Iqtisodiy talimot doc


Merkantilizm va hozirgi zamon



Download 1,61 Mb.
bet26/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

5.4. Merkantilizm va hozirgi zamon


Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g`oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, so`ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g`oyalarini to`la ratsional va ma'lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy


106
avtarkiya va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.
A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina "Mamlakat xavsizligi farovonlikdan muhimroq" deb yozish bilan shunday nuqtayi nazarni ilgari surdiki, unga ko`ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko`shni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro`y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro`y beradi: "boylik" oltin va kumushning oddiy ko`pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo`ladi. Haqiqatan ham, ko`pchilik merkantilistlar shunday nuqtayi nazarni himoya qilganlarki, unga ko`ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, ya'ni qarama-qarshidir, go`yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu merkantilistlarning "qo`shningni talontoroj qil" degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari, bu g`oyada ichki iste'molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko`rsatiladi.
Merkantilizmni qaytadan qo`llash, klassik maktabni (bu haqda quyida gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo`liga keyinroq o`tgan davlatlarda ro`y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to`la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o`ylamaganlar. Shu sababli bu yerda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo`l- ko`lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog`liq ta'limot yuzaga keldi. U "Merkantilizm to`g`risidagi mulohazalar" va "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g`oyalarini qo`llaydi, unda "amaliy donolik" kurtaklari borligi ta'kidlanadi. Eksportning importdan ko`pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va bandlikni rag`batlantiradi. Keyns shularni "merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat urug`lari" deb ataydi.
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari
107
avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to`la ma'lumot maxsus boblarda beriladi).
Keyns o`zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to`rt sohani
berdi:

  1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib,

ssuda foizini pasaytirish va investitsiyalarni rag`batlantirishni o`ylaganlar;

  1. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo`rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag`batlantirgan. Keynsning fikricha, "mo`'tadil inflatsiya" iqtisodiy faollikni qo`llab- quvvatlaydi;

  2. Merkantilistlar "pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi" to`g`risidagi tushunchaning asoschilari bo`lganlar. Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo`li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol bo`lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv sabablarga bog`liq edi, masalan, agrar sohada u ko`pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo`jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to`g`ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to`xtatib qo`yganidek;

  3. Merkantilistlar o`z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish yo`nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo`lgan.

Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo`shmoq kerak, chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o`ynaydi. Buni Keyns o`z-o`zidan ravshan narsa, deb tushungan bo`lsa ehtimol.
Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining yemirilishi va ko`plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda "nomerkantilizm" g`oyalari ilgari surilmoqda. Yosh, rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo`jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar "nomerkantilistik" hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo`li bilan industrializatsiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga to`g`ri keladi.
108
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish yo`lidan borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga o`tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko`p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o`xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolutsion) yo`lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to`g`rida kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda beriladi). Shu sababli merkantilizm ta'limotini har tomonlama o`rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.


XULOSA


XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm va u bilan bog`liq siyosat paydo bo`ldi. Bu ta'limot bo`yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta'limotda ikki davrni ajratish mumkin:



  1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo`ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo`ladi, degan g`oyani ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko`proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ`ib qilingan.

  2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko`proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g`oyasi ilgari surilgan.

Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko`rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma'lum.
Bu ta'limot yangi tug`ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo`ldi. Kapitalning dastlabki jamg`arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo`llab- quvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi.
Merkantilizm tarixan cheklangan bo`lsa ham (u XVIII asrda to`g`ri va qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o`rinni egallaydi. Lekin bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to`la amalga oshirish
109
qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo`shdi.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish