Iqtisodiy tahlil va statistika



Download 1,05 Mb.
bet1/7
Sana24.06.2022
Hajmi1,05 Mb.
#701291
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IK419-guruh Joniqulov Muhammad. kurs ishi.






Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
“Iqtisodiy tahlil va statistika”
kafedrasi

Kurs ishi


Mavzu: Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning zamonaviy tendensiyalari va ularni O’zbekistonda qo’llanishi imkonyatlari.

Kurs ishi rahbari : Dotsent, Iqtisodiyot fanlari nomzodi Xoliqulov A.N
Kurs ishi tayyorladi : IK419-guruh talabasi Joniqulov M.O’

SAMARQAND - 2022



Mundarija


1.2 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usul va vositalari 21
Xulosa 39

Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (kelgusi o‘rinlarda Markaziy bank) maqsad va vazifalari, institutsional tuzilishi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan bo‘ldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini ta'minlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi.
Shunday islohotlardan biri, bu 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida qayd qilingan, ya'ni uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, umumiy o‘rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, ta'lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda, milliy ta'lim tizimini jahondagi globallashuv va raqobatchilikning yangi shart-sharoitlariga hamohang, maqbul holda moslashtirish, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida respublikamizda ta'lim sohasini isloh qilishning muhim vazifalaridan biri sanaladi.
“Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim:
ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish;
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart.
Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.
Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur” deb O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy majlisga murojatnomasida takidlab o‘tdi.1
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tobora bozor munosabatlariga kirib borayotgan sharoitda ishlab chiqarishga ilmiy texnika taraqqiyoti yangiliklarini kiritish strategiyasini tuzib biluvchi, loyihalarni ishlab chiquvchi va ularni taxlil qilishni biluvchi mutaxassislarni tayyorlash muxim axamiyatga ega.
“Har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas'ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarishni ta'minlashdan iborat. Shunday davr keldi.
Ana shu talabni, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2017 yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifasini belgilashni taklif etaman” – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev2. Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda.
Valyuta siyosati va pul muomalasini tartibga solish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi voqyelikda makroiqtisodiy sohada shakllanayotgan shart-sharoitlar pul-kredit siyosatida ham muhim o‘zgarishlarning amalga oshirilishiga asos bo‘ldi.
O‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyaning past va barqaror darajasi ta'minlanishi makroiqtisodiy mutanosiblikning muhim omili bo‘lib, mamlakatda ijtimoiy holatni yaxshilash, investitsion faollikni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yaratadi.
Ichki narxlar barqarorligini ta'minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz davomiy pul-kredit siyosatining yuritilishi aholi va biznes vakillari daromadlari xarid qobiliyatini saqlab qolish, ularning ishlab chiqarish, investitsiya, jamg‘arish va iste'mol borasida qarorlar qabul qilishlari uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligini ta'minlash bilan birga Markaziy bank tomonidan mamlakatimizda bank va to‘lov tizimini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelgusida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlab boradi.
Ta'kidlash joizki, faqatgina pul-kredit siyosatida amalga oshiriladigan islohotlar iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai bo‘la olmaydi. Pul-kredit choralari asosan qisqa muddatli ahamiyat kasb etib, iqtisodiyotdagi yalpi talab va taklif hajmlaridagi qisqa muddatli tebranishlarni yumshatish va ishlab chiqarish tafovutlarini1 qisqartirishga xizmat qiladi.3
Iqtisodiy o‘sishning fundamental asoslarini mustahkamlash, ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish, energiya iste'molini pasaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalash hamda uning tashqi sharoitlarga bog‘liqligini kamaytirish va raqobat muhitini rivojlantirish vazifalari, o‘z navbatida, tizimli tarkibiy islohotlarni va samarali soliq-byudjet siyosatini amalga oshirishni taqozo etadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari Markaziy bank uchun o‘rta muddatli istiqbolda dasturiy hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjat orqali Markaziy bank keng jamoatchilikka pul-kredit sohasidagi o‘z maqsadlarini e'lon qiladi.
Asosiy yo‘nalishlarda pul-kredit siyosati qaysi tamoyillar va usullar orqali amalga oshirilishi yoritiladi, iqtisodiy rivojlanishning ichki va tashqi sharoitlari hamda inflyasion jarayonlarga baho berilib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozlari keltiriladi.
O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini yuritishda inflyasiya darajasini pasaytirib borish bilan birga inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish Markaziy bankning diqqat-e'tiborida bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy bank pul-kredit siyosati o‘rta muddatli istiqbolda “o‘tish davridagi” pul-kredit siyosati rejimida amalga oshirib boriladi.
Kelgusi davrda pul-kredit siyosati oraliq va operatsion maqsadlarini belgilashda istiqbolga yo‘naltirilgan (forward looking approach) tamoyillarga asoslaniladi. Pul-kredit siyosati instrumentlari faqatgina bozor mexanizmlari asosida takomillashtirilib, ularni qo‘llashda moliyaviy aktivlarning narxiga (prie based approach) ta'sir etish usullaridan foydalaniladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish