«Iqtisodiy geografiya iqtisodiy va sotsial (ijtimoiy) geografiya fanining bir qismi bo‘lib, u turli mamlakat va rayonlarda ishlab chiqarish kuchlarini joylashuv xususiyatlari hamda hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanish qonuniyatlarini o ‘rganadi.» Ta'rifdan ko‘rinib turibdiki, uning aynan geo grafiya faniga tegishli ekanligidan dalolat beradi. Chunonchi, agar yuqoridagi jum ladan «turli m am lakat va rayon» yoki
«hududiy» tushunchalari olib tashlansa, u holda mazkur ta'- rifning iqtisodiy geografiyaga taalluqliligi qolmaydi.
D emak, aytish mumkinki, k o ‘rsatilgan so'zlar iqtisodiy geografiya fani ta'rifining «egasi» hisoblanadi. Uning kesimi esa «xususiyatlar» va «qonuniyatlarni» aniqlashdan iboratdir.
5
Darhaqiqat, agar har bir joyning o ‘ziga xos betakror xususiyati asoslab berilmasa, o ‘rganilayotgan hodisa yoki voqelik hu d u diy majmua shaklida ko‘rilmasa va uning shakllanish, rivojla nish qonuniyatlari ochib berilmasa u holda iqtisodiy geogra fiya alohida, mustaqil fan b o ‘la olmaydi. Zero har qanday fan o ‘zining tadqiqot predmeti, metodologiya va metodikasiga ega b o ‘lgan holda albatta u qonuniyatlar, hodisa va voqelik- lar orasidagi qonuniy aloqadorliklarni aniqlashi shart. Aks holda u fan emas, oddiy o ‘quv predmeti b o ‘lib qoladi.
Iqtisodiy geografiya uchun hudud, hududiy tarkib va tizim, hodisalarning hududiy birligi yoki majmuasi, hududiy iqtiso diy aloqa va m unosabatlar asosiy tushunchalar hisoblanadi. Biroq, har bir hudud, joy boshqa joydan farq qilishi lozim. Shu bois, m ashhur olimlar aytganlaridek « ham m a joyda bor narsa geografiyada m utlaqo b o ‘lmasligi kerak».
C hindan ham , yer yuzining barcha joyida aynan bir-bi- riga o'xshash sanoat korxonalari, qishloq xo‘jalik ekinlari, shahar va qishloqlar y o ‘q; aholi joylashuvi ham birday emas. Modomiki shunday ekan, dem ak hududiy farq bor, bir jo y ning ikkinchi joyga m utloq o ‘xshamasligi aniq. Bu esa bevo sita iqtisodiy geografiyani qiziqtiradi. Qolaversa, agar ham m a joy bir xil relef shaklidan (tekislik yoki tog‘likdan), bir xil xo'jalik ixtisoslashuvidan tashkil topganda edi dunyoning o ‘zi ham b o ‘lmasdi.
C hunonchi, 0 ‘zbekistonning barcha viloyatlarida paxta ekiladi. Agar o'quvchilar viloyat iqtisodiy geografiyasini ta’rif- laganlarida faqat shu bilan cheklanishsa, ularning javoblari
« qolibli», q uruq, b a rc h a joyga tegishli, zerikarli b o ‘lib, yuqoridagi shartga t o ‘g‘ri kelmay qolar edi. Binobarin, bir hududning ikkinchi hududdan farqi ochib berilishi lozim; hatto paxta t o ‘g‘risida so‘z yuritilganda ham uning turli viloyatlardagi bir- biridan farqi, qanday joyda yetishtirilishi, navi, hosildorligi, yangi yoki eski o ‘zlashtirilgan joylarda ekilishi kabi hududiy xususiyatlarining yoritilishi talab etiladi. K o ‘rinib turibdiki, geografiya ham m a vaqt hududiy tafo- vut, hududiy tengsizlik bilan ish tutadi; uning uchun m akon- ning turli tumanligi muhimdir. Xuddi shunday, tarix uchun davrning, o ‘tgan kunlarning bir-biriga mutloq o ‘xshamasligi, zam onning, jam iyat taraqqiyotining aynan bunday kechmas-
6
ligi katta ahamiyatga ega (agar o ‘tgan kunlar birday b o ‘lganda edi, davrlar ham ajralmasdi, tarix fanining o ‘zi ham b o ‘l- masdi).
Iqtisodiy geografiyada o'rganilayotgan hodisa avval alo- hida-alohida tahlil etiladi, so'ngra birgalikda ko‘riladi, hudu diy m ajm ua shaklida um um lashtiriladi. M asalan, sanoat geografiyasida avval sanoat korxonalari va tarmoqlari, so‘ngra sanoat tuguni yoki rayonlari o ‘rganiladi; shaharlar geografiya sida dastavval alohida shaharlarning vujudga kelishi va jo y lanishi k o ‘rib chiqilib keyinchalik ular m a’lum hududiy birlikda — shaharlar aglomerasiyasi yoki ularning boshqa tizimlarida ( TPK, klass) rivojlanish qonuniyatlari yoritilib beriladi va h.k.
M azkur fanning uch asosiy hududiy shakli, «geometriya- si» mavjud; ular areal (maydon), nuqta yoki tugun, lenta yoki tasmasimon b o ‘ladi. Birinchi shaklga qishloq va o 'rm on xo‘jaligi mos keladi, ikkinchisi sanoat, aholi va aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasiga, uchinchisi transport geogra- fiyasiga tegishlidir. D emak, nuqta, chiziq, m aydon va ular orasidagi hududiy aloqa, m unosabat iqtisodiy geografiya fanining tub m azm unini tashkil etadi.
U m um an iqtisodiy geografiyaning tadqiqot darajasi ancha keng. U ni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Ishlab chiqarish
transport (infrastruktura)
tabiiy boyliklar
l - ch izm a . Iqtisodiy geografiyaning tadqiqot doirasi.
7
Keltirilgan chizm ada 4 xil asosiy soha va 6 turda ular orasidagi aloqadorlik iqtisodiy geografiyasining asosiy tadqiqot yo‘nalishlari sifatida o ‘z aksini topgan. Jumladan, bu fan eng avvalo ishlab chiqarish, transport, aholi va tabiiy boyliklarni alohida o 'rganadi, shunga mos holda ishlab chiqarish, aholi, transport ham da tabiiy resurslarning hududiy tarkibi (tizimi) ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |