1.
Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib
oladilar. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 1/5
qismi realizatsiya
qilinadi. Mahsulotning bu qismi muomala sohasidan iste’mol sohasiga (er
egalariga) o’tadi.
2.
Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat mahsulotlarni sotib oladilar.
«Unumsiz sinf» shu bilan o’z mahsulotining yarmini realizatsiya qiladi.
3.
«Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan iste’mol buyumlarni
sotib oladi. Shu bilan qishloq xo’jaligi mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya
qilinadi.
4.
«Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning o’zidan («unumsiz
sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarni oladi (ular asosiy kapitalning
eyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida
sanoat mahsulotlarining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi.
5.
Aylanish jarag’ning
beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz sinf» «unumli
sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo’jaligi
xom ashg’sini xarid qiladi.
Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarag’ni natijasida sinflar
o’rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo’jalik mahsulotlari va 2 mlrd. livrlik sanoat
buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf» ixtig’rida qolgan 2 mlrd. livrlik
mahsulot barcha sinflar o’rtasidagi umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o’z
sinfi doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan).
Bu mahsulot qishloq
xo’jaligi ishlab chiqarish jarag’nida sarflangan urug’lik va oziq-ovqat mahsulotlari
o’rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat tovarlari asosiy
kapitalning eskirgan qismini koplash uchun ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala
(aylanish) natijasida «unumli sinf» qo’liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat
uchun ijara haqi to’lash natijasida bu pul yana er egalari ixtig’riga o’tadi.
Shunday
qilib, yangi ishlab chiqarish tsiklini boshlash uchun, ya’ni oldingi hajmdagi ishlab
chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom ettirish uchun zarur shart -
sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan
muhim ilmiy
xulosa shundaki, unda ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmaydi, balki
juda ko’p bunday yakka muomala aktlari sinflar o’rtasidagi muomalaga
mujassamlashtiriladi. Ana shu sinflar o’rtasidagi muomala F.Kene tadqiqotining
predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, uning muomalani takror ishlab chiqarish jarag’nining
atigi
bir shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti
sifatida ko’rsatib berishga qilgan harakati samarali bo’ldi.
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to’g’risidagi ta’limotida bir qator
kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar tushunchasida izchillik, ilmiylik
etishmaydi. Sanoatchilarni ishlab chiqarish vositaliridan mahrum etgan holda (ular
o’z mahsulotlarining hammasini sotib yuboradi), F.Kene
ularni
ishlab chiqarish jarag’nini qaytadan boshlash imkoniyatidan mahrum etadi.
Mahsulotni realizatsiya qilishda markaziy o’ringa er egalarining o’tib qolishi
noto’g’ri bo’lgan. «Iqtisodiy jadval»da ijtimoiy mahsulotning joylashishi ham to’liq
59
ochib berilmagan. Ammo undagi kamchiliklar mazkur asarning qimmatini
tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta milliy iqtisodig’t
makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va undagi g’oyalar bo’lajak iqtisodiy
modellarning kurtagi bo’lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: