46
Feodal yer egaligi davrida natural xo`jalik,
ayniqsa qishloq
xo`jaligi asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o`sdi,
tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali
ishlab chiqarish usuli bo`lgan krepostnoylikka o`tildi. Avvalgi davrdagi
natural xo`jalik ishlab chiqarishi (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari
bilan almasha bordi (agrar yo`nalish hal qiluvchi), iste'mol
qiymatlarini
yaratish baribir asosiy maqsad bo`lgan va shu g`oya himoya etilgan,
mehnat qurollari takomillashmagan davrda bu tabiiy bir hol edi.
Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq
davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom aqidalari faol
ijobiy ta'sir etdi. Qur'oni Karim va hadislarda keltirilgan iqtisodiyotga
aloqador qonun-qoidalar "Hidoya" va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida
keng o`rganilib, amalga oshirildi, natijada muhim iqtisodiy g`oyalar ilgari
surildi. Mehnat, ayniqsa, qishloq xo`jaligi,
hunarmandchilik va savdo
qo`llab-quvvatlandi. Isrofgarchilik, mehnatsiz daromad, ayniqsa sudxo`rlik
harom deb e'lon qilindi.
Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g`oyalari nihoyatda
muhimdir, u o`z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi,
oddiy va murakkab mehnat, zaruriy va qo`shimcha
mahsulot, tovarning
iste'mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta'riflab berdi,
ayirboshlash tamoyilini (sarflangan mehnatning yarmi) to`g`ri talqin etdi,
sarflangan mehnat bilan birga shu tovarning odamlarga zarurligi ham
muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida mehnat taqsimoti,
tovar-pul
munosabatlari, savdoning boylik yaratishdagi roli, soliq tizimining xalq
farovonligiga ta'siri asosan to`g`ri tahlil etib berilgan.
G’arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib
topgan bo`lsa ham, uning rivoji tezroq bo`ldi. Dehqonchilik, umuman,
qishloq xo`jaligi ustun bo`lishiga qaramay,
hunarmandchilikda sex tizimi,
keyinroq manufaktura vujudga keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va
sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat tamoyillari tarkib topdi. Bu
davrda G`arbda natural xo`jalik (iste'mol qiymati ishlab chiqarish)
qo`llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun'iy
boylik deb qaralgan,
"adolatli baho" masalasi ko`tarilgan. Bu yerda ham din va din ahli
tomonidan iqtisodiyotda muhim fikrlar ilgari surilgan. Masalan,
F.Akvinskiy "adolatli baho" masalasini naf va manfaatlar tengligi asosida
hal etadi. Protsent (foiz)ni oqlaydi, uni qo`llaydi va tavakkalchilik to`lovi
deydi. U shuningdek rentani ham qo`llaydi, uning ekspluatatorlik
mohiyatini inkor etadi.
47
Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda ham dehqon mehnati
boylikning asosi ekanligi ko`rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz
belgilanadi,
tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g`oyalar
ko`p edi.
XIV-XV asrlarda G’arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va
ilk kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning
dastlabki jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq bo`ldi va ko`p hollarda og`ir
shaklda amalga oshdi. Ayniqsa, dehqonlarni yerdan mahrum etish og`ir
oqibatlarga, dehqonlarning katta qismining xonavayron bo`lishiga olib
keldi. Yangi munosabatlar yangi sinfning - burjuaziyaning manfaatiga mos
edi, ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro`y berdi.
Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g`oyalari tarkib
topdi. Aslida bu g`oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo`lgan.
Yangi yo`nalish tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib
chiqadi, deb o`ylashgan. Ular boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy
mulkchilik sharoitida hosil qilinsa, xususiy mulk esa tekis taqsimot yo`li
bilan (pulsiz) amalga oshirilsa, barchaning farovonligi ta'minlanadi
degan
fikrda edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: