7.2-chizma. F.Kenyening iqtisodiy jadvali (2-variant)
Umumiy ijtimoiy mahsulotning aylanish natijalariga ko`ra sinflar o`rtasida 3 mlrd livrlik qishloq xo`jalik mahsuloti va 2 mlrd livrlik sanoat buyumlari realizatsiya qilindi. "Unumli sinf" ixtiyorida qolgan 2 mlrd livr- lik mahsulot barcha sinflar o`rtasidagi muomalaga kirmaydi, u faqat shu sinf doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsu- lot qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi jarayonida sarflangan urug` va oziq- ovqat mahsulotlari o`rnini qoplaydi. "Unumli sinf" tomonidan sotib olin- gan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning sarflangan qismini qoplash uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mlrd livrlik muomala (aylanish) natijasida "unumli sinf" qo`liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida yer egalari qo`liga kelib tushadi. Shunday qilib, yangi ishlab chiqarish siklini boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo, u ilgarigi hajmda, ya'ni oddiy tak- ror ishlab chiqarish uchun mos keladi.
Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ularni F.Kenye qirol mahkamasidan olgan bo`lishi aniq.
141
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning ay- lanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan.
F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik mod- ellashtirishni amalga oshirgan edi.
F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jad- val".
F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |