6.1-jadval Asosiy vositalar tahlilining asosiy yo’nalishlari va vazifalari
Tahlilning asosiy yo’nalishlari (tematikasi)
Tahlil vazifalari
Asosiy vositalar tuzilmaviy dinamikasi
Asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar hajmi va tarkibini baholash. Asosiy vositalar qiymati o’zgarishining korxona moliyaviy ahvoli va balans tarkibiga ta’sir miqdori va xarakterini aniqlash.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlili
Asosiy vositalar harakati tahlili.
Asosiy vositalar foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari tahlili.
Uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili.
Uskunalardan foydalanishni integral baholash
Uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish byo’icha xarajatlar samaradorligi tahlili
Kapital ta’mir xarajatlari tahlili.
Joriy ta’mir xarajatlari tahlili. Uskunalarni ishlatish bo’yicha xarajatlar, foyda va ishlab chiqarish hajmining o’zaro aloqasi tahlili.
Asosiy vositalarga investitsiyalar samaradorligi tahlili
Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash.
Investitsiyalash uchun qarzlar jalb qilish samaradorligini baholash.
Tahlil va hal qilinadigan analitik vazifalar yo’nalishini tanlash boshqaruv ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Asosiy vositalar tuzilmaviy dinamikasi tahlili va investitsiyaviy tahlil moliyaviy tahlil mazmunini tashkil qiladi. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlatish bo’yicha xarajatlarni baholash boshqaruv tahliliga taalluqli sanaladi, biroq tahlilning bu ikki turi o’rtasida aniq chegara mavjud emas. Uskunalarni saqlash va ishlatish bo’yicha xarajatlar tahlili mahsulot tannarxi tahlilining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Asosiy vositalar tahlili metodikasi ulardan foydalanishning eng yaxshi variantini tanlashga yo’naltirilgan. Shuning uchun tahlilning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilar tilga olinadi:
asosiy vositalardan foydalanish bo’yicha qarorlar variantliligi;
istiqbolga yo’naltirilganligi.
Tahlil sifati axborotlar ishonchliligi, ya’ni buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish sifati, asosiy vositalar ob’ektlari bilan operatsiyalar tizimi va ro’yxatga olish nuqsonsizligi, ob’ektlarni hisob-malaka guruhlariga kiritish aniqligi, inventarizatsion ro’yxatga olishlar ishonchliligi, analitik hisob registrlarini ishlab chiqish va yuritish mukammalligiga bog’liq bo’ladi.
Tahlilning axborot manbalari:
1-shakl – “Buxgalteriya balansi”;
3-shakl – “Asosiy vositalar harakati haqida hisobot ”;
“Ishlab chiqarish quvvatlari balansi”, asosiy vositalar hisobining inventar kartochkalari.