Iqtisodiy va madaniy hayot



Download 107,86 Kb.
bet20/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Saljuqiylar davlati. O’rta Osiyo xalqlari tarixida muhim iz qoldirgan Saljuqiylar davlati X asr o’rtalarida Orolbo’yi va Kaspiybo’yi hududlarida yashagan o’g’uzlar ittifoqi negizida shakllangan edi. Uning dastlabki poytaxti Sirdaryo etaklaridagi Yangikent shahri bo’lgan12. Taniqli tilshunos olim Qozoqboy Mahmudovning fikricha, saljuqiylar ham Alptakin singari O’g’uz qabilasining Qiniq urug’iga mansub bo’lganlar.13 O’g’uzlar aslida qadimiy turk qabilasi bo’lganlar. Tarixiy manbalarda o’g’uzlarning 22 yoki 24 qabiladan iborat bo’lganligi qayd etiladi. Bular chovdir, chindir, yemreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi va shu kabilardir.
O’g’uzlarning mayyan sabablarga ko’ra hozirgi Turkmaniston yerlariga o’tib, islomni qabul qilgan va o’sha joydagi yerli aholi bilan singishib ketgan qismi turkmanlar nomini olgan.
O’g’uzlarning yobg’usi (etakchisi) Saljuqbek Saljuqiylar davlatiga asos solgan. Uning avlodlari-To’g’rulbek, CHag’irbek va SHakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat darajasiga ko’tardilar. O’g’uzlar turli xalqlarning, chunonchi, o’zbek, turkman, turk, gagauz va boshqa xalqlarning etnik jihatdan shakllanishiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatganlar.
Ko’chmanchi chorvador qabilalar bo’lgan o’g’uz-turkmanlar. XI asr o’rtalariga qadar qoraxoniylar va g’aznaviylar hukmdorlari bilan kelishuv asosida bu davlatlarga qarashli turli hududlarda o’z ko’ch-ko’roni, chorvasi bilan ko’chib yurganlar. Ba’zi hollarda esa mahalliy aholi bilan kelisha olmay, ularga hujum uyushtirib, talonchilik, bosqinchilik bilan ham shug’ullanganlar. G’aznaviylar roziligi bilan Niso, Farova va Dehiston, Obivard hududlarida joylashgan turkman o’g’uzlari To’g’rulbek boshchiligida tez orada katta kuch bo’lib birlashib, G’azna davlatiga ham jiddiy xavf sola boshlaydi. Xususan, To’g’rulbek qisqa muddatda Xuroson yerlarini ham ishg’ol qila bordi.
1040 yilda Saraxs bilan Marv o’rtasidagi Dandanakonda qaqshatqich mag’lubiyatga uchragach, g’aznaviylar hududlari ham saljuqiylar tasarrufiga o’tdi. To’g’rulbek Saljuqiylar davlatining boshlig’i sifatida (1038-1063) o’z istilochilik yurishlarini g’arb tomon davom ettirdi. U Fors Iroqi, Ozarbayjon, Kurdiston, Ko’histonni zabt etdi.
1055 yilda xalifalik poytaxti Bag’dodni ham o’ziga bo’ysundirdi. Uning davrida Ray shahri (Eron) Saljuqiylar hukmdori Malikshoh (1072-1092) o’z e’tiborini sharqqa, ya’ni Movarunnahr yerlariga qaratdi. 1089 yilda u Qoraxoniylar davlatining asosiy tayanch nuqtalari hisoblangan. Buxoro va Samarqandni bosib oladi. Asir tushgan qoraxoniylar xoni Ahmad o’zining saljuqiylarga tobeligini tan oladi.
Ulug’ Saljuqiylar davlati Sulton Sanjar (1118-1157) davrida ayniqsa o’z hududlarini kengaytirdi. Bu davrda Xorazm rasman saljuqiylar nomidan boshqarilgan.
Qoraxoniylar xoni Arslonxon (1102-1130) ham Sulton Sanjar bilan hisoblashishga majbur bo’lgan. 1130 yilga kelib Sulton Sanjar qoraxoniylar poytaxti Samarqandni egallagach, amalda butun Movarounnahrga hukmron bo’lib oladi. Biroq 1141 yilda Katvon cho’lida qoraxoniylar bilan bo’lgan katta to’qnashuvda saljuqiylar qaqshatqich zarbaga uchragach, ularning hukmronligi ham inqirozga yuz tutadi. Sulton Sanjar vafotidan keyin (1157) buyuk Saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi ta’siri amalda barham topadi.


3. Geografik jihatdan qulay, savdo-sotiq yo’llari kesishgan nuqtada joylashgan, qadimda sug’roma dehqonchilik madaniyati, shaharsozlik va hunarmandchilik rivojlanib kelgan Xorazm o’lkasi ko’p davrlar mobaynida turli hukmron sulolalar va ajnabiy davlatlarning diqqat-e’tiborida bo’lib kelgan. SHu bois, uni egallash uchun vaqti-vaqti bilan tashqi kuchlar harakat qilganlar. Bu esa Xorazmning o’z mustaqilligidan mahrum bo’lishiga sabab bo’libgina qolmay, uning iqtisodiy-madaniy rivojiga ham salbiy ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, 1017 yilda Xorazm yerlari Sulton Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingan bo’lsa, 1044 yildan esa u Saljuqiylar davlati tobeligiga tushib qolgan. XII asr o’rtalariga kelib Sharqiy hududlardan bostirib kelgan qoraxitoylar butun Movarounnahrni ishg’ol etib, o’zlariga qaram qilgan bo’lsalar, bundan Xorazm va uning iste’dodli, erksevar xalqi mustaqillik sari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishda davom etdi.
Xususan, saljuqiylar hukmdori Malikshoh davrida Xorazm mulkini mustaqil boshqarish huquqini qo’lga kiritgan turk o’g’loni Anushtagin va uning avlodlari Qutbiddin Muhammad (1097-1127) va Jaloliddin Otsiz (1127-1156) davrida Xorazmning siyosiy mustaqilligi kengaydi va uning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati muttasil o’sib bordi. Bu hududdagi Gurganch, Qiyot, Kot, Xazorasp singari obod shaharlarning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatidagi mavqei to’xtovsiz ko’tarildi. Tashqi savdoda Xitoy, Andaluziya, Rossiya, Yaqin SHarq mamlakatlari bilan aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. Bu davrda Xorazm hunarmandchilikning 50 dan ortiq turlari xorijda yuqori baholangan.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish