umumlashtirilib, kartaga tushiriladi. Bu esa geografiya fanining o‗ziga xos mezoni
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
31
ham hisoblanadi. Chunki, hudud obyekt sifatida ko‗rilmasa va uni karta yoki karta-
sxemalarda aks ettirish imkoni bo‗lmasa, u holda bunday tadqiqotning o‗zi ham
geografiyaga tegishli emas. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya doirasida kartalar,
asosan, ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega: sanoat, qishloq xo‗jaligi tarmoqlari,
transport, aholi, uning milliy va hududiy tarkibi, shaharlar va qishloqlar to‗ri va
tizimi kabi kartalar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: