Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet68/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

Asosiy fondlar tarkibini o'rganish maqsadida ularni quyi­ dagi belgilari bo'yicha guruhlarga ajratiladi:
iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha tovarlar ishlab chiqa­
ruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat. qishloq xo'jaligi,


qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar (shu jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari;


mulk formasi bo‘yicha davlat mulkida bo'lgan,
xususiy mulkda bo'lgan asosiy fondlar;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab —. bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va hara- katda bo'lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zaxirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruksiyada bo'lganlar;
kimga qarashli ekanligiga qarab — xususiy va ijaraga qo'yilgan asosiy fondlar;
hududlar bo‘yicha joylashishiga qarab tumanlar,
shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.
Bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida ishtirok etuvchi asosiy fondlarni bajarayotgan funksiyasiga qarab aktiv va passiv guruhlarga ajratish mum ­ kin.


0 ‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining tarkibi (1.01.2004-y. nisbatan)
Jam i asosiy fondlar SaIm og‘i (% ) Jam i asosiy fondlar 100
shu jumladan:
I. Passiv qism 45 ,4
ulardan:
- binolar 29 ,3
- inshootlar 16,1
II. Aktiv qism 54 ,6
ulardan:


- o'zgaruvchi moslam alar 12,3
- kuchlanish m ashina va uskunalar 9,2
- ishchi mashina va uskunalar 27,2
- o ic h a sh va boshqarish anjomlari, quril- 1,2 malari va laboratoriya uskunalari
- hisoblash texnikasi 0,9
- transport vositalari 2,8
- boshqa asosiy fondlar 1,2


Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlangan boiishlari lozim.
Ishlab chiqarish fondlari asosiy va aylanma ishlab chiqar­ ish fondlariga bo‘linadi. Ular o ‘rtasidagi farq quyidagilardan iboratdir:
asosiy fondlar ko‘p ishlab chiqarish sikllarida qat- nashib, o‘z qiymatini qismlab, asta-sekin yangidan tayyor- lanayotgan mahsulotga o ‘tkazib boradi; aylanma fondlari esa bitta ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o ‘z qiymatini to ‘liqligicha yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o ‘tkaziladi;
aylanma fondlari bevosita ishlab chiqarish jarayonida b o‘lsa, asosiy fondlar shunday bo'lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin;
asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, aylanma fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o ‘zagini tashkil etadi;
asosiy fondlar tarkibiga xizmat qilish muddati bir yil- dan ortiq va qiymati 15 ta minimal ish haqqidan ortiq
bo'lgan fondlar kiradi.


Asosiy fondlar ishlab chiqarishning moddiy asosini tash­ kil qiladi. Ularning qiymati va tarkibi korxona faoliyatining sifat va miqdor ko'rsatkichlariga kuchli ta’sir koTsatadi.
4 - § . Asosiy fondlarni baholash usullari Statistikada asosiy fondlarning hajmini o ‘rganishda natu­
ral va qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fond­
larni qiymat ko‘rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo'llaniladi:
to'la boshlang‘ich qiymati;
to'la tiklash qiymati;
eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang'ich (tiklash) qiymati;
balansdagi qiymati;
bozor qiymati;
yo‘qotishdagi qiymati.
Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o ‘rnatish uchun ketgan xarajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to ‘la bosh- lang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning hajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir aniq momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy hajmiga fizik hajm va baho o ‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu to ‘la bosh- lang‘ ich qiymat bo'yicha hisoblangan asosiy fondlarning
juz’iy kamchiligidir.


Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqozo qilinadi va bulling natijasida to 4 a tik­ lash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to‘la tiklash qiy­ mati ularning hozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.


Masalan, 2 yil ilgari «А» markali 10 ta stanok uchun sarf qilingan xarajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o ‘rnatish uchun) 10.000 so‘mni tashkil qildi. Shu yili yuqoridagi «А» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va ularga xarajat 4500 so‘mni tashkil qildi.
Yuqoridagi ta’rifga ko‘ra 15 ta stanokni to'la bosh- lang‘ich qiymati haqiqiy sarflangan xarajatlar yig'indisiga teng bo'ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so‘m.
T o‘la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami qancha xarajat qilinishi mumkinligini ko'rsatadi, ya'ni
15 x (4500 /5 )= 13,500 so‘m.
Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida aniqlanadi.
Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi.
Asosiy fondlar o ‘z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga o ‘tkazib turganligi sa­ babli boshlang‘ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan holdagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun toMiq qiymatdan eskirish summasi ayriladi.
Yuqoridagi misolimizda, masalart, asosiy fondlarning eskirish darajasi 30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 x 30% =4050 m.s. bo‘ladi. Demak, qoldiq qiymat
13500 -4050 = 9450 m.s.ga teng.
Balansdagi qiymat obyektlarni qayta baholash nati­ jasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balan-


www.ziyouz.com kutubxonasi

siga oMkaziladi. Balansdagi qiymat - aralash baholash: ba’zi obyektlar uchun tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun bosh birlamchi qiymat ham boMishi mumkin.
Bozor qiymati — obyektlarni joriy davrda bozorda soti-
lishi mumkin boMgan qiymatini ifodalaydi.
Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz holga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (m a’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metal- lomga topshirish, agar binolar boMsa, ularning buzilishi nati-' jasida turli xil qurilish materiallari (yog‘och, gMsht va boshqa) hosil boMishi mumkin. Korxonalarda, albatta, temir- tersak va qurilish materiallari turli ehtiyojlar uchun foydala- nishi yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablagMar korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushadi. Bu esa, o ‘z navbatida, yo‘qotish qiymatida aks ettiriladi.


5 . Asosiy fondlardan foydalanish va mehnatni fondlar bilan qurollanish ko‘rsatkichlari


Ishlab chiqarishning samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri asosiy fondlardan foydalanish hisobla­ nadi. Asosiy fondlardan foydalanish darajasini fondlar sama­ rasi /fondlarga talab/ va asosiy fondlarning absolut samara­ dorligini koeffitsiyentlari ifodalanadi.

Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish