Bog'liq Rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat borasida tajribalar
3.Jahon iqtisodiyotidagi AQSH, Evropa Ittifoqi va Yaponiyaning monopoliyani cheklash qonunchiligining tutgan o`rn. Monopoliyani cheklash qonunchiligining xalqaro darajadagi rivojlanishi1890 yilda dunyodagi eng birinchi Monopoliyani cheklash qonuni(bundan qulaylik uchun “antimonoliya qonuni” deya qisqartiriladi) bo`lgan Sherman aktini qabul qilgandan so`ng, monopoliyaga qarshi kurashish siyosati AQSH tomonidan iqtisodiyiy siyosatning yuragini tashkil etib kelmoqda. Sherman akti qoidalariga asoslangan antimonopoliya qonunchilgini ikkinchi jahon urushidan so`ng erkin iqtisodiy tizimga kiruvchi ko`pgina davlatlar qabul qildilar.Bunga misol qilib, Germaniya boshliq Yevropa Ittifoqi davlatlari va Yaponiyani keltirish mumkin.Hozirda , rivojlanagan davlatlarning deyarli ko`pchiligi(barchasi emas), shu bilan birga,rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchilig ham antimonopoliya qonunchilgiga ega. Chunki, erkin iqtisodiyotning funktsiyalarini amalga oshirish uchun antimonopoliya qonuni orqali raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlarning tartibga solinishi zarurati AQSH, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya kabi antimonoliya qonunlariga ega bo`lgan davlatlar iqtisodiy rivojidan boshqa har bir davlat hulosa chiqarib turibdi. Antimopoliya huquqi erkin iqtisodiy tizimni shart sifatida qo`yadi va shu sababli davlat nazorati ostida boshqariladigan kommunistik va sotsialistik tuzumga ega davlatlar bilan aloqasi yo`qdir. Ikkinchi jahon urushidan so`ng uzoq davom etgan sovuq urush natijasida G`arb va Sharq davlatlari erkin iqtisodiy tizim va kommunistik tuzum bloklariga bo`lingan bo`lsa-da, iqtisodiy rivojlanish va aholi yashash darajasidagi erkin iqtisodiyot tizimining ustunligi yaqqol namoyon bo`lishi bilan kommunistik rejimlar ketma-ket quladi va Sharq davlatlarida ham erkin iqtisodiyot tizimi qaror topdi.Eski kommunistik davlatlar(Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo davlatlari) navbat bilan antimonopoliya qununlarini qabul qila boshladilar. Xitoy siyosiy jihantdan kommunistik tuzum bo`lsa-da, iqtisodiyoti erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tmoqda.Bozor iqtisodiyotini harakatga keltirish uchun antimonopliya qununchiligi o`ta zarur bo`lib, 2017 yil 1-Avgustda Xitoy ham Yevropa Ittifoqining antimonopoliya qonunchilgi ta`siri kuchli bo`lgan o`zinining antimonopoliya qonunini qabul qildi. Osiyo davlatlari orasida ham erkin iqtisodiy tizimga kiruvchi rivojlanayotgan davlatlar ko`p bo`lishiga qaramasadan sanoat rivoji sababidan sotsialistik davlat boshqaruvi shaklini ko`pgina davlatlar yuritib kelganlar. Biroq, iqtisodiy rivojlanish uchun bozor iqtisodiyoti mexanizmlari muhimligi anglashilgach, antimonopoliya qonunchiligini o`rnatayotgan davlatlar dunyoda tobora o`sib bormoqda. Yirik davlatlarning barchasida ushbu qonunchilik mavjud bo`lib, kichik va o`rta darajadagi davlatlarning ko`pi ham antimonopoliya qonunini qabul qildilar.Shunday qilib antimonopoliya qonuni hozirgi zamonda keng yoyoilgan qonunga aylandi. Ammo, antimonopoliya qonunchiligi beradigan natija va uning mohiyati yuzasidan jahonda ittifoq yuzaga kelmagan. Dastlabki antimonoplya qonunchilig vatani hisoblangan AQSH antimonopliya qonuni hali-hamon jahondagi ushbu tizimga ega davlatlar qonunchiliga ta`sirini davom ettirmoqda. Shunga qaramasdan, AQSH qonunchiligan farqli bo`lgan tartibga solish mezonlarini o`z ichiga olgan antimonopoliya qonunchiligini o`zga davlatlarda ko`plab uchratish mumkin. Shu bilan birga AQSHning antimonopoliya qonunchiligi ham qabul qilinganidan keyingi 120 yil davomida katta o`zgarishlarga uchrab, so`nggi 20 yil ichida uning mezonlari haqidagi keskin ilmiy tortishuvlar davom etmoqda.
B. AQSH anti-trast(trastlarga qarshi) qonunining tarixi
AQSHning trastlarga qarshi siyosati tarixi 1890 yildagi Sherman aktini qabul qilish bilan boshlanadi. O`sha vaqtda AQSHda neft, po`lat va transport kabi muhim sanoat sohalarining deyarli barchasida Standard Oyl singari katta kompaniyalar o`z raqobatchilarini yo qo`shib olish yoki ular bilan birlashish siyosati orqali monopoliya holatni avjga chiqarishayotgan edi. Katta kompaniyalar birlashmasi “Trast” deb nomlanib, unga qarshi bo`lgan dehqon-fermerlar markaziy kuchni egallagan aholi qatlamining harakati esa “anti-trast”deb nomlangan. Anti-trastga oid qonunchilikni ishlab chiqish haqidagi aholinig demokratik talabiga binoan, Kongress bozordagi raqobatni himoyalaydigan Sherman akti(Qonun qabul qilinishiga boshchilik qilgan siyosatchi ismi,AQSH Kongressida bu odat tusini olgan)ni qabul qiladi. Shunday bo`lsada,Sherman aktining asosiy moddalari atiga 2 modda bo`lib, raqobatni qo`llab-quvvatlashga doir juda ham mavhum bo`lgan so`zlarni qayd etish bilan cheklanadi,xolos.Sherman aktidan ham ko`ra aniqroq tartibga solish standardlarni belgilash niyatidaKongress Kleyton qonuni va Federal Savdo Komissiyasi qonunini qabul qildi(AQSH anti-trast qonunchiligi yuqoridagi uch qonundan tashkil topadi). Biroq, bu ikki qonun ham mavhumlikda Sherman aktidan qolishmaydigan tarzda yozilgan. Anti-trast qonunining tartibga solish mezoni esa vaqti-vaqti bilan tartibga solish organi va sudlarning qonunni izohlashiga tayanadi.Shuning uchun raqobat qanday bo`lishi lozimligiga oid fikrlashning o`zgarishiga qarab anti-trast qonunining hayotga tatbiq etilishi ham o`zgarib kelgan. C. Yevropa Ittifoqi Raqobat qonunining tarixi Aslida muallif kitob yozilgan 2006 yil e`tibori bilan Yevropa Hamjamiyati iborasini qo`llasa-da, ammo 2009 yildagi Lissabon Bitimidan so`ng Yevropa Hamjamiyatining o`rniga Evropa Ittifoqi yuzaga keldi, shu sababli o`quvchilarda tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida eng so`nggi atamani qo`llash ma`qul deb topildi.EIgacha qisqacha tarix shuki,1957 yilda Rim Bitimi orqali tashkil topgan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati 1992 yilda Maastrix Bitimi orqali Yevropa Hamjamiyatiga aylandi. 2009 yil Lissabon Bitimi bilan Yevropa Ittifoqi tashkil topdi.AQSH anti-trast qonuni bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqi(bundan so`ng, “EI”deya qisqartiriladi.) EIning Raqobat qonuni ham dunyodagi barcha davlatlar raqobat qonunchiliklari uchun model qonun bo`lib turibdi. Xitoyning 2008 yil 1-Avgust kuni qabul qilgan Yangi Raqobat qonuni AQSH, Yaponiya va EI orasida EIRaqobat qonunini o`ziga eng ko`p model sifatida qabul qilgan. EI Raqobat qonunining muhimligiga quyidagilar sababdir.Birinchidan, Dunyodagi eng katta iqtisodiy blok(AQSHdan ham ko`p yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaradi) bo`lgan EIning Raqobat qonuni EI a`zo davlatlari o`rtasida bir xil bo`lgan antimonopoliya qonuni hamdir.Kompaniyalarning “A`zo davlatlar orasidagi oldi-berdilarga ta`sir qiluvchi ” hatti-harakatlari EI Raqobat qonuni ob`ektidir.Ta`siri a`zo davlat doirasidan chiqmaydigan kompaniyalarning hatti-harakatlariga nisbatan ushbu davlatlarning o`z raqobatga oid qonunlari tatbiq etiladi.Biroq, kompaniyalar hatti-harakatlarining EIga a`zo davlatlar orasidagi oldi-berdiga ta`siri kuchli bo`lganligidan, o`z navbatida EI Raqobat qonunining tatbiq etilish doirasi ham keng hisoblanadi.Yana ta`kidlash joizki,kompaniyalarning ma`lum darajadan yuqori bo`lgan birlashishlari(qo`shilishi) yuzasidan faqatgina EI Raqobat qonuni tatbiq etiladi.Ikkinchidan, EI bozorini birlashtirilishini tezlashtirish maqsadida Evropa Hamjamiyati qo`mitasi EI Raqobat qonunini bor kuchi bilan tatbiq etishga harakat qilib kelgan. Uchinchidan, keyingi yillarda erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tgan Sharqiy Evropa davlatlari EI Raqobat qonunini model sifatida o`z antimonopoliya qonunchiliklarini shakllantirdilar. Angliya va Fransiya kabi EIga a`zo davlatlar ham o`zlarining raqobatga oid qonunchiliklarini EI Raqobat qonuniga moslashtirib, isloh qilidilar.Hozirgi paytda a`zo davlatlar raqobat qonunlarining asosiy qismi bu-EI Raqobat qonunining 81 va 82 moddasining shundoq ko`chirmasidir.
Raqobatni taminlashni o`zning yagona maqsadig aylantirgan AQSH anti-trast qonunidan farqli ravishda EI Raqobat qonuni EIni yuzaga keltirishning muhim vositasi sifatida o`rin egallagan.AQSH esa erkin raqobat iqtisodiy rivojlanishni yuzaga keltiradi degan ishonchni an`anaviy tarzda ushlab , shuning uchun anti-trast siyosatini iqtisodni boshqarishning asosi sifatida qo`llab kelgan.Bunga qarshi o`laroq, EIda raqobat qonuniga bunday maqom berilmagan. Raqobat qonunining to`g`ridan-to`g`ri maqsadi EI bozorini birlashtirish bo`lib, uzoq yillik maqsadi esa EI iqtisodining rivojidir.EI Raqobat qonuni moddalarining o`zida ham EI iqtisodini rivojlantirish uchun raqobatni qurbon qilishga ruxsat beruvchi umumiy moddalar mavjud. Masalan, aslida raqobatga zid bo`lgan kelishib qilingan harakatlar “texnologiya va iqtisodiy rivoj”ga hissa qo`shadigan hollarda EI Raqobat qonunining ushbu harakatlarga tadbiq etilishini istisno etadigan 81-moddasi, 3-qismi bunga misol bo`la oladi. Bunday umumiy tarzdagi istisnoli holatni AQSH anti-trast qonunida topib bo`lmaydi.Bunga ko`ra EI Raqobat qonuni AQSH anti-antitrast qonunidan farqli tavishda ijro organi bo`lgan Yevropa Komissiyasining kuchiga tayangan holda raqobat siyosati sanoat siyosati ostida ikkinchi darajaga tushib qolish xavfi bor.