Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi Himoyaga ruhsat beriladi Fakultet dekani


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/52
Sana22.06.2021
Hajmi1,13 Mb.
#73221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining orni va bu mavzuni oqitish xususiyatlari

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar 

dinamikasi

8

 

 

 



 

O`zbekiston    Respublikasi  Prezidentining  2009  yil  26  yanvardagi  PQ-1047-

sonli  «Oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  ichki  bozorni 

to`ldirish  yuzasidan  qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g’risida»gi  Qaroriga  asosan  2013 

yilda  tijorat  banklari  tomonidan  mahalliy  oziq-ovqat  iste`mol  tovarlari  ishlab 

chiqaruvchi  korxonalarga  qariyb  1 263  mlrd.  so`m  yoki  2012  yilga  nisbatan 

1,3 barobarga ko`p kreditlar ajratildi. 

Fikrimizcha,  hozirgi  paytda  ushbu  soha  nafaqat  iqtisodiyotning  o`sish 

sur`atlarini  jadallashtirishda,  balki  mamlakatimiz  uchun  nihoyatda  muhim  bo`lgan 

bandlik  va  aholi  daromadlarini  oshirish  masalalarini  hal  etishda  ham  etakchi  o`rin 

tutmoqda.  Bunga,  asosan,  huquqiy  bazani  mustahkamlash,  iqtisodiyotning  mazkur 

sektori  uchun  barqaror  qulaylik,  imtiyoz  va  kreditlar  tizimini  shakllantirish 

                                                           

8

 O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari



 

4 041 


5346 

6982 


752 

1023 


1366 

0

1 000



2 000

3 000


4 000

5 000


6 000

7 000


8 000

2011 yil


2012 yil

2013 yil


Kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan

jami kreditlar



32 

 

masalalariga jiddiy e`tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda. 



2012  yil  davomida  kasb-hunar  kollejlari  bitiruvchilariga  tadbirkorlik  faoliyati 

bilan  bog’lik  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun  tijorat  banklari  tomonidan  48,5 

mlrd.  so’m  miqdorida  imtiyozli  mikrokreditlar  ajratildi.  "Mustahkam  oila  yili"  da 

oilalarning  ijtimoiy-maishiy  sharoitlarini  yaxshilash,  turmush  darajasini  oshirish 

maqsadida  mahalliy  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar,  jumladan  mebellar,  maishiy 

texnikalar va boshqa turdagi uzoq foydalaniladigan jihozlarni sotib olishga jami 320 

mlrd. so’mlik, shu jumladan 15 mingta yosh oilaga uch yillik qaytarish muddati bilan 

81 mlrd. so’mlik iste`mol kreditlari ajratildi. 

2012 yilda mamlakatimizning yuqori sur`atlar bilan barqaror o’sishini ta`kidlar 

ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital 

mablag’lar, investitsiyalarning tobora o’sib borayotganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki 

mahsulotga  nisbatan  22,9  foizni  tashkil  etganida,  deb  hisoblashimiz  zarur. 

Banklarning  roli  iqtisodiyotininig  etakchi  tarmoqlarini  modernizatsiya  qilish,  texnik 

va  texnologik  qayta  jihozlash,  uy-joylar  qurilishini,  transport  va  infratuzilmaviy 

kommunikatsiyalarni  rivojlantirish  loyihalarini  amalga  oshirish  bo’yicha  o’z 

investitsion  siyosatida,  ayniqsa  ahamiyatlidir.  Banklar  tomonidan  ajratilgan  kredit 

qo’ilmalari qoldig’i esa 30,5 foizga o’sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra 20,4 

trln.  so’mni  tashkil  etdi.  Ajratilgan  kreditlarning 85,8  foizi ichki  manbalar  hisobiga 

berilgan bo’lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, asosan iqtisodiyotniig strategik 

tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini 

qo’llab-quvvatlash  bo’yicha  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun  jalb 

qilinmoqda.  Yaratilgan  qulay  investitsiyaviy  muhit,  jumladan,  banklarning  kredit 

portfeli  tarkibida  uzoq  muddatli  investitsiyaviy  moliyalashning  ulushiga  qarab 

tabaqalashtirilgan  foyda  solig’i  stavkalarining  joriy  etilganligi  tijorat  banklarining 

investitsiyaviy  faolligini  oshirishga  xizmat  qilmoqda.  Banklarning  investitsiya 

kreditlari  ustuvor  ravishda  "2011-2015  yillarda  sanoatni  rivojlantirish",  "2012  yilgi 

Investitsiya  dasturi"  hamda  tarmoqlarni  modernizatsiya  qilish,  mahalliylashtirish  va 

hududlarni  rivojlantirish  davlat  dasturlariga  kiritilgan  loyhalarni  qo’llab-

quvvatlashga,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbikorlik  sub`ektlari  tomonidan 

minitexnologiyalarni sotib olishga yo’naltirilmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "Tijorat  banklarining  investitsiya 



33 

 

loyihalarini  moliyalashtirishga  yo’naltiriladigan  uzoq  muddatli  kreditlari  ulushini 



ko’paytirishni  rag’batlantirish  borasidagi  qo’ushimcha  chora-tadbirlar  tug’risida" 

2009  yil  28  iyunda  imzolangan  PQ-  1166-sonli  Qaroriga  binoan  tijorat  banklariga 

quyidagi imtiyozlar berildi:  

 2015  yilning  1  yanvarigacha  tijorat  banklari  kredit  portfeli  tarkibida  uzoq 



muddatli  investitsiyaviy  moliyalashning  ulushiga  qarab,  tabakalashtirilgan  stavkalar 

bo’yicha foyda solig’ini to’lash; 

 tijorat  banklariga  korxona  va  tashkilotlar  -  yirik  investitsiya  loyihalari 



tashabbuskorlariga  loyiha-smeta  hujjatlarini  ishlab  chiqish  va  ularni  investitsiya 

loyihasini  amalga  oshirish  uchun  qabul  qilishda  ekspertizadan  o’tkazish  bo’yicha 

xarajatlarni  umuman  loyihani  moliyalash  uchun  beriladigan  kreditning  umumiy 

summasiga  kiritgan  holda,  moliyalashga  kreditlar  berishni  amaliyotga  tatbiq  qilish 

joriy etildi. 

Natijada  2012  yilda  korxonalarni  modernizatsiya  qilish,  texnologik  va  texnik 

jihatdan  qayta  jihozlash  maqsadlariga  tijorat  banklari  tomonidan  jami  5760  mlrd. 

so’m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko’p investitsiya kreditlari ajratildi. 

Bank  tizimining  respublikamizda  uy-joy  qurilishini  rivojlantirish  va  mazkur 

jarayonni  moliyalashtirishdagi  faoliyati  alohida  e`tiborga  molikdir.  Banklarning 

ushbu  yo’nalishdagi  kreditlari  ham  uzoq  muddatga  mo’ljallangan  bo’lib,  ular 

investitsion kreditlar tarkibida salmoqli o’rin egallaydi. 

Qishloq  joylarda  tasdiqlangan  namunaviy  loyihalar  bo’yicha  yakka  tartibdagi 

uy-joy  qurilishini  moliyalashtirish  bo’yicha  "Qishloq  qurilish  bank"  tomonidan 

muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2012 yilda mazkur bank tomonidan namunaviy 

loyihalar bo’yicha 8510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirishga jami 

810,0  mlrd.  so’mlik  mablag’  yo’naltirildi.  Ushbu  mablag’ning  294,8  mlrd.  so’mi 

mijozlarning  badallari  va  515,2  mlrd.  so’mi  "Qishloq  qurilish  bank"ning  kreditlari 

hissasiga  to’g’ri  keladi.  Mazkur  kreditlar  "Qishloq  kurilish  bank"  tomonidan 

imtiyozli ravishda 15 yil muddatga 7 foizli stavka buyicha ajratilmoqda. 

Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy soglomlashtirish, qayta tiklash, texnik 

va  texnologik  jihatdan  modernizatsiya  qilish,  ichki  va  tashqi  bozorlarda 

raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  keyinchalik  ushbu 

korxonalarni  strategik  investorlarga  sotish  borasida  ham  banklar  tomonidan  2012 




34 

 

yilda salmoqli ishlar amalga oshirildi. 



Xususan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklari tomonidan jami 

168  ta  iqtisodiy  nochor  korxona  bank  balansiga  qabul  qilingan  bo’lib,  ushbu 

korxonalarda  ishlab  chiqarishni  tiklash  vа  modernizatsiya  qilish  maqsadida  banklar 

tomonidan  388  mlrd.  so’mlik  investitsiyalar  kiritildi  hamda  faoliyati  tiklangan 

korxonalarning 120 tasi yangi mulkdorlarga 919,3 mlrd. so’mga sotildi. 

Bugungi  kunda  tijorat  banklari  balansidagi  faoliyati  tiklangan  korxonalarni 

yangi  mulkdorlarga  sotish  ishlari  olib  borilmoqda  hamda  11  ta  korxonada  ishlab 

chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha texnologik liniyalarni tiklash, qurilish-ta`mirlash, 

yangi  uskunalar  o’rnatish  va  modernizatsiyalash  bilan  bog’liк  ishlar  amalga 

oshirilmoqda. 

Mamlakatimizda  eksportga  etkazib  berish  hajmi  va  turlarini  ko’paytirish, 

raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni 

rag’batlantirish,  ularga  mahsulotlarini  yangi  jahon  va  mintakaviy  bozorlarga  olib 

chiqishda  ko’maklashish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012 

yil  26  martdagi  "Eksport  qiluvchi  korxonalarni  rag’batlantirishni  kuchaytirish  vа 

raqobatbardosh  mahsulotlarni  eksportga  etkazib  berishni  kengaytirish  borasida 

qo’shimcha chora-tadbirlar tug’risida"gi PQ-1731-son Qarori qabul qilindi. 

Natijada, banklar balansiga olingan holda faoliyati tiklangan korxonalarda jami 

1,7 trln. so’mlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarildi va shundan, 480,0 mln. AQSH  

dollari mikdorida mahsulot eksport qilindi. 

Hayot darajasi, birinchi navbatda, aholi daromadlari miqdori bilan belgilanadi. 

2012  yilda  bu  ko’rsatkich  O’zbekistonda  17,5  foizga  o’sdi,  eng  kam  ish  haqi  26,5 

foizga oshdi.  

Yurtimizda  kechayotgan  o’zgarishlar  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  real 

pul  mablaglari,  o’rtacha  nominal  va  real  ish  haqi  miqdori  belgilangan  eng  kam  ish 

haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya ko’rsatkichlarini yaqqol namoyon etmoqda. 




Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish