Iqtisodiy praktikum


- rasm. Monopol raqobatlashgan bozorda



Download 1,17 Mb.
bet4/7
Sana15.12.2022
Hajmi1,17 Mb.
#886856
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat borasida tajribalar

1- rasm. Monopol raqobatlashgan bozorda
firmaning qisqa muddatli muvozanati

Firma foydasini maksimallashtiruvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmi chekli xarajat MC va chekli daromad MR chiziqlarining kesishgan nuqtasi orqali aniqlanadi va u QSR ga teng. Muvozanat narx PSR firmaning talab chizigʻi orqali topiladi. Muvozanat narx oʻrtacha xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali dasturlangan. Firmaning qisqa muddatli oraliqda oladigan iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqda bozorga boshqa firmalarni kirib kelishga undaydi va ular kirib kela boshlaydi. Boshqa tomondan firmaning oʻzi ham yanada koʻproq foyda olish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga harakat qiladi.


Shunday qilib bozorga yangi firmalarni kirib kelishi va oʻz markalari ostida firma mahsulotiga oʻxshash yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishi va taklif qilishi natijasida bozorda taklif ortadi, tovar narxi pasayadi, mazkur firmaning bozordagi ulushi kamayib boradi. Uning talab chizigʻi pastga qarab siljiy di (2-rasm). (Agar, firmaning xarajatlari uzoq muddatli oraliqda oʻzgarsa AC va MC chiziqlari hamda chekli daromad MR chiziqlari ham pastga siljiydi).
Mahsulot sotish boʻyicha raqobatlashuvchi firmalarni ortib borishi bozorda oʻrindosh tovarlar sonini ortishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida har firma mahsulotiga boʻlgan talabni oʻrnatilgan narxga koʻra elastikroq boʻlishiga olib keladi. Yangi firmalarni bozorga kirib kelishi iqtisodiy foyda olish mumkin boʻlmay qolguniga qadar davom etadi.
2-rasm. Monopol raqobatlashgan bozorda
R-firmaning uzoq muddatli muvozanati
Shunday qilib har bir monopolist firma tovarning narxi shu darajagacha tushadiki, oqibatda hech qaysi sotuvchi iqtisodiy foyda ololmaydi. Demak, raqobatlashgan monopol bozordagi uzoq muddatli muvozanat holat mukammal raqobatlashgan bozordagi muvozanat holatga oʻxshash boʻlib bu yerda ham hech qaysi firma normal foydadan ortiq foyda ololmaydi.
2-rasmda koʻrish mumkinki firmaning uzoq muddatli talab chizigʻi DLR uning oʻrtacha xarajati chizigʻi LAC ga tegib oʻtadi. Bu yerda ishlab chiqarish hajmi QLR va tovar narx PLR boʻlganda hamda iqtisodiy foyda nolga teng boʻlganda (nima uchun deganda PLR = LAC) erishiladi. Shu bilan birga firma monopol hokimiyatni ma’lum darajada saqlab qoladi. Firma mahsuloti noyob xususiyati bilan boshqa firmalarning mahsulotidan farq qilganligi uchun uning uzoq muddatli talab chizigʻi pastga yotiq boʻladi. Agar bozordagi tovarlar standartlashgan (bir xil sifat va xususiyatga ega) boʻlganda firmalarning mahsulotiga boʻlgan talab chizigʻi gorizontal koʻrinishda boʻladi. U holda biz uzoq muddatli mukammal raqobatlashgan bozor muvozanati holatiga erishgan boʻlar edik, ya’ni tovar narxi ( P=min AC) minimal oʻrtacha xarajat bilan belgilanar edi. Demak monopol raqobatlashgan bozorda firmalar oʻzlarining optimal quvvatidan kam quvvatda ishlaydi, bunga asosiy sabab tovarlarni differensiallashuvidir. Shu sababli monopol raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmalar rezerv quvvat bilan ishlaydi. Rezerv quvvat quyidagicha aniqlanadi: Q=(Q*R-QLR)
Misol Firma atir sovun ishlab chiqaradi va raqobatlashgan monopol bozorda harakat qiladi. Uning mahsulotiga talab funksiyasi quyidagicha berilgan:
Q=200-P
Xarajat funksiyasi esa,
TC=Q2+8100
Firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahsulot narxi va foyidalanilmagan zaxira quvvati aniqlansin?
Birinchi navbatda firmani uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorda harakat qiladigan firma sifatida qarab, uning optimal mahsulot ishlab chiqarish hajmini va mahsulot narxini aniqlayimiz.
AC=Q+8100/Q
AC =1-8100/Q2 =0 ; Q0=90
P0=AC(Q0)=Q+8100/Q=90+8100/90=180
Endi firmani raqobatlashgan monopol bozorda harakat qilgandagi muvozanat parametrlarini aniqlayimiz.
MC=2Q, R=P*Q=(200-Q)*Q, MR= 200-2Q, 2Q=200-2Q
Qm= 50 ming dona atir sovun ishlab chiqaradi.
Pm=AC(Qm)= AC=Q+8100/Q=50+8100/50=2 12 soʻm
Firmaning foyidalanilmagan zaxira quvvati
Raqobatlashgan bozor muvozanati

3-rasm. Raqobatlashgan (a) va Monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari.
Yuqorida koʻrgan edikki, raqobatlashgan bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaliklari oʻzining maksimal qiymatiga erishadi. Monopol raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz ekanligini tahlil qilish uchun raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari 3-rasmda keltirilgan.
Bu ikki bozor oʻrtasidagi farqlarni quyidagilarda koʻrish mumkin:
1. Raqobatlashgan bozorda P*=MC boʻlsa, Monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli xarajatdan yuqori , demak, iste’molchi qoʻshimcha bir birlik mahsulot uchun toʻlaydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatidan yuqori PM>MC. Agar ishlab chiqarish hajmi QM dan QE miqdorgacha oshirilganda (MC chizigʻi bilan talab chizigʻi kesishgan E nuqta) iste’molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan boʻlar edi (3b-rasm). Buning sababi, yuqorida koʻrganimizdek, Monopol hokimiyatning sof yoʻqotishlarga olib kelishidir, Monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan Monopol hokimiyatga ega.
2.Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (3a-rasm) erishilsa, Monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (3b-rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi gorizontal boʻlib, firmaning foydasini nolga teng boʻlish nuqtasi oʻrtacha xarajatning minimal qiymatiga toʻgʻri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi pastga tomon yotiq boʻladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi oʻrtacha xarajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan boʻladi va firma ∆Q=QN-QM miqdorga teng rezerv quvvatga ega boʻladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, oʻrtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, Monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga Monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari toʻgʻrisida ham gapirish mumkin.
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning Monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini oʻrnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori Monopol hokimiyatga ega boʻla olmaydi. Demak, aytish mumkinki, Monopol hokimiyatdan koʻradigan sof yoʻqotishlar ham uncha katta boʻlmaydi. Talab chizigʻining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, Monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.
4-rasmda Monopolistik raqobat sharoitidagi uzoq muddatli muvozanat va mukammal raqobatdagi uzoq muddatli muvozanat taqqoslangan. Monopolistik raqobat va mukammal raqobat sharoitida ikkita farq mavjud: ortiqca imkoniyat va qoʻshimcha qiymat.
(A) chizmada Monopolistik raqobatlashgan bozordagi uzoq muddatli muvozanatni koʻrsatyapti, (b) chizigʻi esa mukammal raqobatlashgan bozordagi uzoq muddatli muvozanatni koʻrsatyapti. Bunda ikki tofovut mavjud.
- mukammal raqobatda firma samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi, bunda oʻrtacha umumiy xarajat minimallashtirilgan. Farqli oʻlaroq Monopolistik raqobatlashgan firma samarodorlik shkalasidan kam boʻlgan miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi.
- mahsulot narxi mukammal raqobat sharoitida chekli xarajatga tenglashadi, biroq narx Monopolistik raqobatdagi chekli xarajatdan baland.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish