Sifat ko’rsatkichi
|
Показатель качества
|
Level of quality
|
Mahsulotlarning sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta xususiyatlarining miqdoriy tavsifi
|
|
Reklamatsiya
|
Рекламация
|
complaint
|
etkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga rioya qilmaslikka doir e’tirozlarni ma’lum darajada tavsiflaydi. Reklamatsiya mahsulotlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, texnologiyalar va mahsulotlar konstruktsiyasini yaxshilash, yuqori sifatli materiallarni qo’llash va boshqalar bo’yicha tezkor choralar qabul qilish uchun signal hisoblanadi
|
|
Mahsulotlar butligi
|
Комплектность товара
|
product Configuration
|
tayyor mahsulotning mazkur turi uchun zaruriy instrumentlar, detallar va moslamalar majmui mavjudligi
|
Taqdimot (elektron shaklda)
6-dars. Asosiy vositalar holati va ulardan samarali foydalanishni tahlili
1. Asosiy vositalar tahlili vazifalari, asosiy yo’nalishlari va axborot ta’minoti
2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
3. Asosiy vositalar harakati tahlili
4. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholash ko’rsatkichlari
5. Fond qaytimining omilli tahlili
6. Uskunalardan foydalanish tahlili
1. Asosiy vositalar tahlili vazifalari, asosiy yo’nalishlari
va axborot ta’minoti
Asosiy vositalar – ixtiyoriy ishlab chiqarishning eng muhim omillaridan biridir. Ularning holati va samarali foydalanish bevosita korxonalar xo’jalik faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir qiladi. Korxonaning asosiy vositalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish barcha texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash, jumladan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxi va tayyorlashda sarflanadigan mehnat sig’imini pasaytirishga imkon beradi.
Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasi kabi ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan noishlab chiqarish sohada uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) harakatlanuvchi moddiy aktivlardir.
Investitsion va tuzilmaviy siyosatning amalga oshirilishi sharofati bilan bizning respublikamizda mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlovchi elektr energetikasi, yoqilg’i sanoati, qora va rangli metallurgiya, kimyoviy va neftkimyo sanoati kabi sanoat tarmoqlari jadal rivojlanmoqda.
Iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash bo’yicha olib borilgan qat’iy chora-tadbirlar mamlakatda ishlab chiqarilatgan yalpi ichki mahsulot tarkibiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha ishlar hali hamon davom etmoqda. Asosiy vositalar tahlili bir necha yo’nalishda olib borilishi mumkin, ularni majmuaviy ishlab chiqish esa asosiy vositalar va uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibi, dinamikasi va foydalanish samaradorligini baholashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |