2.3 Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli
Guruhlash – bu ma’lumotlar majmuini uning tarkibi yoki komponentlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganish maqsadida guruhlarga ajratishdir.
Iqtisodiy hodisalarni ilmiy tasniflash, ularni turdosh guruh yoki guruhchalarga birlashtirishni ularni batafsil o’rganish asosidagina amalga oshirish mumkin. Tasodifiy belgilariga ko’ra hodisalarni guruhlash mumkin emas: ularning siyosiy-iqtisodiy tabiatini tushuntirish zarur. Ko’rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillar va sabablar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Tahlil maqsadiga bog’liq ravishda tipologik, tkzilmaviy va analitik (sabab-oqibat) guruhlashdan foydalaniladi. Tipologik guruhlashga misollar – faoliyat turi bo’yicha aholi guruhlari, mulkchilik shakli bo’yicha korxonalar guruhlari va b.
Tuzilmaviy guruhlar ko’rsatkichlarning ichki tuzilishi, ularning alohida qismlari nisbatini o’rganishga imkon beradi. Ularning yordamida kasb-kori, mehnat staji, yoshi, mehnat me’yorlarini bajarishi bo’yicha ishchilar tarkibi; mahsulot tannarxi tarkibi va boshqalar o’rganiladi.
Analitik guruhlar (mohiyatan tipologik va tuzilmaviyni o’zida qamrab oluvchi) o’rganilayotgan hodisalar, ob’ektlar va ko’rsatkichlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va o’zaro munosabatlarni aniqlashga mo’ljallangan. Pri postroenii Analitik guruhlarni tuzishda ikki o’zaro aloqador ko’rsatkichlardan biri boshqasiga ta’sir qiluvchi omil sifatida, boshqasi esa birinchisining ta’siri natijasi sifatida ko’rib chiqiladi. Lekin har bir aniq holat uchun omilli va natijaviy alomatlarning o’zaro bog’liqligi o’zgarishi mumkinligini nazarda tutish talab qilinadi (omilli alomat natijaviy sifatida namoyon bo’lishi mumkin va aksincha).
2.3-jadval
Korxonalarni mehnat qurollari bilan ta’minlanganligi bo’yicha guruhlash
Fond bilan qurollanganligiga ko’ra korxonalar guruhi
|
Guruhdagi korxonalar miqdori
|
Guruh bo’yicha fond bilan qurollanganlikning o’rtacha darajasi
|
Bir ishchining o’rtacha ishlab chiqarishi, mln. so’m
|
3,5 mln. so’mgacha
|
2
|
3,25
|
4,45
|
3,5 – 4,0
|
3
|
3,76
|
5,10
|
4,1 – 4,5
|
3
|
4,23
|
5,73
|
4,5 mln. so’mdan ziyod
|
2
|
4,75
|
6,30
|
Shunday qilib, axborotlarni to’g’ri guruhlash ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanishni o’rganish, o’rganilayotgan hodisalar mohiyatini yanada chuqurroq anglash, tahlil materiallarini tizimlashtirish, ularning asosiylari, xarakterlilari va o’ziga xoslarini ajratishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |