Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; "Umumiy nazariya...", aralash iqtisodiyot; psixologik qonun; bandlik, milliy daromad, investitsiya; foiz, likvidlik; multiplikator; keynschilik; AQSHdagi keynschilik; akselerator; Fransiya keynschilari; indikativ rejalashtirish.
1.1Keyns ta'limotining mohiyati, "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asari to`rsida nima bilasiz?
Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak?
Keyns ta'limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan? 4.Keynsning "psixolok qonuni" nimani anglatadi?
Investitsiya, multiplikator koeffitsienti nima?
Foiz , likvidlikning mohiyati nimada?
Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday?
Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima?
Domar- Xarrodning iqtisodiy o`sish nazariyalari nimani bildiradi?
Keyns ta'limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat?
339
Pul bo`lsa, changalda sho`rva.
Maqol.
19-BOB. NEOLIBERALIZM
Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo`ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada aralashuvi tu- fayli cheklanmagan erkin raqobat g`oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq za- rur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo`llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investit- siyalash, hukumat buyutma va xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyo- satini kuchaytirish bo`yicha davlat chora-tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o`nta keng qo`llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma'lum bo`lgan davlat budjeti kamomadi va inflatsiyaga olib kelishida ko`rinadi.
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqti- sodiyotni boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" qabilida bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard aytganidek "Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo`lgan yerda" amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo`lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyot- dagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi.
XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini chek- lash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar nihoyatda kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi.
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va An- gliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakil- lari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni "monetar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes,
340
M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisod- chilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi (forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki, o`sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustun- vorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |