4. N im a u ch u n iqtisodiy rayon kerak va uning iqtisodiy geografiya
faniga qanday aloqasi bor?
5. X ohlagan shahar, iqtisodiy rayon yoki m am lakatning iqtisodiy geografik o ‘rnini ta'riflab bering.
23
I l l BOB
IQTISODIY GEOGRAFIYA FANINING TARIXI, SHAKLLANISHI YA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Odatda, u yoki bu fanning vujudga kelishi uchun ijtim o iy talab, ehtiyoj yoki «buyurtma» bo‘lishi kerak. Bundan oldin esa shu fanga tegishli turli axboriy ma'lumotlar, ob'yektiv borliqdan olingan, to ‘plangan dastlabki bilimlar va taxminlar shakllanadi, so‘ngra turli voqeliklar orasidagi sabab-oqibat munosabatlari ham da m a’lum sharoitda takrorlanib turadigan qonuniyat, aloqadorliklarni asoslash im koniyati tug‘iladi. Demak, ob'yektiv borliqni kuzatish, m ushohada qilish tez- tez uchraydigan voqealarni tahlil qilish negizida muayyan fa n g a d o ir b il im la r m a jm u a s i v u ju d g a k e la d i , u la r a s ta - s e k in ilmga va fanga aylanadi.
H ar qanday fan haqiqiy fan m aqom iga ega b o ‘lishi, shakllanishi uchun o ‘zining ob'yekti, predmeti, metodi va metodologiyasi (usuli va uslubiyoti), asosiy tushuncha, ka- tegoriya va qonuniyatlari, maktab, markaz va y o ‘nalishlari- ga, salmoqli ilmiy asarlar, tadqiqotlarga ega b o ‘lishi va uning boshqa fan vakillari tomonidan tan olinishi va hurmat qilinishi talab etiladi. Shuningdek, mazkur fanning o ‘quv predmeti sifatida o ‘qitilishi, maxsus fakultet, kafedra yoki laboratoriya- larning tashkil etilishi ham katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy geografiya fani ham yuqoridagi shart- sharoit- lar, ob'yektiv zaruriyatlar asosida vujudga kelgan va rivojlanib borgan. Dastlab «iqtisodiy geografiya» tushunchasini buyuk rus qomusiy olimi M .V. Lomonosov XVIII asrning oltmishin- chi yillarida ishlatgan, uni fan va muomalaga kiritgan («tabiiy geografiya» tushuncha va fanining asoschisi m ashhur nemis olimi A. Gumbold hisoblanadi). Biroq u davrda iqtisodiy geografiya fani shakllanmagan, faqat shunday atam a yoki tushuncha paydo b o ‘lgan, xolos.
M azkur fanning aniq bir tashkil topgan yili, joyi ma'lum emas. H ar holda tadqiqotlar ko‘rsatishicha, u XIX asrning
24
birinchi yarmida, asosan Germaniyada ishlab chiqarish kuch larini joylashtirish masalalarini o ‘rganish va statistika fanining vujudga kelishi bilan bog‘liq holda faoliyat boshlagan.
Iqtisodiy geografiya fanining shakllanish jarayoni uning asosiy tushunchalarining paydo bo'lishi va rivojlanishi bilan sodir bo'lgan. Masalan, avvalgi bobda ko'rganimizdek, bu fanning «poydevorini» eng avvalo hududiy m ehnat taqsimoti ham da iqtisodiy rayonlashtirish ta'limotlari tashkil qiladi. Bi nobarin, iqtisodiy geografiyaning tarixini aynan ana shu ikki nazariy tushunchalar belgilaydi. Jum ladan, Yu.G. Saushkin- ning aytishicha, iqtisodiy geografiya fanining tarixi — bu iqti sodiy rayonlashtirish tarixidir. Agar ana shundan kelib chiqa- digan b o ‘lsak, iqtisodiy geografiya fanining yaratilishida rus olimi K.I. Arsenyevning xizmatlari ham buyuk bo‘lgan. (u 1818 ham da 1848 yillarda Rossiyani iqtisodiy rayonlarga ajratgan). U m um an olganda, m azkur fanning shakllanish va rivoj lanishi 0 ‘zbekiston nuqtai nazardan kelib chiqqan holda 3 asosiy davrga b o ‘lish m um kin: sovetlargacha, sovet davri va
mustaqillik yillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |