Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

 
XULOSA 
T.Kampanella


46 
Feodal yer egaligi davrida natural xo`jalik, ayniqsa qishloq 
xo`jaligi asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o`sdi, 
tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali 
ishlab chiqarish usuli bo`lgan krepostnoylikka o`tildi. Avvalgi davrdagi 
natural xo`jalik ishlab chiqarishi (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari 
bilan almasha bordi (agrar yo`nalish hal qiluvchi), iste'mol qiymatlarini 
yaratish baribir asosiy maqsad bo`lgan va shu g`oya himoya etilgan, 
mehnat qurollari takomillashmagan davrda bu tabiiy bir hol edi. 
Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq 
davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom aqidalari faol 
ijobiy ta'sir etdi. Qur'oni Karim va hadislarda keltirilgan iqtisodiyotga 
aloqador qonun-qoidalar "Hidoya" va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida 
keng o`rganilib, amalga oshirildi, natijada muhim iqtisodiy g`oyalar ilgari 
surildi. Mehnat, ayniqsa, qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo 
qo`llab-quvvatlandi. Isrofgarchilik, mehnatsiz daromad, ayniqsa sudxo`rlik 
harom deb e'lon qilindi. 
Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g`oyalari nihoyatda 
muhimdir, u o`z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, 
oddiy va murakkab mehnat, zaruriy va qo`shimcha mahsulot, tovarning 
iste'mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta'riflab berdi, 
ayirboshlash tamoyilini (sarflangan mehnatning yarmi) to`g`ri talqin etdi, 
sarflangan mehnat bilan birga shu tovarning odamlarga zarurligi ham 
muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida mehnat taqsimoti, tovar-pul 
munosabatlari, savdoning boylik yaratishdagi roli, soliq tizimining xalq 
farovonligiga ta'siri asosan to`g`ri tahlil etib berilgan. 
G’arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib 
topgan bo`lsa ham, uning rivoji tezroq bo`ldi. Dehqonchilik, umuman, 
qishloq xo`jaligi ustun bo`lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, 
keyinroq manufaktura vujudga keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va 
sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat tamoyillari tarkib topdi. Bu 
davrda G`arbda natural xo`jalik (iste'mol qiymati ishlab chiqarish) 
qo`llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun'iy boylik deb qaralgan, 
"adolatli baho" masalasi ko`tarilgan. Bu yerda ham din va din ahli 
tomonidan iqtisodiyotda muhim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, 
F.Akvinskiy "adolatli baho" masalasini naf va manfaatlar tengligi asosida 
hal etadi. Protsent (foiz)ni oqlaydi, uni qo`llaydi va tavakkalchilik to`lovi 
deydi. U shuningdek rentani ham qo`llaydi, uning ekspluatatorlik 
mohiyatini inkor etadi. 


47 
Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda ham dehqon mehnati 
boylikning asosi ekanligi ko`rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz 
belgilanadi, tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g`oyalar 
ko`p edi. 
XIV-XV asrlarda G’arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va 
ilk kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning 
dastlabki jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq bo`ldi va ko`p hollarda og`ir 
shaklda amalga oshdi. Ayniqsa, dehqonlarni yerdan mahrum etish og`ir 
oqibatlarga, dehqonlarning katta qismining xonavayron bo`lishiga olib 
keldi. Yangi munosabatlar yangi sinfning - burjuaziyaning manfaatiga mos 
edi, ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro`y berdi. 
Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g`oyalari tarkib 
topdi. Aslida bu g`oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo`lgan. 
Yangi yo`nalish tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib 
chiqadi, deb o`ylashgan. Ular boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy 
mulkchilik sharoitida hosil qilinsa, xususiy mulk esa tekis taqsimot yo`li 
bilan (pulsiz) amalga oshirilsa, barchaning farovonligi ta'minlanadi degan 
fikrda edilar. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish