pul massasi o‘sishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi chegarasini, uning har yillik o‘sishiga qattiq limit kiritgan holda belgilash;

 iqtisodiyotga hukumat byudjet tanqisligini moliyalashtirish uchun xorijdan kelgan va keyin ular konvertlanadigan va shu summada milliy valyutaning qo‘shimcha massasi chiqariladigan qisqa muddatli va zayomlarni kirishish yo‘li bilan ta’sir qilib inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni betaraflashtirish (neytrallash).

Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1) yig‘ma taklifni yig‘ma talabni oshirmasdan, tovarlarni qo‘shimcha ishlab chiqarish, xizmatlarni qo‘shimcha ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini ommaviy tarzda import qilish, korxonalarning aksiyalarini katta miqdorda sotish hisobiga kengaytirish;

2) sug‘urtalashni va jamg‘arishni rag‘batlantirish.


Nazorat savollari
1. Inflyatsiya mohiyatini tushuntiring va uning asosiy tiplarini sanab bering.

2. Inflyatsiyaning sabablarini aytib bering va uning oqibatlarini ta’riflang.

3. Inflyatsiyaga qarshi choralarni sanab bering.

4. Inflyatsiyani qanday o‘lchash mumkin?

5. Markaziy bankning asosiy vazifalarini sanab bering.
TASHQi iQtisodiy SIYOSAT va TO‘LOV

BALANSI
Almashinuv kurslari tizimi

Mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy aloqalar ularning valyuta almashinuvi zarurati sharoitini yuzaga keltiradi.



Milliy valyuta – ushbu mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan halqaro hisob-kitoblarda ishlatiluvchi pul birligidir.

Yopiq valyuta – faqat bitta mamlakat doirasida amal qiladigan va boshqa xorijiy valyutaga almashtirilmaydigan milliy valyutadir.

Zaxira valyuta – yetakchi mamlakatlarning narxlarini belgilashda tashqi savdo amallari, xorijiy investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ishlatadigan milliy pul-kredit mablag‘laridir.

Erkin konvertlanadigan valyuta – boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtiriladigan valyuta.

Valyutaning konvertlanganligi – milliy pul birligini xalqaro to‘lov aylanmasida halqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun erkin ishlatilish qobiliyati.

To‘liq konvertlanganlik – jismoniy va huquqiy shaxslar uchun har qanday cheklovlarning mavjud emasligi va valyutaning barcha xalqaro amallarda valyutadan to‘siqsiz foydalanish.

Cheklangan konvertlanganlik ham mavjud, u quyidagilardan iborat:

Tashqi cheklangan konvertlanganlik – valyutadan xorijiy jismoniy shaxslarning faqat joriy yoki tashqi savdo hisob-kitoblarida erkin foydalanishlari.

Ichki cheklanmagan konvertlanganlik – xorijiy valyutani huquqiy va jismoniy shaxslarga yetarli darajada erkin sotib olish va sotish.

Valyutalarni almashtirish va davlatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar valyuta kursi asosida amalga oshiriladi.

Valyuta kursi – ushbu mamlakat milliy valyutasi pul birligini boshqa mamlakat valyutasining pul birliklarida aks ettirilgan narxidir.

Valyuta poriteti – ikkita valyuta o‘rtasida qonunchilik yo‘li bilan asos bo‘lgan nisbatdir.

Valyuta kurslari tizimining bir-biriga qarama-qarshi ikkita tizimi mavjud. Bular:

1) ularning o‘zgarishiga davlat aralashuvini ko‘zda tutuvchi qattiq qayd qilingan valyuta kurslari tizimi;

2) egiluvchan (suzuvchi) valyuta kurslari tizimi, bunda milliy valyutaning almashinuv kursi talab va taklif bilan belgilanadi.

Jahon xo‘jaligi – bu milliy xo‘jaliklarni yagona tizimga iqtisodiy faoliyat almashinuvi, xalqaro mehnat taqsimoti bilan birlashtiruvchi ko‘p pog‘onali (darajali) iqtisodiyotdir.

Xalqaro iqtisodiy institutlar quyidagi shakllarda mavjuddirlar:

 xalqaro savdo;

 xalqaro valyuta munosabatlari;

 kapital chiqarish va xalqaro kredit;

 xalqaro mehnat migratsiyasi;

 xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik.

Jahon xo‘jaligini shakllantirishning va rivojlantirishning eng muhim tendensiyalaridan biri – baynalmilallashish jarayonlarining o‘sishidir. Bu jarayonning asosini ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashishi tashkil qiladi.

Qayta ishlab chiqarish jarayonida baynalmilal omilning kuchayishi sabablari:

 qayta ishlab chiqarish jarayonining milliy chegaralardan tashqariga chiqishi va bozor sig‘imining kengayishi. Uning maqbul kattaligi kamida 300 million kishi;

 ilmiy-texnik inqilob sharoitida ayrim mamlakatlarning fundamental amaliy tadqiqotlarni mustaqil olib borish uchun resurslarining cheklanganligi;

 milliy davlatlarning ishlab chiqarish omillarining hammasini jahon harakatiga va xalqaro mehnat taqsimotiga qo‘shish zarurati;

 xalqaro ixtisoslashish va nooperatsiya doirasida yarim fabrikatlar, detallar va qismlar almashinuvining o‘sishi.

Kapitalni chetga chiqarish – kapitalni bir qismini milliy aylanmadan chiqarish va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoniga yoki turli shakllardagi boshqa muomalaga qo‘shishdir.

Maqsad – xo‘jalik yuritishni milliy sharoitlari bilan solishtirganda ishlab chiqarishning baynalmilal omilini ishlatish bilan bog‘liq ustunlik hisobiga yuqoriroq foyda normasini olish.

Chetga kapital chiqarishning zamonaviy xarakterli belgilari:

 ishlab chiqarish kapitalini miqyoslarining o‘sishi;

 kapitalni chiqarish asosan va ustun tarzda yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida amalga oshirila boshlandi;

 70-yillarning boshlaridan rivojlangan mamlakatlarning kapital eksportchilari sifatidagi rollari oshadi;

 kapitalni chetga chiqarish rivojlangan mamlakatlarni elektronika, mashinasozlik, fan, informatika sohasida xalqaro mehnat taqsimotiga qo‘shish va ularni jahon ishlab chiqarishining bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha dunyo yetakchilariga aylantirish shakli bo‘ldi;

 kapital chiqarishning tarmoq tuzilmasining o‘zgarishi – eng yangi texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish sohalariga xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilish sur’atlarining o‘sishi;

 keyingi o‘n yilliklarda kapital chiqarish ishlab chiqarishning baynalmilallashishining transmilliy shaklining intensiv rivojlanishi uchun sharoitlar yaratdi.
Xalqaro savdo – bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanadigan, tovar va xizmatlarning eksporti va importi vositasida olib boriladigan shaklidir.


Iqtisodiy resurslarini turli mamlakatlarga notekis taqsimlanganligi va bu resurslar bilan notekis ta'minlanganlik


Turli texnologiyalar va kombinatsiyalarni samarali ishlab chiqarish






S

A

B



A

B

L



A

R



Xalqaro savdo hajmi tovarlar va xizmatlarning hamda sof eksport ko‘rsatkichlarining dinamikasi, ularning yalpi milliy mahsulotga nisbati bilan ifodalanadi.

Taqqoslanuvchi ustunliklar tamoyiliga asoslangan erkin savdo jahon iqtisodiyotiga resurslarni samaraliroq joylashtirish va yuqoriroq darajadagi moddiy farovonlikka erishish imkoniyatini beradi.

Savdoni bojlar yoki ma’muriy tartibga solish yordamida bir yoki bir nechta tarmoqni xorijiy raqobatdan himoya qilishga mo‘ljal oldirilgan proteksion siyosat ixtisoslashishdan olinadigan foydani kamaytiradi yoki yo‘qqa chiqaradi.

Proteksiya choralari

Bularga tariflar va notarif to‘siqlar kiradi.



Tariflar mamlakatning chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlar, qiymatlar va mulkdan olinadigan davlat yig‘imlarining hajmini, o‘lchamini, ya’ni davlat boj to‘lovlarini belgilaydi.

Ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:



1. Advalar boj – tovarning bahosidan qayd qilingan foiz.

2. Alohida boj – tovarning belgilangan birligi og‘irligi, hajmi va hokazo) uchun qat’iy stavka.



3. Murakkab stavka – bir vaqtning o‘zida advalar va alohida boj olinishi.




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish