2-chizma. Korxonani komleks raqobat tahlilining tizimi
Kompleks marketing tahlilining asosiy yo’nalishini korxonaning raqobatda tutgan o’rni muhim rol o’ynaydi. Korxonaning raqobat bardoshligi qisqa muddatdagi kapital mablag’ sarfi evaziga rejadagiga nisbatan kam bo’lmagan miqdordagi foydaga erishish tushuniladi. Korxonani raqobatga bardoshligini ta`minlash uchun raqobat qilish qobiliyatini oshirish, raqobatbardoshlik strategiyasini rivojlantirish lozim. Bu ko’rsatkichlar korxonani bozordagi faoliyatini samarali yuritish, bozordagi ulushini saqlash yoki uni oshirish, kelgusida yetarli darajadagi rentabellikka, moliyaviy barqarorlikka erishish kabi ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat. Bunday holatga erishish uchun tovar quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab etiladi.
texnik parametrlar (tovar hususiyati, uni qo’llanishi va tavsiya etilishi);
estetik parametrlar (tovarlarning tashqi ko’rinishi);
ergonomik parametrlar (tovarning inson organizmiga zararsizligi);
me`yoriy parametrlar (tovarning amaldagi me`yorlarga va standartlarga mos kelishi);
iqtisodiy parametrlar (tovar bahosi, ko’rsatiladigan servis xizmati).
Xaridorlarning xatti-harakatidan shuni anglash mumkinki, tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (S), sotib olish harajatlari (X)ga nisbatan yuqori bo’lsa, shu mahsulotni harid etadilar. Tovar raqobatdoshligi (R) quyidagicha aniqlanadi:
Tovar raqobatbardoshligini baholash bosqichlari quyidagilardan iborat:
O’rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish;
O’xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko’rsatkichlarini belgilash (aniqlash);
O’z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini aniqlash;.
Jahon bozori amaliyotida raqobatning quyidagi shartlari mavjud:
- kuchlar teng va strategiyalar o’xshash bo’lsa, bozorda muvozanat uzoq saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchiliklar susaymaydi;
- sizning raqibingiz hamma narsadan xabardor deb biling;
- raqibingizning –g’ashini keltiruvchi harakatlar qilmang;
- sizning harakatingiz imkoningiz darajasida ekanligiga raqibingizni ishontiring.
Raqobat ko’rsatkichlari korxonaning bozorda tutgan ulushiga ko’p jihatdan bog’liq:
a) ilg’or – 40%
b) ilg’orga da`vogar – 30%
v) davomchilari – 20%
g) bozorda uncha omadi kelmagan – 10%
Mahsulotning raqobatlashuv qobiliyatini pasayish sabablarini korxonaning (muhandislari, iqtisodchi, master, texnik nazorat, moddiy-texnika ta`minoti, sotish bo’limlari xodimlari) sinchiklab o’rganadilar:
- mahsulot konstruktsiyasi (modeli, tuzilishi);
- tayyorlov texnologiyasini;
- materiallar va butlovchi buyumlarning sifati va bahosi;
- korxona ishlab chiqarishining holati va boshqalar.
Mahsulot turlari parametrlarini o’zgarish sabablarini kompleks tahlilida etalon sifatida qabul qilingan o’rtacha bozor yoki tarmoq parametrlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Har bir detal , material, butlovchi buyum, texnologik jarayonlar bo’yicha tafovutlar mutaxassislar tomonidan alohida-alohida aniqlanadi va jamlanadi. Yo’l qo’yilgan kamchiliklar tufayli mahsulot raqobatbardoshligining pasayishini bartaraf etish tadbiriy choralari quyidagi mazmunga ega:
- o’zgartirish kiritiladigan va modernizatsiya qilinadigan mahsulot nomi;
- mahsulot ishlab chiqarishidagi kamchiliklarni yo’qotish bo’yicha bajariladigan ish turlari;
- kamchiliklarni yo’qotish bilan bog’liq ish turlarini muddati, unga javobgar shaxslarning ismi, sharifi;
- zarur material, asbob-uskunalar ro’yxati va miqdori;
- bajarilgan ish turlari va moddiy resurslarning summasi;
- ishni tugatish muddati;
- kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar samaradorligiga oid ma`lumotlar.
Mahsulot raqobat bardoshligi ko’p jihatdan sifat ko’rsatkichlariga bog’liq. Sifat zanjiri sifatning uch xil tushunchasini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |