0 ‘rta firmalar bozorning yangidan-yangi talablariga moslasha biladilar. O'rta firma hajmi katta bo'lmasdan ehti- yoj katta bo'lgan alohida olingan tovarlami yirik yetkazuv- chisi sifatida ishtirok etadi. Raqobat sharoitida o‘rta firmalar quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha rivojlanadi: a) ishlab chiqarishni to'xtovsiz orttirish va sotish, b) ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishni saqlagan holda, yirik monopoliyaga ayla nish; d) yalpi ishlab chiqaruvchiga aylanish, bunday holat kam uchraydi.
Kichik firmalar roli va o'rni doim ortib bormoqda. Ular iqtisodiyotda yuz beradigan tarkibiy siljishlarga moslashishga doim tayyor. Ular monopoliyalar to'ldira olmaydigan «qiytim iqtisodiyot»ni to'ldirishga yordam beradilar. Kichik firmalar o'z faoliyatida mustaqillikni yo'qotib qo'yishdan ehtiyot bo'ladilar. Shu bilan ular ishlab chiqarishni ixtisoslashtiradi- lar, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib, katta daromad olish imkoniyatiga egadirlar.
Eksplerentlar — birinchi bo'lib yaratish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ular, odatda, sinalgan an’anaviy biznes bilan emas, balki yangi texnik yo'nalishlarni boshlovchisi bo'lib hisoblanadilar. Hali u yo'nalishlarning tijorat tom onidan foy- daliligi aniq bo'lmasa ham, kelajakda tovarlami ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, sotish haj mini va foyda hajmini ortishi kutiladi.
4-§. Tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va foyda
Bozor iqtisodiyotida tovarlarni ishlab chiqarish va muomala xarajatlari alohida o 'rin tutadi. Tovar ishlab chiqa
ruvchi uchun ular qanchalik kichik bo'lsa, shuncha yaxshi,
chunki ularning hajmi sotilayotgan mahsulotning bahosi va hajmiga foyda hajmi va normasiga, jamg'arish va ishlab chiqarishni kengaytirishga, firmaning raqobatdoshligiga ku- chli ta ’sir etadi.
Tovarlarning raqobatbardoshligi faqat ishlab chiqarish xarajatlari darajasiga emas, balki muomala xarajatlariga ham bog'liq. Ikki xil muomala xarajatlari mavjud: a) qo‘shimcha xarajatlar — tovarlarning iste’mol qiymatiga qo'shiladi va ularga mahsulotlarni qadoqlash, sortlarga ajratish, transportga ortish-tushirish, asrash va h.k. xarajatlar kiradi; ular ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lib, tovarlarning qiymatini oshiradi; b)sof xarajatlar — tovarlarning almashuv qiymati bilan bog'liq bo'lib sotuvchi va kassirlarning ish haqqi, rek- lama xarajatlarini o 'z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ilm ko'pchilik iqti- sodchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Masalan, K.Marks ish lab chiqarish xarajatlariga ish haqqi, mehnat vositalari amor- tizatsiyasi, xomashyo, materiallar va h.k.lami kiritgan. De mak, ishlab chiqarish xarajatlari tovarlar qiymatini bir qis mini tashkil etadi, chunki unga foyda summasi kirmaydi. Bundan tashqari, K.Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilganda bahoning qiymatga mos kelmay qolishini nazarda tutm agan va ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog'liqligini ko'rib chiqmagan. Ishlab chiqarish xarajatlarining zamonaviy nazariyasi A.Marshall, Dj.S.M ill, Dj.Robinson va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, yuqorida qayd etilgan holatlarni ham, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarini baho bilan, mahsulot hajmiga va taklifni hisobga oladi.
Shu holatlarni hisobga olgan holda, ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy turlarini ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |