Mahsulot hajmini omilli tahlil qilish uchun ma’lumotlar
Ko’rsatkich |
Shartli belgi
|
Bazis davr
|
Hiso-bot davri
|
O’zgarish
|
mutlaq
|
nisbiy, %
|
1. Taqqoslama narxlarda mahsulot (ish, xizmat) hajmi, mln. so’m.
|
YaM
|
3750112
|
3889265
|
139153
|
3,71
|
2. Xodimlarning o’rtacha soni, kishi
|
Xs
|
213
|
235
|
22
|
10,33
|
3. Bir ishchining o’rtacha yillik ishlab chiqarishi, mln. so’m
|
Yi
|
17606,16
|
16550,06
|
-1056,10
|
-6,00
|
4. Bir yilda bir ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdori
|
Ik
|
270
|
276
|
6
|
2,22
|
5. Bir ishchining o’rtacha kunlik ishlab chiqarishi, ming so’m
|
MUk
|
65,21
|
59,96
|
-5,24
|
-8,04
|
6. Ish kunining o’rtacha davomiyligi, soat
|
D
|
7,8
|
7,6
|
-0,2
|
-2,56
|
7. Bir ishchining o’rtacha soatlik ishlab chiqarishi, ming so’m
|
MUs
|
8,36
|
7,89
|
-0,47
|
-5,62
|
2.6-jadval
Zanjirli o’rin almashtirish usulida mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’sirini hisoblash
Tartib raqami
|
O’zaro ta’sirlashuvchi xususiy ko’rsatkichlar
|
Umumlash-tiruvchi ko’rsatkich
YaM
|
Umumlashtiruvchi ko’rsatkichning o’zgarishi
|
Hisob-lash
|
O’rin almash-tirish
|
Xs
|
Ik
|
D
|
MUs
|
|
xususiy ko’rsatkich-ning ta’sirida
|
O’zgarish-larni hisoblash
|
1
|
-
|
bazis
|
bazis
|
bazis
|
bazis
|
A0- Bazis
|
|
|
|
|
213
|
270
|
7,8
|
8,36
|
3750112
|
x
|
x
|
2
|
1
|
Haq.
|
bazis
|
bazis
|
bazis
|
A1 - qayta hisoblangan
|
Xs
|
A1 - A
|
|
|
235
|
270
|
7,8
|
8,36
|
4137448
|
|
387336
|
3
|
2
|
Haq.
|
Haq.
|
bazis
|
bazis
|
A2 - qayta hisoblangan
|
Ik
|
A2 - A1
|
|
|
235
|
276
|
7,8
|
8,36
|
4229391
|
|
91943
|
4
|
3
|
Haq.
|
Haq.
|
Haq.
|
bazis
|
A3 - qayta hisoblangan
|
D
|
A3 - A2
|
|
|
235
|
276
|
7,6
|
8,36
|
4120945
|
|
-108446
|
5
|
4
|
Haq.
|
Haq.
|
Haq.
|
Haq.
|
A4 -haqiqat
|
MUs
|
A4 - A3
|
|
|
235
|
276
|
7,6
|
7,89
|
3889265,04
|
|
-231680
|
Og’ishishlar balansi: +387336+91943-108446-231680= +139153 ming so’m.
Analitik hisoblash to’g’ri amalga oshirilgan, chunki xususiy ko’rsatkichlar miqdorining o’zgarishi ta’sirida og’ishishlarning yig’indisi umumlashtiruvchi ko’rsatkichning haqiqatdagisi bilan bazaviysining farqiga teng. Hisoblashlar shuni ko’rsatmoqdaki, xodimlar sonining 22 kishiga ortishi hisobiga yalpi mahsulot hajmi 387336 ming so’mga, bir ishchining o’rtacha ish kunining 6 kunga ortishi hisobiga 91943 ming so’mga ko’paygan. O’rtacha ish kuni davomiyligining 0,2 soatga kamayishi hisobiga yalpi mahsulot hajmi 108446 ming so’mga, ishchining bir soatlik mehnat unumining 0,47 ming so’mga kmayishi hisobiga esa 231680 ming so’mga kamaygan. Barcha omillar ta’sirida yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 139153 ming so’mga ortgan. Korxona rahbariyati tomonidan ish kuni davomiyligini nazoratini kuchaytirilsa hamda ishchilar malakasini oshirilsa mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoniyatidan to’liq foydalanilgan bo’lar edi. Bu erda -108446-231680=-340126 ming so’m foydalanilmagan ichki rezerv hisoblanadi.
2.6. Mutlaq farqlar usuli
Farqlar usuli, ya’ni xususiy ko’rsatkichlarning haqiqatdagi va bazis miqdorlari o’rtasidagi farqni topish, keyin esa ushbu farqning umumlashtiruvchi ko’rsatkichning rejadan yoki boshqa bazadan og’ishiga ta’sirini aniqlash – zanjirli o’rin almashtirish usulining oldindan ma’lum texnik soddalashtirishidir. Farqlar (o’zgarishlar) ning umumiy og’ishga ta’siri zanjirli o’rin almashtirishdagi kabi ketma-ketlikda aniqlanadi, lekin og’ishlar miqdori bevosita har bir hisoblash yakunida olinadi (oldingi hisoblash natijasi ayirib tashlanmagan holda). Ushbu ko’rsatkichning farqini hisoblashdan oldingi barcha ko’rsatkichlar to’liq haqiqatdagi miqdorda, keyingilarning barchasi esa bazis miqdorda hisoblash uchun kiritiladi.
U=x*y
|
∆Ux = ∆x*y0
∆Uy = ∆y* x1
|
U=x*y*z
|
∆Ux = ∆x*y0*z0
∆Uy = ∆y*x1*z0
∆Uz = ∆ z*x1*y1
|
U=x*y*z*q
|
∆Ux = ∆x*y0*z0*q0
∆Uy = ∆ y*x1*z0*q0
∆Uz = ∆ z*x1*y1*q0
∆Uq = ∆ q*x1*y1*z1
|
∆U = ∆Ux + ∆Uy + ∆Uz + ∆Uq
|
Masalan, mahsulot hajmiga yuqorida ko’rib chiqilgan xususiy ko’rsatkichlarning bazis miqdordan og’ishi ta’sirini quyidagi tarzda darhol topish mumkin:
Ishchilar soni ortishining ta’siri
ΔYaMxs = ΔXs × Ik0× D0 ×Mus0 = (+22) × 270 × 7,8 × 8,36 = +387336 m.s.
Yiliga bir ishchi ish kunlari miqdorining ortishi ta’siri
ΔYaMIk = ΔIk × Xs1× D0 ×Mus0 = (+6) × 235 × 7,8 × 8,36 = +91943 m.s.
Ish vaqtining o’rtacha davomiyligi kamayishi ta’siri
ΔYaMD = ΔD × Xs1× Ik1 ×Mus0 = (-0,2) × 235 × 276 × 8,36 = -108446 m.s.
O’rtacha soatlik mehnat unumining pasayishining ta’siri
ΔYaMMus = Δ Mus × Xs1× Ik1 ×D1 = (-0,47) × 235 × 276 × 7,6 = -231680 m.s.
Ko’ramizki, mutlaq farqlar usuli yordamida zanjirli o’rin almashtirish usulini qo’llashdagi kabi natijalar olinadi. Bu erda alohida omillar hisobiga natijaviy ko’rsatkich o’sishining algebraik miqdori uning umumiy o’sishiga tenglashishini kuzatib borish zarur.
2.7. Nisbiy farqlar usuli
Ushbu usul faqatgina multiplikativ modellarda natijaviy ko’rsatkich o’sishiga omillar ta’sirini o’lchash uchun qo’llaniladi. Bu erda koeffitsientlar yoki foizlar ko’rinishida ifodalangan omilli ko’rsatkichlarning nisbiy o’sishlari qo’llaniladi.
U=xyz turidagi multiplikativ modellar uchun mazkur usulda omillar ta’sirini hisoblash metodikasini ko’rib chiqamiz.
Natijaviy
U=x*y
|
∆Ux = U0* ∆x/x0
∆Uy = (U0+∆Ux)* ∆y/ y0
|
U=x*y*z
|
∆Uz = (U0+∆Ux+∆Uy) * ∆z/ z0
|
U=x*y*z*q
|
∆Uq = (U0+∆Ux+∆Uy+∆Uz) * ∆q/ q0
|
∆U = ∆Ux + ∆Uy + ∆Uz + ∆Uq
|
Ushbu qoidaga muvofiq birinchi omil ta’sirini hisoblash uchun natijaviy ko’rsatkichning bazaviy miqdorini o’nlik kasrda ifodalangan birinchi omilning nisbiy o’sishiga ko’paytirish zarur.
Ikkinchi omilning ta’sirini hisoblash uchun natijaviy ko’rsatkichning bazaviy miqdoriga uning birinchi omil hisobiga o’zgarishini qo’shish lozim, keyin esa hosil bo’lgan miqdor ikkinchi omilning nisbiy o’sishiga ko’paytiriladi.
Uchinchi omilning ta’siri ham shunga o’xshash aniqlanadi: natijaviy ko’rsatkichning bazaviy miqdoriga uning birinchi va ikkinchi omil hisobiga o’sishini qo’shish va hosil bo’lgan miqdorni uchinchi omilning nisbiy o’sishiga ko’paytirish lozim.
Ko’rib chiqilgan metodikani 2.5-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalangan holda mustahkamlaymiz.
ΔYaMXs = YaM0 × ΔXs/Xs0 = 3750112 × 22/213 = +387336 m.s.
ΔYaMIk = (YaM0 + ΔYaMXs) × ΔIk/Ik0 = (3750112+387336) × 6/270 = +91943 m.s.
ΔYaMD = (YaM0 + ΔYaMXs + ΔYaMIk) × ΔD/D0 = (3750112+387336+91943) × (-0,2)/7,8 = -108446 m.s.
ΔYaMMus = (YaM0 + ΔYaMXs + ΔYaMIk + ΔYaMD) × ΔMus/Mus0 = (3750112+387336+91943-108446) × (-0,47)/8,36 = -231680 m.s.
Ko’rinib turibdiki, hisoblash natijalari oldingi usullardan foydalangan holda olingan natijalar bilan bir xil.
Agar ko’p sonli (8, 10 va undan ortiq) omillar ta’sirini hisoblash talab qilinsa, nisbiy farqlar usulini qo’llash qulay sanaladi. Oldingi usullardan farqli ravishda bu erda hisoblash amallari miqdori sezilarli darajada qisqaradi, bu esa uning afzalligini belgilab beradi.
2.8. Indeks metodi
Bu metod iqtisodiy tahlilda alohida elementlari o’lchanmas sanalgan murakkab hodisalarni o’rganishda qo’llaniladi. Nisbiy ko’rsatkichlar kabi indekslar ham reja topshiriqlari bajarilishini baholash, mehnat unumdorligi darajasining o’zgarishi, o’rtacha oylik mehnat haqi, ishlab chiqarish hajmi kabi jarayon va hodisalarning dinamikasini aniqlash uchun zarur. Indekslar yordamida turli tumanlarda sodir bo’layotgan iqtisodiy jarayonlar ko’lami va darajasi taqqoslanadi (hududiy indekslar). Indekslarning boshqa vazifasi alohida omillarning natijaviy ko’rsatkich o’zgarishiga ta’sirini o’rganishdan iborat (mahsulot tannarxi, rentabellik, fond qaytimi va boshqalar o’zgarishi).
Omilli tahlil instrumenti sifatida indekslar vazifasi ∑a1b1 = LaLb∑a0b0 tenglamasida ifodalanadi (bu erda a – miqdoriy omil, b – sifat omili).
La∑a0b0 ifodasi a omili o’zgarishi ta’sirida bazis daraja o’zgarishini tavsiflaydi, LaLb∑a0b0 ifodasi esa quyidagilarni ko’rsatadi:
1) ikkala omilning bir vaqtda ta’siri natijasida bazis daraja o’zgarishi va
2) buning oqibati sifatida – hisobot darajasi.
Umumiy indeks xususiy indekslarga (subindekslar) ajratilgan holda aniqlangan og’ishishlarga alohida omillar ta’siri aniqlanadi. Ajratish maxsuslashtirilgan hisob yoki zanjirli o’rin almashtirish usuli deb nom olgan ketma-ket zanjirli usulda olib boriladi. Farqlar usuli zanjirli o’rin almashtirish usulining ko’rinishlaridan biri sanaladi. Maxsuslashtirilgan hisobning o’ziga xosligi shundaki, alohida omilning ta’sir darajasini aniqlar ekanmiz, uni hisobot davri shartlariga tatbiqan ko’rib chiqamiz, o’rganilayotgan omil bilan bir vaqtda ta’sir qilgan boshqa barcha omillar – bazis davr darajasida ko’rib chiqiladi. Omillarni maxsuslashtirilgan o’rganish usulida amalga oshirilgan hisoblashga misol keltiramiz. Birinchi omilni (ishchilar soni) a deb belgilaymiz, ikkinchisi (o’rtacha ishlab chiqarish) – v, ularning bazis davrdagi belgisi – 0, hisobot davrida esa – 1.
Ishlab chiqarish hajmi indeksi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |