Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet75/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

Aniqlang: fond qaytimi, fond sig'imi ko‘rsatkichlari. Agar asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati 1,02 marta ortsa va fond qaytimi 5% ortsa, mahsulot hajmi qanday o ‘zgardi (mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlarda)?
17. Joriy davrda bazis davriga nisbatan mahsulot hajmi solishtirma baholarda 4%ga ortgan. Shu davrda asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi 1,02 marta ortgan. Fond qaytimi qanday o'zgargan?
18. Joriy davrda asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi 8%ga kamaygan. Fond qaytimi esa 3%ga kamaygan. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi qanday o ‘zgargan?
19. Korxona bo'yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud, p.b.


Ko‘rsatkichlar Bazis davr Joriy davr Mahsulot hajmi, solishtirma 1500 1716,0 baholarda
Asosiy ishlab chiqarish fondlari 2000 2020
o'rtacha yillik qiymati


Aniqlang: 1) har davr bo‘yicha asosiy fondlardan foy­ dalanish ko‘rsatkichlari;
2) mahsulot hajmi o ‘zgarishi p.b. va %;
a) umumiy
b) asosiy fondlar hajmining o'zgarishi hisobiga
d) fond qaytimi o'zgarishi hisobiga
20. Ishlab chiqarish firmasi bo'yicha quyidagi m a’lumotlar berilgan, p.b.


Ko'rsatkichlar Bazis davr Joriy davr Mahsulot hajmi, solishtirma baholarda 1440 1476,2 Asosiy ishlab chiqarish fondlari o'rtacha 1200 1210
yillik qiymati


Aniqlang: 1) fond sig'imi ko‘rsatkichi dinamikasi;
2 ) fond qaytimi ko‘rsatkichi dinamikasi;
3) asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilanishi natijasida asosiy fondlar qiymatida qilingan iqtisod summasi.
21. Korxonada energetik uskunalarning quwatlari quyi­ dagicha: birlamchi dvigatellar quwati 3455 kVt, elektro- generatorlar quwati 3081 kVt, elektromotorlar va elek- troapparatlar quwati 5945 kVt.
Ishlab chiqarish jarayonidagi energetik uskunalar quw at­ lari yig'indisini aniqlang.
22. Korxonada I kvartal bo'yicha uskunalar parki ishlari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:


Uskunalar Oy boshida stanoklar soni, dona Yanvar Fevral Mart Aprel
Mavjud 520 528 572 580
Shu jumladan:
O'rnatilgan 470 480 520 520
Amalda ishlagan 420 440 480 490


Korxona ikki smenada ishlagan (smenalar uzunligi 8
soat) kvartal davomida 458 ming stanok-soat ishlagan, reja bo'yicha ta’mirlash vaqti — 7,6 ming stanok-soat, kvartalda ish kunlar soni 126.
Aniqlang: 1) I kvartal bo'yicha uskunalardan soni
bo'yicha foydalanish ko'rsatkichlari 2) kalendar, rejim va


reja ish vaqti fondlaridan foydalanish koefTitsiyenti.
23. Sexda 60 ta stanok o'rnatilgan, ulardan kuzatish o ‘tkaziiganda kun I smenada 55 ta stanok, II smenada
40 ta stanok, uchinchi smenada — 30 ta stanok ishlagan, 5 ta stanok ishlamagan. 0 ‘rnatilgan va amalda ishlagan uskunalar smenalik koeffitsiyentlarini aniqlang.
24. Dvigatel aprel oyida 680 soat ishladi va 950 ming kVt/s energiya ishlab chiqarildi, dvigatelning maksimal uzoq quwati 1700 kVt.
Koeffitsiyentlarni aniqlang: 1) dvigatellarning ekstensiv nagruzkasi, 2) dvigatellarning integral nagruzkasi, 3) integral nagruzka.
25. Biznes reja bo'yicha korxona uskunalari 7200 mashina-soat ishlashi kerak, ish unumi soatiga-130 p.b. Amalda 7030 mashina-soat ishlagan va 85000 p.b.ga teng mahsulot ishlab chiqarilgan. Uskunalardan vaqt bo'yicha, quwat bo'yicha va boshqarilgan ish bo'yicha foydalanish koeffitsiyentlarini aniqlang.
26. Yil boshida korxona ishlab chiqarish quwati 400
ming t. mahsulot. Aprel oyida yangi qurilish natijasida 60
ming t. mahsulotga teng yangi quwat kiritildi. Sentabr oyida eskirish natijasida uskuna ishlab chiqarishdan chiqarildi, nati- jada 28 ming t. quwat kamaydi. Yil davomida 415 ming t. mahsulot amalda ishlab chiqarilgan.
Aniqlang: 1) korxonaning o'rtacha ishlab chiqarish
quwati, 2) korxona ishlab chiqarish quvvatlaridan foydala­ nish koefTitsiyenti.


VII bob. MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA
.MAKROIQTISODIY FAOLIYAT NATIJALARINI IFODALOVCHI KO‘RSATKICHLAR TIZIMI

l- § . Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblashning uniunma/ariy asoslari




Har qanday jamiyatning hayot kechirishi uchun to'xtovsiz ravishda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni amalga oshirishi shart. Buning uchun ishchi kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik kabi omillar bo'lishi kerak.
Ishchi kuchi ishlab chiqarishning eng asosiy omili bo'lib, uning mehnat sarfi natijasida tovarlar ishlab chiqariladi va xizmatlar ko'rsatiladi. Mehnat sarfi uchun ishchi kuchi ish haqqi oladi va bu uning daromadi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni eng ilg'or texnologiya bilan qurollanti- rish mahsulotning raqobat qobiliyatini oshirish, yaxshi rek- lama qilish, xomashyo olish va boshqa ko'p masalalar kapi- talga bog'liq. Kapitalni jamiyatning qon tomiriga o'xshatish mumkin. Kapital egalari sarflangan kapitallaridan belgilangan foizda daromad oladilar.
Ishlab chiqarish korxonalari ham, uy xo'jaliklariga xizmat ko'rsatish ham ma’lum joyda, ya'ni yerda joylashgan. Yer egalari ishlab chiqarishni tashkil etishdan renta to'lovlari olib, daromad topadilar.
Tadbirkorlar ishchi kuchi, kapital va yerdan foydalanib
bozorda talabga mos hajmdagi, sifatli mahsulotlarni ishlab


chiqaradilar va ularni bozorda sotib daromad yoki foyda oladilar.
Yuqorida qayd etilgan 4 ta omilning yalpi faoliyatidan mamlakatning yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi yaratiladi.
Moddiy ne’matlar yaratish, xizmatlar ko‘rsatish, taqsim­ lash va iste'mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy vazifasi asosida guruhlarga ajratiladilar. Har bir guruh yoki xo‘jalik birligi milliy hisoblar tizimida iqtisodiy agent deb yu- ritiladi.
Iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega va boshqa agentlar bilan bo‘ladigan ishlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan agent institutsion birlik deb ataladi.
Institutsion birlik bu mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatib daromad oluvchi, barcha moliyaviy majburiyatlarni boshqa- ruvchi, qaramog‘ida barcha turdagi mol-mulk va pul mab­ lag'lari bo'lgan, ularni o'z ixtiyori bilan ishlata oladigan muassasalardir. Bunday muassasalar alohida korxona, firma, moliyaviy tashkilot va boshqalar bo'lishi mumkin. Ular o ‘z hisob-kitob ishlarini o'zlari to'liq yuritadilar, banklarda hisob raqamiga ega boMadilar. Auditor esa ularning xo‘jalik faoli- yati natijalarini tahlil qiladilar. Milliy hisoblar tizimida insti­ tutsion birliklar amalga oshirayotgan birjinsli faoliyat asosida quyidagi sektorlarga bo‘linadilar:
1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektori.
2. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektori.
3. Umumdavlat boshqaruv sektori.
4. Uy xo'jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi davlat tasarrufida bo'lmagan notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar sektori.
5. Uy xo'jaligi sektori.
6 . Tashqi dunyo sektori.
1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektoriga


moliyaviy tashkilotlardan tashqari institutsion birliklar kiritilib, ularning asosiy vazifasi mahsulot ishlab chiqarish va nomoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular o ‘z xarajat- larini qoplash uchun o ‘z faoliyatlari natijalarini ko‘zlagan baholarda sotadilar.
2. Moliyaviy korporatsiya (tashkilot)lar sektoriga tijorat asosida moliyaviy va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi muassasa va tashkilotlar, ya’ni tijorat bank- lari, qarz beruvchi jamiyatlar kiritilib, ularning asosiy vazifasi moliyaviy mablag'larni chiqarish, sotib olish, saqlash va taqsimlash, qimmatbaho qog'ozlar chiqarish, pul mab- lag‘larini saqlash, korxonalariga va uy xo‘jaliklariga, qarz be- rishdan iborat.

Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish