Iqtisodiy talimot doc


Bozor munosabatlariga o`tish bosqichlariga oid qarashlar tahlili



Download 1,61 Mb.
bet113/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

22.4. Bozor munosabatlariga o`tish bosqichlariga oid qarashlar tahlili


O`tgan davrning har bir yilini ahamiyati jihatdan tariximizning o`n yilliklariga, hatto asrlariga tenglashtirish mumkin, desak mubolag`a bo`lmaydi.


I.Karimov.
Darhaqiqat mamlakat taqdirida keskin va muhim o`zgarishlar ro`y berdi. O`zlikni anglash boshlandi. Milliy istiqlol g`oyasi fuqarolar imonining mezonini tashkil eta boshladi.
Iqtisodiy taraqqiyotda jiddiy o`zgarishlarga erishildi. 1997 yildan boshlab, YAIM o`sish sur'atlarining aholi o`sish sur'atlaridan ustun kelishi ta'minlandi va mamlakatda aholi turmush darajasining yaxshilanishi uchun zamin yaratildi. Xalqaro ekspertlar ma'lumotiga ko`ra, yangi asr boshiga kelib O`zbekiston ishlab chiqarish hajmiga ko`ra, inqirozga qadar bo`lgan darajasini, shuningdek BMT inson taraqqiyoti indeksi (uning tarkibiy qismlari: aholining savodxonlik darajasi; umr uzunligi; aholi jon boshiga YAIM) bo`yicha reytingidagi o`z maqomini deyarli tiklab oldi. MDHdagi hech bir boshqa davlat bunga erisha olgani yo`q. Inson potensial taraqqiyoti indeksi ko`rsatkichlari 1995 yildagi 0,679dan 1999 yilga kelib 0,706 ga ko`tarildi.
Ayni paytda aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning xarid quvvatiga ko`ra qiymati 1995 yilda 2440 AQSH dollariga teng bo`lsa, 1999 yilgi ko`rsatkich 2494 AQSH dollarini tashkil etdi.
Jahon banki yillik hisobotidagi 1999 yil ma'lumotlariga ko`ra esa, O`zbekiston Respublikasidagi aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 870 $ ni tashkil etgan. Bu ko`rsatkich Qozog`istonda 1310, Xitoyda 750 $, qirg`izistonda 350 $ni, Rossiyada 2300 $ni tashkil etgan.
394
Xalqaro ekspertlar fikriga ko`ra, inson taraqqiyoti zamirida O`zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
-YAIM o`sish sur'atlarining aholi o`sish sur'atlaridan ustun kelishi, pirovardida esa, turmush daraja yaxshilanishi uchun zamin yaratildi.
-Uzoq muddatli istiqbolda o`sish omili bo`lgan asosiy kapitalga sarmoya kiritishning yuqori sur'atlari ta'minlandi.
-Iqtisodiy o`sishning ijobiy sur'atlari sharoitida inflatsiya sur'atlaridan barqarorlashishi natijasida, aholining real daromadlari va turmush darajasi yaxshilandi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotining barqaror o`sishdagi zaif jihatlar turkumiga quyidagilar kiritilgan:

  1. O`zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o`zining agrar - industrial tabiatini saqlab kelmoqda.

  2. YAIM tarkibida sanoat mahsuloti 20%dan ozroq qismini hamda jismoniy va ma'naviy eskirgan uskuna va texnologiyalar katta hissani tashkil qiladi.

  3. Ishsizlik darajasi tez sur'atlar bilan o`smayotgan bo`lsada, ancha yuqori bo`lib, iqtisodiyotda qo`llanilmayotgan man'balardagi katta potensialni aks ettiradi.

  4. Ta'lim va sog`liqni saqlash tizimida, ayniqsa aralash shaklda moliyalash tizimini boshqarish qismidagi institutsional o`zgarishlar tugallanmagan.

Shuningdek, islohotlar tajribasini umumlashtirishda turlicha yondoshuvlar shakllanmoqda. Ulardan biri bozor munosabatlariga o`tishning ijtimoiy muammolarini hal etilishi 3 bosqichga taqsimlanadi:
1-bosqich (1991-1994);
2-bosqich (1994-1997);
3-bosqich (1997 dan hozirgi paytgacha).
Birinchi bosqichning maqsadi aholi turmush darajasining keskin pasayishi va ishsizlikning keskin oshishiga yo`l qo`ymaslik bo`ldi. Bu bosqichda davlat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, iste'mol bozorini himoya qilish uchun iste'mol mollarini me'yoriy tarqatish tizimi, talon va kuponlar joriy etildi. Ijtimoiy kam ta'minlanganlar uchun imtiyozlar saqlandi.
Ikkinchi bosqichning maqsadi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o`sishni barqarorlashtirish, inflatsiyani jilovlash bo`ldi. Natijada mulkdorlar sinfi shakllandi. Xorijiy omillarga bog`liq bo`lgan o`zak tarmoqlarini mustahkamlash choralari
395
ko`rildi. Milliy valuta inflatsiyasini maqbul darajada jilovlash imkoni yaratildi.
Uchinchi bosqich maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlarni sifat jihatidan yangi pog`onaga ko`tarishga qaratildi. Iqtisodiyotda miqdor va sifat siljishlari, kichik biznes va tadbirkorlik uchun huquqli sharoitlar yaratildi, ishsizlikning yashirin va turg`un holatlarini bartaraf etishga oid choralar ko`rildi. Aholi daromadlarining yangi turlari - mulkdan va tadbirkorlikdan ham shakllana boshladi. Aholi kam ta'minlangan qatlamlarning qashshoqlashuvi kamaytirildi. Boqimandalik chekindi. Mehnat va tadbirkorlik faolligi ortdi.
Iqtisodiyotning negizini turli xildagi mulk: tashkil etishi, mulkchilik munosabatlaridagi islohotlar chuqurlashuvi ham to`rt bosqichda Guruhlantirishga imkon yaratdi. Bunda 1990-91 yillar tayyorlov bosqichi deb belgilandi.
1-bosqich - 1992-1993 yillar; 2-bosqich - 1994-1995 yillar; 3-bosqich - 1996-1998 yillar;
4-bosqich - 1998 yil oxiridan to hozirgi paytgacha davom
etmoqda.
Birinchi bosqichda faol xususiylashtirish boshlangan. Bunda asosan uy-joy fondi va kichik korxonalar xususiylashtirilgan va jamoa mulkiga aylantirilgan. qishloq joylarda har bir oilaga tomorqa yer uchastkasi berilgan.
Ikkinchi bosqichda o`rta va yirik yengil sanoat mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi 50 mingdan ortiq korxonalar ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga (mehnat jamoasi - 25%, davlat - 26%, erkin sotuvda - 30%, aralash korxonalarga - 10%, xorijiy investorlarga - 10%) aylantirildi. Bozor infrastrukturasi rivojlandi (birja, bank, xususiy sug`urta kompaniyalari).
Uchinchi bosqichda esa eng yirik aksiya nazorat paketi davlat ihtiyorida bo`lgan korxonalar (jami 3/46 ta) islohoti boshlandi. Xususiylashtirilmaydiganlarning tarkibiy ro`yxati Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berildi: suvdan foydalanish obyektlari, meliorativ tarmoqlar, muzeylar, sanepidemiya stansiyalar, strategik va harbiy ahamiyatga ega bo`lgan budjetdan tashqari fondlar shular jumlasidandir.
To`rtinchi bosqichga kelib xususiylashtirilgan obyektlardan bujdetga mablag` tushurish, xususiylashtirilgan obyektlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi mulkchilik munosabatlarining to`liq
396
faoliyati uchun sharoit yaratish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish choralariga e'tibor kuchaytirildi.
Bu bosqichda xususiylashtirishni guruhlashtirish sohasidagi vazifalar aniqlashtirildi:

  • xususiylashtirishning miqdoriy ko`rsatkichlaridan tarmoqlarni chuqur restrukturizatsiyalash hamda korxonalarni xususiylashtirishdan so`ng quvvatlash;

·tarmoq va hududlardagi xususiyatlarni to`liq hisobga olish uchun xususiylashtirish usullarini kengaytirish;

  • xususiylashtiriladigan mulkni baholashning tender asosida sotish uchun takomillashtirish;

·tadbirkorlikni faol quvvatlash, sanatsiya va restrukturizatsiyalash protseduralarini amalga oshirish, zararga ishlayotgan korxonalarga barham berish.
Mulkdorlar sinfining shakilanishi tadbirkorlik rivojlantirilish bilan bog`liq institutsional islohotlar ham 4 bosqichda tasniflanadi.
Bunda ham tayyorlov bosqichga alohida e'tibor beriladi, ya'ni 1990- 1991 yillarda mulkchilik va tadbirkorlik to`g`risidagi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi qayd etiladi.

  1. bosqich (1992-1994 yillar) da O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, "Xususiy mulkchilik himoyasini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish" to`g`risidagi (yanvar' 1994 yil), "Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasini tashkil etish to`g`risida"gi Prezident Farmonlari muhim hujjat bo`ldi.

  2. bosqich (1995-1996 yy.) respublika Prezidentining xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish to`g`risidagi farmoni bilan boshlandi. Sobiq sovet respublikalari ichida birinchi marta xususiylashtirishdan tushgan mablag`ning 50%i kichik va o`rta biznesni rag`batlantirishga qaratildi. Bu bosqichda "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlintirish to`g`risida"gi (dekabr' 1995y.), "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlik huquqlarini himoya qilish to`g`risida"gi (aprel', 1996y.) qonunlar qabul qilindi. Eng muhimi real ko`p ukladli iqtisodiyot shakillanishiga erishildi, nodavlat sektori mustahkamlandi. Nodavlat sektorning ulushi milliy daromadda 69%ga yetdi. Salkam 6 mln aholida mulkdorlik hissasi vujudga keldi.

  3. bosqich (1997-1999) chet el sarmoyalarini jalb etish asosida xususiylashtirishning chuqurlashtirilishi bilan tavsiflanadi. E'tibor ko`proq xususiylashtirishning samaradorligiga qaratildi. qishloq xo`jaligida paychilik asosidagi shirkatlarga o`tish boshlan-di.

397
Mayda, kichik va o`rta biznesni quvvatlashning ko`p bosqichli tizimi shakllandi. Bular:

  1. Davlat mulkini bohqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari.

  2. Tadbirkorlikning jamoat tashkilotlari (tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, dehqon va fermer xo`jaliklari assotsiatsiyasi, tadbirkor ayollar uyushmasi).

  3. Moliya-kredit institutlari (biznes fond, dehqon va fermer xo`jaliklarini quvvatlash fondi, tadbirkorbank).

  4. Sug`urta ta'minoti ("Madad") va tadbirkor kadrlarni tayyorlash va axborot - maslahat bilan quvvatlash institutlari (biznes - inkubator va biznes - maktablar).

  5. Xomashyo va materiallar ta'minoti, shuningdek tayyor mahsulot sotish infrastrukturalari (O`zulgurji birja savdo, Agrosanoat birja, O`z savdo markaz, mintaqaviy va ixtisoslashgan bozorlar). Natijada jami huquqiy shaxslarning 89%i kichik va o`rta korxonalar (160 ming) egasiga aylandi. Kichik va o`rta korxonalar solig`i qishloq xo`jaligida - 27%, sanoatda -12% ga yetdi.

  1. bosqich (2000 yildan) iqtisodiyotni erkinlashtiruv islohotlarini chuqurlashtirishdan keyin boshlandi. Tekshirishlarni ro`yxatga olish kitobi joriy etildi. 180 mingdan ortiq kichik va o`rta biznes subyektlari 2000 yil oxiriga kelib ro`yxatdan o`tdi. Shundan 139,7 mingtasi - mikrofirmalardan iborat.

Umuman, iqtisodiyot fanini rivojlantirishda qator o`quv va ilmiy dargohlar katta hissa qo`shmoqda, shular jumlasiga, O`zRFA Iqtisodiyot instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Agrosanoat majmuida bozor islohotlari instituti, Makroiqtisodiy barqarorlikni o`rganish markazi hamda vazirliklar va oliy o`quv yurtlaridagi 50 ga yaqin muassasalar kiradi.
Mamlakatimizda, jumladan ToshDIU da olib borilayotgan tadqiqotlarda milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tish sharoitidagi xususiyatlari izchil o`rganilmoqda. Masalan, akademik M.Sh. Sharifxo`jayev, S.S.G’ulomov, prof. E.A.Akromov, A.O`lmasov, Sh.Shodmonov va boshqalar o`z asarlarida milliy iqtisodiyot nazariyasini ishlab chiqish va rivojlantirishga muhim hissa qo`shmoqdalar.
Jumladan, iqtisodiy tarix, iqtisodiy ta'limotlar tarixi sohasida professorlar H.S.Sobirov, A.A.Razzoqov, Q.Yo`ldoshev, N.Q.Yo`ldoshev, Yu.B.Yusupov kabilar jahon va milliy merosimizning noyob durdonalarini o`rganish, tartibga solish va tahlil qilishga katta hissa qo`shmoqdalar.
398
Moliya, investitsiya, pul muomalasi, bank ishi sohalarida prof. T.S.Malikov, S.A.Berjanov, Sh.Z.Abdullayeva, O.Olimjonov, A.Qodirov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademik V.V.Kim, prof. A.Abdug`aniyev, A.N.Mahmudov, D.Axmedovlar agrar-sanoat kompleksi taraqqiyoti muammolarini tadqiq etmoqdalar.
Prof. q.Abduraxmonov, A.Nazarov. N.Xo`jayev, Sh.Xolmo`minov va boshqalar mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasiga oid darslik va qator o`quv qo`llanmalarni yaratishgan.
Makro va mikro hamda mintaqaviy iqtisodiyot sohasida prof. A.Ishmuhamedov, B.Salimov, N.Ibragimov, E. Mahmudov tadqiqotlari muhimdir.
Statistika bo`yicha prof N.Soatov, X.Nabiyev, Z.Toshmatov, E.Akromovlar sermahsul o`quv, ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Buxgalteriya hisobi va audit sohasida prof. S.Qodirxonov, M.Umarova, M.To`laxo`jayeva, N.Jo`rayev, O.Jumanov, S.Vohidov va boshqalar barakali faoliyat ko`rsatishmoqda.
Marketing fani bo`yicha prof. M. Qosimova, D.Muhiddinov, A.Fattoxov, X.Raimov va boshqalar milliy bozor shakllanishi va rivojlanishi shart-sharoitlarini tadqiq etmoqdalar.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida prof. J.Jalolov, R.Shodiyev, G.Nazarova va boshqalarning tadqiqotlarini alohida eslab o`tish darkor.
Informatika va axborotlar texnologiyasi bo`yicha akademik S.S.G’ulomov, R.Alimov, B.Xodiyev, T.Shodiyev, q.Alimov. A.Shermuxamedov va boshqalarning faoliyati diqqatga sazovordir.
Yuqorida eslab o`tilgan olimlarning tadqiqotlari jahon va milliy iqtisodiy tafakkurini boyitishga ma'lum hissa qo`shib kelmoqdalar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotimizning nazariy-ilmiy, o`quv-amaliy manbalari tobora kengaymoqda. Bu esa, pirovardida yoshlarning malakali mutaxassis va tadbirkor bo`lib yetishishiga puxta zamin yaratadi. Chunki XXI asrdagi iqtisodiyot taraqqiyoti va xalq farovonligining asosiy manbayi har tomonlama kamol topgan shaxslar hisoblanadi. Bu Konfutsiyning "Eng katta sevinch-ilm olishda va uni hayotga tatbiq etishda", degan o`giti yangi asrda yanada to`laroq o`z isbotini topmoqda.

399

XULOSA


1917 yildagi oktabr to`ntarilishi va sho`rolar hokimiyati (1917- 1990) davrida sobiq SSSR va hususan O`zbekistonda ma'muriy- buyruqbozlikka asoslangan imperativ rejali iqtisodiyotga o`tildi. Nokapitalistik konsepsiya, ya'ni bozor munosabatlarini inkor etuvchi yo`l tanlab olindi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti tufayli erishilgan ayrim yutuqlar vaqtincha samara berdi. Markaz tomonidan olib borilgan siyosat oqibatida katta potensialga ega bo`lgan O`zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama agrar- xomashyo yo`nalishida rivojlandi, sanoat tovarlar ishlab chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahokimligi ijtimoiy-ekologik muammolarni keltirib chiqardi, yerlarning sho`rlanishi, botqoqlashuvi kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi keskin ortda qoldi. Ilg`or mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixi bozor iqtisodiyotini qo`llash yo`li bilangina taraqqiyotga erishish mumkinligini ko`rsatmoqda. Ko`p yillar davomida imperativ rejali iqtisodiyot yuritgan sobiq SSSR va boshqa "sotsialistik" deb atalgan davlatlar iqtisodiyoti inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o`tishni taqozo etmoqda. O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`z mustaqilligiga erishgandan so`ng (1991) o`ta boshladi. Bu bozor iqtisodiyotiga o`tish konsepsiyasi ma'muriy- buyruqbozlikka asoslangan rejali (planli) iqtisodiy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning qonun-qoidalari va uning O`zbekistondagi milliy xususiyatlarga xos ilmiy qarashlar majmuidan iboratdir.


Respublikamizning bozor munosabatlariga o`tish konsepsiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik Islom Karimovning asar- lari, risola va nutqlarida izohlab berilgan. O`zbekistonning tarixiy, ilmiy, an'anaviy, ekologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib, respub- likada ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li maqbul deb topildi. Bu o`tish yo`li tadrijiy (evolutsion) ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq ko`rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko`chish uchun ma'lum o`tish davri obyektiv za- ruriyatdir. Bu zarurat eskirgan hayot ukladi o`rniga yaratiladigan yangi uk- ladni vujudga keltirishdagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bog`liqdir. O`zbekiston sharoitida bu o`tish davri bir necha bosqichdan iborat bo`ladi, birinchi bosqich 1991-1994 yillar, ikkinchi bosqich 1994 -1999 yillarda amalga oshirildi, uchinchi bosqich 2000 yil- dan boshlandi.
O`tish davrining davom etish vaqti va bosqichlari soni o`tish davrida qo`llaniladigan qator aniq obyektiv va subyektiv omillar va us-
400
lublarga bog`liqdir. Uni nisbatan tezroq va to`fonlarsiz amalga oshirish bosh vazifa hisoblanadi. O`zbekistonda sobiq sho`ro davlatlari orasida bir- inchilardan bo`lib mustaqillikning o`n yili davomida muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Inqirozlar davri tugab (1996), iqtisodiyotning jadal o`sish davri boshlandi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, milliy valutamiz bo`lgan so`m mustahkamlandi, xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. Yoqilg`i-energetika va don mustaqilligi ta'minlandi, iqtisodi- yotda tarkibiy o`zgarishlar keng quloch yoydi, yangi sanoat tarmoqlari vu- judga keldi. Iqtisodiyotda sezilarli siljishlar amalga oshirildi. Bozor infra- strukturasi yaratildi, asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar o`sishi ta'minlandi. Bu tanlab olingan iqtisodiy islohotlar yo`lining to`g`riligi natijasidir.
Mustaqillikning 10 yilligi davomida erishilgan natijalarning eng muhim ko`rsatkichlari to`g`risida Prezident I.Karimovning 2001 yilda re- spublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarn- ing borishini baholash hamda 2002 yilgi vazifalarga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining yig`ilishida so`zlagan nutqida quyidagilar ta'kidlangan:
·O`tgan yil mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islo- hotlar uchun muhim yil bo`ldi. 2001 yilda birinchi bor yalpi ichki mahsu- lotning 1991 yilga nisbatan 103% o`sishiga erishildi. Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotni o`stirish tendensiyalari aniq ko`zga tashlandi.
Yalpi ichki mahsulot 4,5%, sanoat ishlab chiqarishi 8,1%, qishloq xo`jaligida mahsulot tayyorlash 4,5% ko`paydi. Inflatsiya darajasi oyiga o`rtacha 2% ni tashkil etdi. Aholining real daromadlari esa 16,9% o`sdi. Tashqi savdo aylanmasida ham o`sish ta'minlandi, bu borada ijobiy saldoga erishildi.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish