Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet5/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

Don va tanklarni ishlab chiqarishni muqobil imkoniyatlari


Muqobil imkoniyatlar Tanklar, ming Don, mln.t. variantlari dona
A 60 0
В 56 4
D 48 8
E 36 12
F 20 16
G 0 20

Bu variantlarni graflklarda ham ifodalash mumkin: gori- zontal yo‘nalishida (abssissa) don va vertikal yo‘nalishda (or- dinata) — tanklar miqdori. Agar grafikdagi kesishgan nuqtalar


A, B, D, E, F, G ni birlashtirilsa va chizilsa, unda jamiyat-


ning ishlab chiqarish imkoniyatlarini ifodalovchi egri chiziqqa ega bo'lamiz.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarini ifodalovchi egri chiziq
m ehnat resurslari to'liq band bo'lgan holda jamiyatning ish­ lab chiqarish imkoniyatlarini va bir mahsulotni ko'proq ish­ lab chiqarilsa, ikkinchisi kamayishi lozim bo‘lishini ko'rsatadi. Buning uchun resurslarning bir qismi ikkinchi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanishi kerak. M a­ salan, po'latni tank ishlab chiqarish uchun sarflasa ham bo'ladi, don ishlab chiqarish uchun sarflasa ham boiadi, unda dehqonchilik uchun lozim bo'lgan^ traktorlar ishlab chiqariladi.
Albatta, jamiyat o'z ishlab chiqarish imkoniyatlaridan (egri chiziqning ichki qismi) to'liq foydalanishi lozim, chiziqdan tashqari bo'lgan imkoniyatning o'zi yo‘q, undan foydalanib ham bo'lmaydi (Z-nuqtasi). Mavjud imkoniyat- lardan J-nuqtasi qadar foydalanish bor imkoniyatlardan to'liq foydalanmaslikni ifodalaydi (ishsizlik, ishlab chiqarish fond­ laridan to'liq foydalanilmaslik va h.k.). Shunday zaxira re- surslarining mavjudligi zarur bo'lgan holatda donni ham, tankni ham ishlab chiqarishni ko'paytirish imkoniyatini beradi. Yoki don ishlab chiqarishni kamaytirmasdan tank ishlab chiqarishni ko'paytirish imkoniyatini beradi. P. Samu- elson ikkinchi jahon urushi vaqtida SSSR va AQSH iqtiso- diyotida yuz bergan holatni ta ’riflab quyidagi klassik misolni keltiradi. AQSHda ishsizlikning va ozod material resurslarini mavjudligi qishloq xo'jaligi ishchilarini qisqartirmasdan qurol-aslahalarni ishlab chiqarishni kengaytirish imkoni­ yatini, SSSR dagi ishsizlikning yo'qligi, ishlab chiqarish ap- paratidan to'liq foydalanishning mavjudligi natijasida, iqtiso- diyotni fuqarolik mahsulotlar ishlab chiqarishdan harbiy
qurol-aslahalar ishlab chiqarishga o'zgartirishga, burishga


www.ziyouz.com kutubxonasi

t o ’g'ri keldi, don ishlab chiqarishni kamaytirib, ta n k la rn i ish­ lab chiqarish k o ‘paytirildi.


3-§. Bozor faoliyatini amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi va qurollari

Bozor — tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bilan ularni iste’molchilari o ‘rtasidagi bog'lovchi zveno b o ‘lib, u o‘z ichiga asosiy iqtisodiy qurollarni (talab va taklif, baho, raqo­ bat va h.k.) oladi va ular yordamida bir-biri bilan bog'liq bo‘lgan: nima ishlab chiqarish, qanday qilib va kimga ishlab chiqarish lozim kabi muammolarni yechadi.


Bozor mexanizmi qurollari ichida talab va taklif muhim rol o‘ynaydi. Talab — aholining to'lay olish qobiliyatiga qarab, bozorda sotib olishi mumkin bo'lgan tovarlar hajmi va imkoniyatini bildiradi. Taklif — mavjud bo'lgan bahoda savdoda bo'lgan tovarlar hajmini bildiradi. Talab va taklifning bir-biriga bo'lgan nisbatiga qarab tovar va xizmatlarning ba­ hosi kelib chiqadiki, bu bozor konvunkturasi deb ataladi. Ta­ lab, taklif va tovarlarning bahosi orasida murakkab sabab- oqibat va funksional aloqalar borki, ular iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, psixologik va boshqa omillar ta’siri ostida shaklla- nadi. Bunda baholar faqat talab va taklifgagina bog'liq bo'lmay, balki talab va takliflaming o'zi bahoga bog'liq bo'ladi va ularga ta ’sir ko'rsatadi. Har xil tovarlarga bo'lgan talab quyidagi omillarga: tovarlarning bahosiga, hajmiga, tarkibiga va daromad darajasiga ta ’sir ko'rsatadi. Agar qisqa vaqt oralig'i olib qaralsa, talab va taklifni boshqarish bahoni o'zgartirish, reklama, tovar zaxiralarini o'zgartirish va h.k. bilan amalga oshiriladi.
Uzoq muddatga esa ishlab chiqarish va muomala xarajat­
lari, shaxsiy iste’moldagi progressiv tarkibiy o'zgarishlar,


aholining pul daromadlari va xarajatlari ta ’sir ko‘rsatadi.
Yaqin vaqtlargacha 0 ‘zbekistonda va MDH davlatlari ichida taklifning talab darajasidan orqada qolish natijasida tovarlar defltsiti mavjud edi. Natijada tovarlarning bahosi ko‘tarilib, o‘z qiymatidan uzoqlashdi. Baholarning ortishi ham ochiq, to ‘g‘ri pul bilan, shuningdek, bekik yo‘l bilan, ya’ni tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirib, xaridorga m a’naviy eskirgan sifati past tovarlar eski baholarda taklif etildi. Bunday holat normal kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonini buzadi, ishlab chiqaruvchi hukmronligini o'rnatadi, tovarlar­ ning «prilavka ostidan» sotishni yuzaga keltiradi. Natijada ma’naviy eskirgan tovarlami yangilanish jarayoni kechikadi, ilmiy-texnik taraqqiyoti to‘xtab qoladi, tovarlami va xizmat- larni sifati yaxsxilanmaydi va ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi.
Bunday salbiy holatlarni o‘zgartirish uchun tovarlami ishlab chiqarish va sotish jarayoniga iqtisodiy usullar ta ’sirini kuchaytirish, bozorni o'zining qonunlari asosida tartibga sol- ish, jum ladan, talab va taklif qonuni asosida bozor mexaniz- mini takomillashtirish lozim boMadi. Bunda albatta, baho mexanizmi orqali o‘z ta’sirini oMkazuvchi qiymat qonuni asoslarini nazarda tutish lozim boMadi. Shu bilan birga quyi­ dagi zamonaviy iqtisodiy qonunlami: monetarizm, m eijantal- izm, neokaysianliklarni nazariy asoslarini ham hisobga olish kerak. Bu nazariyalar U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, K.M arkslar yaratgan qiymat qonunidan farq qilsa ham, ular katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ular bozor mexa- nizmining funksiyasini amalga oshirishning, jum ladan, talab, taqdim va tovarlarning foydaliligi bahoning shakllanishi, raqobat kabi ma’lum muammolar, makro va mikro iqtisod darajasidagi menejment va marketing bilan bogMiq boMgan
maMum muammolarni hal qilish imkoniyatini yaratadi.


Bozorning iqtisodiy mexanizmini bajarishda baho alohida funksiyani bajaradi. Bahoning darajasi va uning dinamikasi tovar ishlab chiqaruvchi uchun mahsulot hajmi va tarkibini aniqlashda, texnologiyani va tovar ishlab chiqarish xarajat- larini va ularni sotish imkoniyatlarini aniqlashda muhim rol o ‘ynaydi. Baholar ko‘p jihatdan tovarlarni kimga mo'ljallan- ganini, uni kim va qanday miqdorda iste'mol qilishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Agar baholar oshib ketsa, ishlab chiqaruvchi uchun bunday tovarlar uchun talablam i ortgani- ni bildiradi, shuning uchun ularni ko'proq ishlab chiqarish lozimligini va foydani ko'paytirish mumkinligini bildiradi. Natijada talab va taklif darajasi normallashib, baholar pasayadi. Baholarning pasayishi, aksincha, tovarlar ko'payib ketganini ko'rsatadi. Bunday holat ishlab chiqaruvchilarni bunday tovarlarni kamroq ishlab chiqarishga undaydi. N ati­ jada tovarlarning ortiqchaligi kamayadi, baholar ko'tariladi.
Bozor bahosi mexanizmi, tovar qiymatining puldagi ifodasi bo'lib, u ishlab chiqaaivchilarni chegaralangan re- surslardan ratsional foydalanish, samarali xo'jalik yuritish uchun rag'batlantiradi. Bozor baholari orqali quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
— har xil tovar va xizmatlar ishlab chiqarish nisbati va tarkibi tashkil topadi;
— chegaralangan va noyob ishlab chiqarish omillari (m ehnat, yer, texnika, xomashyo), axborot va h.k.lardagi rat­ sional foydalaniladi;
— eng intensiv ishlab chiqarish texnologiyalari joriy eti- ladi, ishlab chiqarish xarajatlari minimal darajaga keltirilib, tovarlarning sifati ko'tariladi va foyda hajmi ortadi;
— sinflar, jamiyatning ijtimoiy guaihlari va fuqarolari orasida olgan daromadlariga muvofiq milliy darom adning
taqsimoti va ayrboshlashni amalga oshiradi.


Konkurensiya (raqobat) bozor mexanizmining lozim elem enti bo'lib, uch iqtisodiy muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadi: nima. qanday va kim uchun ishlab chiqarish lozim? Tadbirkorning maqsadi — eng ko‘p foyda olish — ish­ lab chiqarish hajmini kengaytirishni, uning xarajatlarini ka- maytirishni. tovarlarni sifatini oshirishni taqozo etadi. Shu­ ning uchun tadbirkorlar orasida ko‘proq foyda olish m aqsadida raqobat yuzaga keladi. Taklif talabdan ortiq bo‘lsa, sotuvchilar orasida raqobat, agar talab takliflardan or­ tiq b o ‘lsa, sotib oluvchilar orasida raqobat kuchli boMadi.
Iqtisodchi olim F.Xayek fikri bo'yicha, raqobat iqtisodiy o‘sish imkoniyatini qoMdan boy bergan davlatlar uchun za- rur. B ozor raqobati ilgari hech kimga m a’lum bo‘lmagan va foydalanilmagan ishlab chiqarish resurslarini aniqlash imkoniyatini beradi. Bunda bozorlarga yanada sifatliroq va arzonroq tovarlar kelib tushadi, insonlarning yangidan-yangi ehtiyojlari aniqlanadi va ularni yanada madaniy usullar bilan qondirish imkoniyati yaratiladi. Agar kim bozor tufayli yangi tovar va texnologiyalarni o ‘zlashtirsa, talabni qondirishni yangi usullarini joriy etsa, raqobat kurashida o 'sha yengib chiqadi. Shunday qilib, raqobat kishi bilmas «iqtisodiy maj- burlash» mexanizmini yaratadi va shu orqali kishilar o‘zlarining ishlash faolligini oshirishga majbur boMadilar.
Raqobat o ‘z xarakteriga qarab ozod raqobat davrida va monopoliyalar hukmronligi davrida har xil bokladi. M onopo- listik kapitalizmgacha bo‘lgan davrda ozod (mukam m al) raqobat hukm suradi. Bu davrda bozorda juda ko‘p sotu­ vchilar va oluvchilar harakat qiladilar, ularning mahsuloti bir xil bo'lib, kapital tarmoqlararo ozod ravishda oqib o ‘tadi, tovar ishlab chiqaruvchilarning kirish va chiqish to ‘siqlari bo‘lm aydi, bozor haqida ochiq va oydin m a’lum otlar beri-
ladi. P .Samuelsonning aytishicha, bu davrda hech qaysi so-


tuvchi yoki oluvchi bozor bahosiga o'z ta ’sirini o ‘ tkaza ol- maydi va bozor subyektlari o'zlarini bozorning iqtisodiy va yuridik qonunlariga mos ravishda tutadilar.
Monopoliyalar paydo boMgach, raqobat holati o‘zgardi, nomukammal (monopolistik) raqobat paydo bo‘ldi. Ammo raqobatni bunday ikkiga ajratish (mukammal va nom ukam ­ mal) shartli hisoblanadi va ularning har biri sof holda hara- katda bo‘lmaydi, lekin bozor mexanizmi faoliyatini aniqlash tadbirkorlarning xulqlarini iqtisodiy ta ’riflash uchun raqo­ batni ikki turga ajratish lozim.
Ozod (mukammal) raqobat nazariyasining asoslari ingliz iqtisodchisi A. Marshall tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga asosan, firma ko‘proq foyda olish maqsadida, tovarlam i ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Bu ishni barcha firmalar amalga oshirgani uchun resurslardan samarali foydalanadi va buning natijasida yutadi. Bunda ozod raqobat nazariyasi ba’zi bozor mexanizmlaridan holi ravishda qara­ ladi; birinchidan, daromadlarni taqsimlash tizim idan, talab va taqdimga ta’sir etuvchi omillardan, iqtisodiy o‘sish m uammolaridan ajratib qaraladi. Ikkinchidan, xaridorlar tovarlam i past baholarda sotib oladilar, chunki islilab chiqa­ rish omillari xarajatlari (mehnat, kapital, yer) ekvivalent ay- riboshlash asosida amalga oshiriladi.
Ozod raqobat asosida bozor mexanizmi harakatining
asosiy prinsiplarini ba’zi misollar asosida o'rganamiz. Tovarning bozor bahosi bilan, xaridorlar tomonidan b o ‘ladigan talablar orasida m a’lum nisbatlar mavjud bo‘ladi. Baho qancha yuqori boMsa, unga boMgan xaridorlar soni ka- mayib, talab ham kamayadi, baho past boMganda, aksincha, xaridorlar soni ortadi, talab ham ko‘payadi.
Bunday holatni grafik asosida quyidagicha tasvirlash
mumkin:



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish