holda hisoblanadi. Buning uchun tashkiliy-texnikaviy chora
v£ tadbirlar rejasida «zaif joylar» quwatlarini ko'paytirish nazarda tutilishi kerak.
Ishlab chiqarish quwatlarini aniqlashda uskunaning vaqt fondi hisobga olinishi lozim. Uzluksiz ishlab chiqarish sha- roitlarida u kalendar vaqt fondidan reja bo'yicha uskunani ta'mirlashga sarflanadigan va texnologik maqsadlar uchun vaqtlarni ayirib aniqlanadi. Uzlukli ishlab chiqarish sharoit- larida esa hisob-kitoblarga asos qilib uskunalarning imkoni- yatidagi ish vaqti fondi (amalda uskunaning maksimal imkoniyatli vaqt fondi) olinadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quwati aniq mahsulot bir- liklarida ifodalanadi. Masalan, ko'mir shaxtalari uchun — tonnalarda ko‘mir miqdori, marten ishlab chiqarishda — ton- nalarda po'lat. Turli mahsulot, buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalarning quvvatini hisoblashda bir necha tur mahsulot lar bo'yicha aniqlanadi. Masalan, qishloq xo'jaligi mashina- sozligi zavodining quwati pluglar, o'roq mashinalari va boshqa mahsulot miqdorlari bilan belgilanadi.
Ko'p nomenklaturada mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda quwat qiymat ko'rinishida hisoblanadi. Quwat kalendar vaqtda qayta ishlanadigan xomashyo miqdori bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan, paxtani qayta ishlash sanoatida bir sutkada qayta ishlangan paxta, sut zavodlarida bir smenada qayta ishlangan sut miqdori bilan o'lchanadi..
Harakatdagi korxonaning quwati bilan loyiha quwatini bir-biridan farqlash lozim. Loyihadagi quwat loyihada belgi- langan hamma tadbirlarni hisobga oladi va u o'zgarmaydi. Ishlab chiqarish quwati doimo o'zgarib turadi.
Ishlab chiqarish quvvatlari to'g'risida sanoat korxonalari vazirlik va statistika boshqarmalariga hisobot beradilar. Unda ishlab chiqarish quwatlarining hisobot yili
boshi va oxiridagi hajmlari, yil davomida ishga tushirilgan
va ishdan chiqarilgan quvvatlar va boshqa ko‘rsatkichl^r keltiriladi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish quwati deganda bir yilda belgilangan nomenklaturada uskunalar va maydonlardan to'liq foydalanib, progressiv texnologiya va ilg‘or ishlab chiqarishni tashkil qilish sharoitlarida yuqori sifatli m ahsulot larni maksimal darajada ishlab chiqarish tushuniladi.
Formula tarzida ishlab chiqarish quwati quyidagicha aniqlanishi mumkin: M =F x T x Wp
Bu yerda, F — bir turdagi uskunalarning o'rtacha yillik soni; T — bitta uskunaning yillik vaqt fondi (soatlarda); Wp— uskunaning bir oylik progressiv unumdorligi.
Mebel, konserva, quyma va boshqa ishlab chiqarilishda ishlab chiqarish quwati: M =(P:N ) x (Tr:tn) formulasi bo'yicha aniqlanadi.
Ьд yerda, P — korxona yoki sexning ishlab chiqarish maydoni m2;
N — bitta ishchi joyiga normativ bo'yicha to'g'ri kelgan ishlab chiqarish maydoni, m 2;
Tr — ishchi joyining yillik reja bo'yicha vaqt fondi (soat)
tn — bir birlik mahsulotga progressiv normativ bo'yicha sarflanadigan vaqt (soat).
Ishlab chiqarish quwatining o'zgarishiga uskunalarning unumdorligi, o'rnatilgan uskunalar soni, ish rejimi, buyum- laxning mehnatga talabchanligi va boshqa omillar ta’sir qiladi. Ular doimiy ravishda o'zgarishda bo'lganligi uchun korxonalar ishlab chiqarish balanslarini muttasil tuzib boradi- lar. Balans quyidagi sxemada tuzilishi mumkin:
Mi~Mo+Mkjr-Mchik
bu yerda,Mo — korxona ishlab chiqarish quwati — yil boshiga;
Mi — korxona ishlab chiqarish quwati — yil
oxiriga;
Mkir ~ yil davomida kiritilgan ishlab chiqarish
quwati;
Mchik- yil davomida chiqarilgan ishlab chiqarish
quwati.
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasini hisoblashda yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi o'rtacha yillik ishlab chiqarish quwatiga bo'linadi. 0 ‘rtacha yillik ishlab chiqarish quwati yil boshidagi quvvatga o'rtacha kiritilgan quvvatlar qo'shilib, o'rtacha chiqib ketgan quwatlar ayirib topiladi.
Agar reja ko'rsatkichlar ham keltirilgan bo'Isa, quyidagi bog'lanishlarni keltirish mumkin:
Q i/Q p= M p/Q px N i/N px Q i/M i yoki Jyam= K 1x K 2x K 3
bu yerda, Ki~yillik mahsulot ishlab chiqarishni ishlab chiqarish quwatlari bilan ta’minlanishi;
K.2~ rejaga nisbatan haqiqatdagi yillik quwatining oshish koeffitsiyenti;
K3— haqiqiy quwatdan foydalanish.
Qayta ishlash sanoatida asosiy fondlardan foydalanish ko'rsatkichlari turkimida maydonlardan foydalanish ko'rsatkichlari alohida o'rinni egallaydi. Korxona maydonlari tasarmfidagi, ishlab chiqarish uskunalari bilan bevosita band bo'lgan va ishlab chiqarish maydonlariga bo'linadi.
Ishlab chiqarish maydoni bevosita ishlab chiqarish jara yonini amalga oshirishga moijallangan barcha sexlardagi joy- lardir. Ishlab chiqarish maydonlariga korxonaning nosanoat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bo'limmalarining va qismlarinig maydonlari, hisob-iqtisod xizmatlari, konstaik- torlik byurosi, kontrollar, qizil burchaklar, bufetlar va h.k.
larning joylari kirmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bevosita uskunanalar band bo'lgan maydonning ishlab chiqarish va kuchlanish uskunalari joylashgan maydondir. Unga uskunalar orasidagi yo'llar, oraliq omborlari va h.k.lar qo'shilmaydi. Stanoklar ishlab chiqarish maydonlarida qanchalik zich joylashgan bo'lsa zichlik normasi buzilmagan holda, shunchalik har kvadrat metr ishlab chiqarish may- donidan shunchalik ko‘p mahsulot ishlab chiqariladi va nati- jada yangi binolar qurilishiga ehtiyoj qolmaydi.
Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish darajasini quyidagi ko'rsatkichlar ifodalaydi:
1) bir turdagi joylashgan uskuna o'rtacha ishlab chiqarish maydoni, m2;
2) barcha ishlab chiqarish maydonida bevosita uskunalar bilan band bo'lgan maydonning salmog'i;
3) bir kvadrat metr ishlab chiqarish maydonidan olingan mahsulot.
Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish darajasi ort gan sari, ishlab chiqarish samaradorligi ham orta boradi.
8 -§. Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiyasi
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ish- latilishi natijasida sekin-asta yemirilib boradi. Yemirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. Yemirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo'linadi. Asosiy fondlarning. ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo bo'lishi va arzon- roq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir bo'ladi.
Hozirgi paytda hisoblanadigan yillik amortizatsiya ajrat- malari faqat jism oniy eskirishnigina hisobga olib, quyidagicha
hisoblanadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
А В В В + IX - IB
А = ----------т-----------
bu yerda, А — yillik amortizatsiya ajratmalari;
ВВВ — asosiy fondlarning to'la boshlang'ich (tiklash)
qiymati;
IX — asosiy fondlarni yo'qotish xarajatlari (demontaj, ajratish, buzish va h.k.);
IB — asosiy fondlarni yo‘qotish vaqtida olingan mate riallar, detallar va boshqalarni sotishdan tushgan mablag'lar;
T — asosiy fondlarni xizmat qilish muddati.
Amortizatsiya ajratmalari faqatgina absolut miqdordagina emas, balki nisbiy ko'rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizatsiya normasi deb yuritiladi:
Ax 100
bu yerda, N a — amortizatsiya normasi;
F — asosiy fondlarning o'rtacha yillik qiymati.
Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog'liq bo'ladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, in- shootlar) obyektlar uchun uning darajasi nisbatan kichik bo‘Isa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan (mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |