Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi Himoyaga ruhsat beriladi Fakultet dekani



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/52
Sana22.06.2021
Hajmi1,13 Mb.
#73221
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining orni va bu mavzuni oqitish xususiyatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


38 

 

2.2. Xizmatmat ko’rsatish, Oilaviy biznes va kasanachilik sohalarini 



rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirish garovi 

sifatida. 

Aholini ish bilan ta`minlash masalasi faqat bugun ko`tarilgan masala emas. Bu 

mamlakatimiz  Prezidentining  doimiy  diqqat  e`tiborida  bo`lib  kelgan  masaladir. 

Jumladan, 2005 yil 20 iyunida "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni 

rag’batlantirish  borasidagi  qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g’risida"gi,  2006  yil  5 

yanvarda "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab 

chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-

tadbirlari  to`g’risida"gi,  2006  yil  "O`zbekiston  Respublikasida  2006-2010  yillarда 

xizmat  ko`rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirishni  jadallashtirish  chora-tadbirlari 

to`g’risida"gi,  2006  йил  23  martda  "Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer 

xo`jaliklarida  chorva  mollarini  ko`paytirishni  rag’batlantirish  chora-tadbirlari 

to`g’risida"gi  qaror  va  farmonlarini  qabul  qilinishi  yuqoridagi  fikrning  tasdig’idir. 

Albatta,  bularning  hammasi  aholini  ish  bilan  ta`minlashga,  tadbirkorlikni 

rivojlantirishga,  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  sonini  ko`paytirishga  erkin 

iqtisodiyotni  shakllantirishgа,  mamlakatimizda  ijtimoiy-iqtisodiy  barqarorlikni 

ta`minlashga  qaratilgandir.  Ammo  shuni  e`tirof  etish  kerakki,  ko`rilgan  chora-

tadbirlarga qaramasdan aholini ish bilan bandligini oshirish muammosi keskinligicha 

qolmoqda. 

2009  yilda  yaratilgan  yangi  ish  o`rinlarining  41,5%  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlikni,  28,7%  xizmat  ko`rsatish  sohalarini  rivojlantirish  hisobiga  tashkil 

etildi. 

 To`g’ri,  ushbu  sohalarda  olib  borilgan  islohotlar  keyingi  yillarda  sezilarli 

darajada  tezlashdi  va  buning  natijasida  katta  yutuqlar  ham  qo`lga  kiritildi. Masalan, 

2009  yilda  amalga  oshirilgan  ishlar  natijasida  940  mingdan  ortiq  ish  o`rinlari 

yaratilgan bo`lsa, 2008 yilda esa 60 mingta ko`p, ya`ni 630 mingtadan ziyodni tashkil 

etdi.  Birgina  2009  yilda  yaratilgan  yangi  ish  o`rinlarining  41,5%  kichik  biznes  va 

xususiy tadbirkorlikni, 28,7% xizmat ko`rsatish sohasi hissasiga to`g’ri keldi. O`tgan 

yilda yangi ish o`rinlarini tashkil etish borasidagi chora-tadbirlar yil oxiriga kelib ish 

bilan  band  bo`lmagan  mehnatga  layoqatli  aholi  o`rtasida  ishsizlar  sonini 

mamlakatimiz  bo`yicha  5%  ga  kamaytirish  imkonini  berdi.  Bundan  ko`rinadiki, 




39 

 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  ximat  ko`rsatish  va  kasanachilik  sohalarini 



rivojlantirishga 

bo`lgan 


e`tiborni 

yanada 


kuchaytirish 

kerak 


bo`ladi. 

Prezidentimizning  joriy  yil  fevral  oyidagi  2007  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish  yakunlari  va  2008  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng 

muhim  ustuvor  yo`nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi 

ma`ruzasida:-  "uchunchi  ustuvor  yo`nalish  -  aholini  ish  bilan  ta`minlashni  yanada 

yaxshilash va uning farovonligini  oshirishning  eng  muhim  yo`nalishi  sifatida kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlik, xizmat  ko`rsatish  va  kasanachilik  sohalarini  qo`llab-

quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat" - deya ko`rsatib o`tilishi ham 

bejiz emas, albatta. 

Aytish  mumkinki,  so’ngi  yillarda  xizmat  ko`rsatish  va  servis  sohasini 

rivojlantirishning  yangi  istiqbolli  turlari  -  bank-moliya,  sug’urta,  axborot-

kommunikatsiya  xizmatlari  va  boshqa  xizmatlarni  rivojlantirish  hisobiga 

takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, komp'yuter va shaxsiy 

avtotransport bilan ko’payishiga ham imkon yaratdi.  

Ammo  tan  olish  kerakki,  haqiqatan  mazkur  sohani  rivojlantirishda  jidiy 

kamchiliklar  ham  yo’q  emas.  Ayniqsa,  ish  bilan  bandlikni  oshirish  va  aholi 

daromadlarini  ko`paytirish  hamda  mahalliy  byudjetlarni  to`ldirishning  istiqbolli 

manbai  sifatida  xizmat  ko`rsatish  va  servis  imkoniyatlaridan  kam  foydalanilmoqda. 

Xizmat  ko`rsatish  sohasi,  ayniqsa,  qishloq  joylarda  juda  sust  rivojlanmoqda.  Lekin 

shuni e`tirof etish kerakki, ushbu soha juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  juda  tez  rivojlantirishi  mumkin  bo`lgan  sohadir. 

Bunday  katta  imkoniyatdan  foydalanish  darajasi  talab  qilingan  holatdan  ancha  kam. 

Ushbu  sohaning  yana  bir  muhim  jihati,  qishloqda  ortiqcha  ish  kuchini  ish  bilan 

ta`minlash  masalasini  ham  hal  qilishga  ko`maklashuvchi  muhim  soha  ekanlagini 

yoddan  chiqarmaslik  kerak.  Chunki  xususiy  tadbirkorlik  uchun  jozibador  bo`lgan 

ko`pgina  an`anaviy  xizmat  turlari  shaharda  ham,  qishloqda  ham  etarli  darajada 

rivojlanmayapti.  Albatta,  kam  e`tibor  berilgan  sohaning  samaradorligi  ham  shunga 

yarasha bo`ladi. 

 

Ushbu 


holatlarni 

inobatga 

olib, 

Prezidentimizning 



"O`zbekiston 

Respublikasida  2006-2010  yillarda  xizmat  ko`rsatish  va  servis  sohasini 

rivojlantirishni  jadallashtirish  chora-tadbirlari  to`g’risia"gi qarori qabul qilinib,  unda 



40 

 

xizmatlar  ko`rsatish  va  servis  sohasini  jadal  rivojlantirish  uchun  qulay  shart-sharoit 



yaratish,  uning  iqtisodiyotdagi  ulushini  oshirish,  xizmat  ko`rsatish  sohasi 

tarmoqlarida  band  bo`lganlar  sonini  ko`paytirish  va  shu  asosda  aholi  daromadlarini 

oshirish  hamda  ichki  iste`mol  bozorini  zamonaviy,  sifatli  turli-tuman  xizmat  turlari 

bilan to’ldirishning aniq chora-tadbirlari belgilab berildi. 

Xizmat  ko`rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirish  aholining  daromadlarini 

ko’paitirish,  turmush  darajasini  oshirishning  o’ta  muhim  sharti  bo`lgan  aholining 

bandlik  masalasini  ham  hal  bo`lishini  ta`minlovchi  muhim  omillardan  biridir.  Shu 

sababli,  yuqoridagi  qaror  va  unga  muvofiq  ishlab  chiqarilayotgan  yillik  dasturlar 

ijrosini ta`minlashga bo`lgan e`tibor yil sayin oshib bormoqda. 

2006-2010  yillar  davomida  xizmat  ko`rsatish  va  servis  sohasida  muntazam 

chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  hamda  ushbu  sohaga  turli  xil  imtiyozlarning 

berilishi sohaning jadal rivojlanishi bilan birga, xizmatlar sifatining oshishiga, uning 

xalqaro  andozalar darajasidagi holatining shakllanishiga olib  kelishi  muqarrar desak 

mubolag’a bo’lmaydi, albatta.

9

 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  respublikamizda  aholini  ish  bilan 



bandligini oshirishning muhim sohalaridan biri hisoblanayotgan xizmat ko`rsatish va 

servisni rivojlantirishda quyidagalarga e`tibor qaratish maqsadga muvofiqdir: 

-   xizmat  bozri  tarkibida  xizmatarni  yangi  istiqbolli,  mamlakatimizning  kelajagini 

belgilaydigan  turlari,  ya’ni  zamonaviy  bank-moliya,  sug’urta,  axborot-

kommunikatsiya xizmatlari, turizm servisini takomillastirish; 

-  Xizmat  ko’rsatish  va  servis  sohasining  zamonaviy  yo’nalishlarida  faoliyat  olib 

bora oladigan kadrlarni tayyorlashni qo’yish; 

-  ushbu soha sub`ektlariga imtiyozli kreditlar ajratishni yanada kengaytirish; 

-  xizmat  ko`rsatish  va  servis  sohasini  qishloq  joylarga  olib  kirishni  jadallashtirish 

va shu kabilar. 

Xizmat  ko`rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirish  bandlik  muammosini, 

ayniqsa, xotin-qizlar,  qishloq  yoshlarini ish  bilan  ta`minlash, oilalarning daromadini 

sezilarli darajada ko`paytirish, butun mamlakatimiz aholisining farovonligini oshirish 

imkoniyatini yaratadi. Bu, birinchidan, aholini ish bilan ta`minlash orqali oilalarning 

aniq  daromadlarini  ko`paytirishga  xizmat  qilsa,  ikkinchidan  esa,  mamlakatimiz 

                                                           

9

 Ernazarov U.Tadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asos. /Xalq so’zi, 2013 yil 20 fevral, №35. 




41 

 

bozorini  xizmatlarga  bo`lgan  ehtiyojini  qondirish  orqali  aholining  turmush 



darajasining oshishiga sabab bo`ladi. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  aholini  ish  bilan  bandligini  oshirishning 

muhim  omillari  bo`lgan  kichiк  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  xizmat  ko`rsatish  va 

servis  sohalari  bilan  bir  qatorda  kasanachilik  sohasini  rivojlantirishga  ham  katta 

e`tibor  qaratilmoqda.  Prezidentimizning  2006  yil  5  yanvardagi  "Yirik  sanoat 

korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar 

o`rtasida  kooperatsiyani  kengaytirishni  rag’batlantirish  chora-tadbirlari  to`g’risida" 

Farmoni  hamda  2006  yil  11  yanvarda  Vazirlar  Mahkamasining  mazkur  farmonni 

amalga  oshirish  choralariga  bag’ishlangan  4-sonli  qaroriga  muvofiq    "Kasanachilik 

to`g’risida Nizom"ning qabul qilinishi yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Zero, 

mazkur hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali bir qator vazifalarni ro`yobga chiqarish 

ko`zda  tutilgan.  Xususan,  ish  bilan  band  bo`lmagan  aholini  ishlab  chiqarishga  jalb 

etish,  oila  byudjeti  daromadlarini  ko`paytirish,  uy  mehnatidan  foydalangan  holda 

butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va ba`zi bir 

xizmatlar  ko`rsatishni  tashlil  etish  yo’li  bilan  yirik  sanoat  korxonalari  faoliyati 

samaradorligini oshirishga erishish mumkin. 

Yuqorida  zikr  etilgan  farmon,  qaror  va  boshqa  me`yoriy  hujjatlarda  yirik 

sanoat  korxonalari  bilan  kasanachilikni  rivojlantirish  asosidagi  ishlab  chiqarish  va 

xizmatlar  o`rtasida  kooperatsiyani  kengaytirish  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqish 

ko`zda  tutilgan  bo`lib,  bu  asosan  shahar  aholisini  ish  bilan  ta`minlashga  qaratilgan, 

chunki  yirik  korxonalarning  aksariyat  qismi  shaharlarda  joylashgan.  Bunday  holat 

aholini  ish  bilan  ta`minlashning  yana  bir  yo`nalishini  ochib  bermoqda.    Ilgari  ish 

bilan  bandlik  masalalari  qishloqlarda  birmuncha  hal  etilgandi.  Sababi,  qishloqlarda 

fermerlik harakatining rivojlanishi va dehqon xo`jaliklarining tashlil etilishi oqibatida 

aholi  bandligi  ta`minlanayotgan  bo’lsa,  endilikda  bu  muammo  shaharlarda  ham  hal 

etilishi uchun imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. 

Biroq,  shuni  ta`kidlash  joizki,  kasanachilik  faqat  shahar  aholisini  ish  bilan 

ta`minlashgagina  mo`ljallangan  emas.  Bu  usul  bilan  qishloq  va  shahar  aholisi 

bemalol  shug’ullanishlari  mumkin.  Bu  faoliyatning  chegarasi  belgilanmagan.  Qaysi 

bir ish joylarida ish beruvchi korxonalar mavjud bo’lsa, kasanachilikni tashkil qilsa 

bo`ladi.  Bundan  tashqari,  qishloq  aholisi  shahardagi  korxonalar  bilan  shartnoma 



42 

 

asosida  kasanachilik  faoliyati  bilan  bemalol  shug’ullanishi  uchun  ham  keng 



imkoniyatlar tug’ildi. 

Ma`lumki,  bozor  iqtisodiyoti  nima  ekanligiligini  deyarli  hammamiz  yaxshi 

bilamiz.  Davlatimiz  rahbari  bozor  munosabatlariga  o`tish  qanday  muammolarni 

keltirib  chiqarishi  mumkinligini  oldindan  anglab,  o`zining  besh  tamoyilini  ishlab 

chiqishda  ijtimoiy  siyosatga  alohida  urg’u  bergan.  Mana  hayotning  o`zi  ko`rsatib 

turibdiki,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  aholining  ijtimoiy  yordamga  muhtoj  qatlami 

davlat  tomonidan  qo`llab-quvvatlanmasa,  bu  jamiyatda  katta  muammolarni  keltirib 

chiqarishi  mumkin.  Shu  ma`noda  yuqoridagi  Farmon  va  qarorlar  ishsizlikni 

kamaytirish,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  oilalarni  qo`llab-quvvatlash,  nogironligi 

tufayli uyda o`tirib qolgan, ammo qo`lidan ish keladiganlarni ish bilan ta`minlashda 

muhim ahamiyatga egadir. 

Mazkur  farmon  va  qarorlar  respublika  aholisining  bandligi,  ayniqsa,  qishloq 

joylardagi  ish  bilan  band  bo`lmagan  aholini  uyda  mahsulotlar  ishlab  chiqarish, 

xizmatlar  ko`rsatish  ishlariga  jalb  etish  va  ular  daromadlarining  barqaror  o`sishini 

ta`minlashga doir vazifalarni 

Hal  etishda  kasanachilikning  turli  shakllarini  keng  rivojlantirish,  jumladan, 

uning  yirik  sanoat  korxonalari  bilan  kooperatsiyasini  kengaytirishga  ustuvorlik 

berishni ta`minlaydi. Bu tadbirlar amalga oshirilsa, ish beruvchilarga real rahbatlar va 

imkoniyatlar yaratiladi.  

Milliy  iqtisodiyotning  raqobatdoshligi  iqtisodiy  faoliyat  jarayonlari  va  uning 

natijalarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo’lishiga 

ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. (6-jadval). 

Ish bilan bandlikni oshirishda, yangi ish  o`rinlarini 

yaratilishida 

kasanachilik 

sohasi  alohida  o`rin  tutmoqda.  Masalan,  2007  yilda  kasanachilikda  yaratilgan  yangi 

ish  o`rinlari  60  mingtani  (11%)  tashkil  etgan  bo`lsa,  2008  yilga  kelib  esa  106 

mingtadan ziyodni, ya`ni 20% ni (jamiga sonidagi ulushi) tashkil etdi. Bu esa o`tgan 

yilga  nisbatan  46  mingtaga  ko`p  degani.  Ushbu  natijalardan  ham  biz  ish  bilan 

bandlikni  oshirishda  kasanachilik  samarali  sohlardan  biri  ekanligini  ko`rishimiz 

mumkin. 


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish