Bog'liq Rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat borasida tajribalar
4-rasm. Mukammal va Monopolistik raqobat Ortiqcha imkoniyatlar. Bozorga erkin kirish va chiqish har bir Monopolistik raqobatlashgan bozordagI firmani talab egri chizigʻi va oʻrtacha xarajatlari egri chizigʻining bir-biriga tegib turishiga olib keladi.4–rasmning (A) chizmasida ishlab chiqilgan hajm bu nuqtada oʻrtacha umumiy xarajatlarni minimallashtiriladigan hajmdan kichikligi koʻrsatilgan. Shunday qilib, Monopolistik raqobatlashgan sharoitda firmalar oʻzining oʻrtacha xarajatlar chizigʻining pastga qarab ogʻayotgan qismida ishlab chiqaradi. Shu yoʻsinda Monopolistik raqobat mukammal raqobatdan keskin farq qiladi. (B) chiziqda koʻrinib turibdiki, raqobatlashgan bozorga erkin kirish va chiqish firmani ortacha umumiy xarajatlarining minimal nuqtasida ishlab chiqaradi.
Oʻrtacha umumiy xarajatlarni minimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi korxonaning samaradorlik shkalasi deb ataladi.
Uzoq davrli muddatda mukammal raqobatlashgan korxonalar samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi. Monopolistk raqobatdosh korxonalar esa koʻrsatkichdan past darajada ishlab chiqaradi. Korxonalarni Monopolistik raqobat ostida ortiqcha hajmi bor deyishadi. Boshqacha qilib aytganda Monopolistik raqobatlashuvchi firma, mukammal raqobatdosh firmaga oʻxshamagan holda ishlab chiqarilgan hajmni oshirishi va mahsulotni oʻrtacha xarajatini kamaytirshi mumkin. Korxona bu imkoniyatdan voz kechadi, chunki bu qoʻshimcha ishlab chiqarishni sotish uchun, naxni kesishga toʻgʻri keladi. Monopolistik raqobatchi uchun ortiqcha hajm bilan ish tutish unga koʻproq foydalidir.
Mukammal raqobat va Monopolistik raqobat oʻrtasidagi ikkinchi farq bu narx va chekli xarajat oʻrtasidagi nisbatdir. Raqobatlashadigan firma uchun,4-rasmning (B) – chizmasida koʻrsatilganidek, narx chekli xarajatlarga teng, Monopolistik raqobatda esa narx chekli xarajatlardan baland, chunki firma doim bozor hokimiyatiga ega boʻladi.
Noʻllashgan foyda holati shuni bildiradiki, narx oʻrtacha xarajatga tenglashgan, lekin mutlaqo chekli xarajatlarga ega emas. Haqiqatdan ham uzoq muddatli muvozanatda, Monopolistik raqobatdosh firmalar oʻzining oʻrtacha xarajatlari egri chizigʻining kamayayotgan qismida joylashadi, shunda chekli xarajatlar oʻrtacha xarajatlardan pastda boʻladi. Shungay qilib, narx oʻrtacha umumiy xarajatlarga teng boʻlishi uchun, u chekli xarajatlardan yuqori bolishi kerak.
Tovar narxi va chekli xarajatlar oʻrtasidagi bunday nisbatlar mukammal raqobatchilar va Monopolistik raqobatchilar orasidagi asosiy farqdir. Tasavvur qiling siz menejerga quyidagi savolni berasiz: Siz, hozir eshik ochilib, mahsulotingizni mazkur narxda sotib olish uchun yana bitta xaridor kirib kelishini istaysizmi. Mukammal raqobatdosh firma menedjeri uni qoʻshimcha xaridorlar qiziqtirmasligini aytadi. Chunki tovarning narxi chekli xarajatlarga teng boladi, qoʻshimcha sotilgan bir-birlik tovardan tushgan daromad nolga teng. Aksincha, Monopolistik raqobatdosh firma har doim yana bir xaridorga oʻch boladi. Chunki uning narxi chekli xarajatlardan oshadi va qoʻhimcha miqdor sotilishi foydani koʻpaytiradi. Bir tadqiqotchi aytganidek, Monopolistik raqobatlashgan bozorlar sotuvchilari koʻproq xaridorlarni jalb qilish uchun ularga yangi yil tabriklarini tarqatishni unutmaydi.
Monopolistik raqobatlashgan bozor natijalarini jamiyat qanday baholaydi? Siyosatchilar bozordagi natijani yaxshilay oladimi? Bu savollarga oddiy javob yoʻq. Monopolistik raqobatdosh bozorlarning samarador emasligi manbaidan biri – chekli xarajatlarning oshishi boʻlib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish xarajatlaridan tovarni ustun qoʻyadigan iste’molchilar (lekin narxdan past) ularni sotib olishdan oʻzlarini tiyadilar. Shunday qilib, Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistik narx belgilashning tipik qaytarilmas yoʻqotishlari bilan xarakterlanadi.
Muammoni yechishning oson yoʻli yoʻq. Chekli xarajatlarga asosida majburiy narx belgilash barcha har turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi-firmalarni davlat tomonidan boshqarilishi zarurligini bildiradi. Lekin bunday turdagi mahsulotlar shunchalik tarqab ketganki, hokumat tomonidan bunday nazorat adminstrativ ogʻirdir.
Bundan tashqari Monopolistik raqobatchi firmalar faoliyatiga aralashuv tabiiy Monopoliyalarni tartibga keltirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan – Monopolistik raqobat bozoridagi firmalar shundoq ham noʻllashgan foyda oladi, narxni chegarali xarajat darajasigacha tushirishni talab qilish, yoʻqotishga olib keladi. Biznesda ushbu firmalarni saqlab qolish uchun hukumat ularning yoʻqotishlarini qoplashi lozim, ya’ni soliqlarni oshirishi lozim. Koʻrinib turibdiki, noananaviy usullar va oqimga qarab harakatlanishdan birini tanlashda siyosatchilar samarasiz Monopolistik narx belgilashni lozim topadilar.
Jamiyat nuqtayi nazaridan Monopolistik raqobat samaradorligi pastligining sababi bozordagi firmalarning soni muammosi. Bu muammoni biz bozorga kirish bilan bogʻliq boʻlgan tashqi samara terminlarida koʻrib chiqamiz. Har doim yangi firma bozorga kirishini maqsadga muvofiqligini tahlil qilar ekan, u oladigan potensial daromadi darajasiga baho beradi.
Ammo uning bozorga kirishida tashqi samaralar mavjud boʻladi:
Mahsulot xilma – xilligini koʻpaytiruvchi tashqi samara. Bozorda yangi mahsulotning paydo boʻlishi bilan birga iste’molchilar ortiqchaligi vujudga keladi va u bozorga kirish bilan bogʻliq ijobiy tashqi samaraga ega boʻladi.
Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi. Yangi raqobatchining paydo boʻlishi eskilarning bir qism iste’molchilarini yoʻqotishini va daromadni kamayishini bildiradi: bu yerda salbiy tashqi samaraning oʻrni bor.
Shunday qilib, Monopolistik raqobat bozoriga kirishda yangi firmalarni ijobiy va salbiy tashqi samaralar mavjud. Monopolistik raqobat bozorida uning ahamiyatiga qarab juda koʻp yoki juda kam tovarlar turlari taklif qilinadi.
Tashqi samaralar hajmi Monopolistik raqobat shartlariga bogʻliq. Mahsulot xilma – xilligini koʻpaytiruvchi tashqi samara yangi firmalar bozordagi mavjud tovarlardan farqli mahsulotni taklif qilganda vujudga keladi. Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi firmalar tomonidan belgilangan narx chegarali xarajatlardan baland boʻlganda, qoʻshimcha bir-birlik mahsulot sotishga intilganda vujudga keladi. Aksincha mukammal raqobatda firmalar bir xil tovar ishlab chiqaradi va narx chekli xarajatga teng boʻladi, mahsulot xilma – xilligini koʻpaytiruvchi tashqi samara va xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi mavjud emas.
Oxirida, biz mana raqobatdosh bozorlar oʻziga kerakli barcha mutloq raqobatdosh bozorlarning jarayon xususiyatlariga ega boʻlmaydi. Yani, koʻrinmas qoʻl, ummiy chiqim monopolistik raqobat ostida maksimallashadi deb ishontira olmaydi. Chunki efektsizlik qiyin boʻlganligi uchun oʻlchash, murakkab yechish, umumiy siyosat uchun bozor daromadi rivojlantirishning oson yoʻli yoʻq.
Monopolistik raqobatlashgan bozor uch xususiyati boʻyicha tafsiflanadi:
Firmalarning koʻpligi, turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradi va bozorga erkin kiradi.
Monopolistik raqobatlashgan bozordagi muvozanat mukammall raqobatlashgan bozornikidan ikki oʻzaro bogʻliq holatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, monopolistik raqobatlashgan bozorning har bir firmasida ortiqcha ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Bu esa oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻini kamayayotgan qismida boʻladi. Ikkinchidan har bir firma narxni chekli xarajatdan baland qoʻyadi.
Monopolistik raqobat mukammall raqobatning barcha xususiyatlariga ega emas.
Monopoliyaning standart qaytarilmas yoʻqotishlari mavjud boʻlib, bunda narx chekli xarajatdan baland boʻlishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari firmalar soni (va shu oʻrindagi mahsulotlarning xilma-xilligi) oʻta koʻp yoki oʻta kam boʻlishi mumkin.
Monopolistik raqobat bozoriga mahsulotlarning xilma-xilligi xos, reklama qilish va firma nomlaridan foydalanishga olib keladi. Tanqid qiluvchilar reklama va savdo markalarini firmalar iste’molchilar didlarini oʻzgartirish va raqobatni pasaytirish uchun ishlatishadi deb uqtiradilar. Reklamani va savdo belgilarini yoqlovchilar firmalar ularni istemolchilarga malumot berish, narx va sifat bilan raqobatlashish uchun foydalanishadi deyishadi.